Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi


Kaltakesakning ichki tuzilishi



Yüklə 79,12 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü79,12 Kb.
#110727
1   2   3   4   5
Sudralib yuruvchilarning tashqi va ichki tuzilishi

2.3. Kaltakesakning ichki tuzilishi.

0‘pka qopcha shaklida bo'lib, uning ichki devori asalari uyasiga o'xshash mayda-mayda murakkab to'siqchalar bilan qoplangan.


Nafas akti boshqa barcha amniotalardagidek ko'krak qafa-sining kengayishi va torayishi bilan sodir bo'ladi.
Ovqat hazm qilish organlari. Og'iz bo'shlig'ining tubiga go'shtdor, yassi, uchi ingichkalashgan va ikki ayrili tili birikkan.
U juda harakatchan bo'lib, ancha cho'zilib tashqariga chiqa oladi va qo'shimcha sezgi oigani vazifasini bajaradi. Og'iz bo'shlig'i va hiqildoqdan keyin qizilo'ngach boshlanadi.
Go'shtdor, cho'ziluvchan qizilo'ngach tomoqdan keyin traxeyaning ustidan o'tib, qorin bo'shlig'ining oldingi qismida oshqozonga qo'shiladi.
Oshqozondan keyin unga parallel holda o‘n ikki barmoqli ichak, undan keyin esa ingichka ichak boshlanadi.
Ingichka ichak bir qancha bukilish hosil qilib, so'ng yo‘g‘on ichakka aylanadi. Murtak holdagi ko'richak ingichka ichak bilan yo'g'on ichak chegarasidan o'rin olgan. Yo'g'on ichakning keyingi qismida esa to‘g‘ri ichak joylashgan. To'g'ri ichak kloakaga ochiladi.
Oshqozon osti bezi o'n ikki barmoqli ichak qovuzlog'iga o'rnashgan bo'lib, shaklan uzunchoq qattiq tanachaga o'xshaydi. Oshqozonning orqa uchida uzunchoq, kichik, qizil tanacha shaklidagi taloq bor.
Qorin bo'shlig'ining oldingi qismini katta, ko'p pallali jigar egallagan.
Uning icliki tomonida o‘t pufagi joylashgan. Undan chiqadigan o‘t yo‘li o'n ikki barmoqli ichakning boshlang'ich qismiga quyiladi.
O't yo'lini aniq ko'rish uchun o't pufagini pinset bilan siqing, shunda uning ichiga yashil o't suyuqligi quyiladi.


2.4. Kaltakesakning siydik-tanosil sistemasi.
Bir juft kompakt tanacha shaklidagi me- tanefrik buyrak chanoq bo'limining orqa devoriga taqa-lib turadi.
Bu buyraklaming har qaysisidan bittadan siydik yo‘li chiqadi.
Orqa dorzal tomondan siydik yo'li, qorin—ventral tomondan esa yupqa devorU siydik pufagi (64-rasm) kloakaga ochiladi.
Kloakaning tashqi teshigi ko'ndalang yoriq shaklida.
Erkak kaltakesakning jinsiy organlari. Oq rangli oval tanachalar shaklidagi urug'donlar (64-rasm) umurtqa pog'onasi bel bo‘limining ikki tomonida joylashgan. Urug‘donlardan bir qancha kanalchalar chiqadi va ular qo'shilib urug'don ortig‘ini hosil qiladi.
Urug‘don ortig'i davom etib urug* yo'liga aylanadi. Urug‘ yo‘llari kloakaga ochilish oldidan siydik yo'llariga qo'shiladi va umumiy teshik orqali kloaka bo'shlig'iga ochiladi.
Urug' ortig'i tana buyrak - mezone- fros oldingi qismining qoldig'i hisoblansa, urug' yo'llari esa shu tana buyrak chiqarish yo'llari - volfov kanaliga go- mologdir.
Kloakaning yonbosh devorlarida kopulyativ organlar bor.
Bu organlar devori qon tomirlariga boy ikkita xaltachadan iborat. Jinsiy mayl qo'zg'aganda kopulyativ organlar kloaka teshigidan tashqariga bo'rtib chiqa oladi. Bu xilda tuzilgan kopulyativ organlar faqat kaltakesaklar bilan ilonlarga xos.
Urg'ochi kaltakesakning jinsiy organlari.
Yuzasi tashqi tomondan g'adir-budur, noto'g'ri shaklli oval tanacha ko'rinishidagi ikkita tuxumdon (65-rasm) umurtqa pog'onasi bel bo'limining ikki yonboshida joylashgan.
Yupqa devorli keng naychalardan iborat tuxum yo'llarming bir uchi gavda bo‘shlig‘ining oldingi, ikkinchi uchi kloakaning keyingi bo‘limiga mustaqil teshik bilan ochiladi.
Tuxumdonning pastki qismi ko'pchilik hollarda kengayib bachadonni hosil qiladi. Urg'ochilarda volfov kanallari reduksiyalangan.
Yetilgan tuxumlar gavda bo‘shlig‘iga bu yerdan tuxum yo'lining voronkasi orqali tuxum yo'liga tushadi.

Yüklə 79,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə