Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi



Yüklə 79,12 Kb.
səhifə3/5
tarix16.05.2023
ölçüsü79,12 Kb.
#110727
1   2   3   4   5
Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi

2.1. Qon aylanish sistemasi.
Yurak ko'krak qafasining oldingi qismida ventral (qorin) tomonda joylashgan. Kaltakesakning yuragi uch kamerali.
Unda ikkita — chap va o‘ng yurak bo‘lmasi (62-rasm) hamda bitta yurak qorinchasi bor. Biroq yuragi qu-yidagilar bilan amfibiyalamikidan farq qiladi: yurak qorinchasi chala to'siq bilan ikkiga — o‘ng (venoz) qorincha va chap (arterial) qorinchaga bo'lingan.
Arterial konus reduksiyalangan, venoz sinusi esa o'ng yurak bo'lmasiga qo'shilgan.
Yurak bo'lmasining ichki yuzasi to'rlanib ketgan muskullar bilan qoplangan va atrioventrikulyar teshik yurak bo'lmasining to'sig'i bilan ikkiga bo'lingan.
Yurak qorin- chasining o'ng (venoz) bo'limidan o‘pka arteriyasi bilan chap1 aorta yoyi chiqadi, chap (arterial) bo'limidan esa o'ng aorta yoyi boshlanadi.
Yurak qorinchasi qisqarganda, uning pastki devoriga o'rnashgan chala to'siq yurak qorinchasining ustki devorigacha tegib, yurak qorinchasi o'ng va chap bo'lmalarini bir-biridan batamom ajratib qo'yadi.
Arterial sistemasi baqaning arterial sistemasidan umumiy arterial oqimining uchta mustaqil tomirga — o'pka arteriyasi hamda chap va o‘ng aorta yoylariga bo'linishi bilan farq qiladi.
Har qaysi aorta yoyi qizilo'ngach atrofida, biri o'ng tomondan, ikkinchisi chap tomondan orqaga qayri- ladi.
Ular umurtqa pog'onasining ostida bir-biriga qo'shilib toq orqa aortasini hosil qiladi.
O'ng aorta yoyidan chiqqan umumiy stvoldan ikkita uyqu arteriyasi boshlanadi, ular awaliga chap va o'ng aorta yoylariga parallel holda borib, keyin boshga chin uyqu arteriyasi chiqib, uyqu yo‘li orqali o'ng tomonidagi aorta yoyiga qo'shiladi.
O'ng aorta yoyining pastidan oldingi oyoqlarga qon olib boruvchi juft o'mrov osti arteriyasi chiqadi, bu arteriyani ko'rish uchun aortaning o'ng yoyini ehtiyotlab uni qoplab turgan to'qimalardan ajratish lozim.
Yuqorida nomlari aytib o'tilgan qon tomirlari endi- gina o'ldirilgan kaltakesakda aniq ko'rinadi.

Suvda ham quruqlikda yashovchilarga qarama-qarshi o‘laroq, sudralib yuruvchilarda uyqu hamda o‘mrov osti arteriyalari faqat aortaning o'ng yoyidan chiqadi, shuning uchun ham bosh va oldingi oyoqlar deyarli kislorodga to'yingan qon bilan ta’minlanadi.


Orqa aortadan dum tomonga yo'naladi va ichki organlarga talaygina katta arteriyalar hamda gavda devoriga ko'pdan-ko'p mayda arteriyalar chiqadi. Keyin orqa oyoqlar- ga boradigan bir juft yo'g'on yonbosh arteriyasi boshlanib, u toq dum arteriyasiga aylanadi.
Venoz sistemasi. Boshdagi venoz qon juft bo'yinturuq venalariga yig'iladi. So'ngra oldingi oyoqlardan venoz qonni olib keluvchi o'mrov osti venalariga qo'shilib, bir juft oldingi kovak venasini hosil qiladi.
Oldingi kovak venalar esa o'ng yurak bo'lmasiga qo'shilgan venoz sinusiga quyiladi. Tananing orqa qismidan venoz qon yurakka ikki yo'l bilan quyiladi. Orqa oyoqlaridan qon olib keluvchi venalar bir juft kalta buyrak qopqa venasini hosil qiladi. Bularning biriga dum venasi qo'shiladi.
Buni venoz qon tomirlarini in’eksiya qilgandagina ko'rish mumkin. Tananing orqa qismidan kelgan qon o'zaro qo'shilib, jigarga qon olib boruvchi toq qorin venasini hosil qiluvchi chanoq yoki yonbosh venalar orqali oqadi. Qorin venasi jigarda kapillyarlarga bo'linib ketadi.
Bundan tashqari, jigarga ichak va ichki organlardan chiqadigan bir qancha vena qon tomirlari qo'shilib toq jigar qopqa venasini hosil qiladi.
Buyrak qopqa venasidan qon bir juft buyrak venalariga yig'iladida, so'ngra bu buyrak venalari qo'shilib, yo'g'on prqa kovak venasini hosil qiladi.
Orqa kovak vena jigar orqali o'tib (bu yerda shoxchalarga bo'linmaydi) venoz sinusiga quyiladi. Jigar qopqa venasidan qon qisqa jigar venasiga yig'iladi va u jagarning oldingi qirrasiga yaqin yerda orqa kovak venasiga quyiladi. Nafas olish oiganlari. Kaltakesaklarning nafas yo'li tashqi burun teshigidan boshlanadi.
So'ngra havo ichki burun teshigi — xoana orqali og'iz bo'shlig'iga kiradi. Og'iz bo'shlig'idan keyin uchta tog'aydan tashkil topgan hiqildoq joylashgan.
U maxsus muskul orqali til osti apparati bilan bog'langan.
Og'iz bo'shlig'idagi havo hiqildoq orqali uzun nafas olish nayi — traxeyaga o'tadi, tiaxeyadagi t; laygina tog'ay halqalar uning puchayishiga yo'l qo'ymaydi.
Traxeya oldin tomoq, so'ngra ko'krak bo'shlig'idan o'tib, taxm;nan yurak atrofida ikkita qisqa nay - bronxga bo'linadi.
Bu nayning har qaysisi o'ziga tegishli o'pkada tarmoqlanadi.
O'pka (63-rasm) va nafas olish yo'narinmg birmuncha kuchli differensiyalanganligi bilan kaltakesaklarning bu organi suvda ham quruqlikda yashovchilarning nafas olish oiganlaridan farq qiladi.



Yüklə 79,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə