Ilmiy texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi Reja



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə10/11
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#183347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiy

Beshinchidan, boshqa tizimlardan ajratib turish imkoniyat va sifat belgilari.
Tizimlarning kelib chiqish bo'yicha barcha rang-barangliklari uch sinfga bo'linadi (4.2-rasm):

  • tabiiy;

  • sun'iy;

  • aralash tizimlar.

Bular ham o'z navbatida kichik sinflarga bo'linadi. Barcha sinflar uchun kichik sinflar darajasida to'liq emaslik xos, bu tizimlarning etarlicha o'rganilmaganligi yoki ular rivojining takomilga etmaganligi bilan bog’liq. Xususan, sun'iy tizimlar sinfining to'liq emasligi sun'iy tafakkur tizimining rivojlanishi hali takomiliga etmaganligi bilan bog’liqdir. Shuni ta'kidlash joizki, aralash tizimlar quyi sinfining zaruriy unsurlari bo'lib tirik organizmlar yoki insonlar hisoblanadi. Masalan, ergonomik tizimlarga inson-operator kiradi, biotexnikaviyga - tirik organizmlar, tashkiliyga - insonlar jamoasi va h.k. kiradi.
Tizimiylik - moddaning umumiy xossasi, uning mavjud bo'lish shakli, demak, tafakkur bilan birgalikda inson amaliyotining ajralmas xossasi.
Tizimiylikning asosiy belgilari quyidagilar hisoblanadi:

  • tizimviylikning strukturalanganligi;

  • uning tarkibiy qismlarini o 'zaro bog ’Uqiig;;

  • tashkil etilgan butun tizimning muayyan maqsadga bo'ysunganligi.

Mazkur belgilar insonning ongli va amaliy faoliyatiga mos keladi. Har qanday inson faoliyatida muyayyan maqsadni ko'zlaydi. Shu bilan birga har qanday harakat yanada maydaroq harakatlarga bo'linadi (strukturalanadi). Bular muayyan muntazamlikda, muayyan algoritm bo'yicha amalga oshadi.

  • Struktura (lot. structura) tushunchasini keng ma'noda elementlar va ular o'zaro bog’lanishlari majmui deb ishlatiladi. Struktura- bu sistemaning tartiblanganligi, tashkillashganlik darajasidir.

  • Tizim strukturasi - butun sistemaning ichki tashkillanishi, tashkil qilgan komponentlarning o'zaro bog’lanishi, ta'sirining o'ziga xos usulidir.

  • Tizim chegarasini aniqlash uning modelini ishlab chiqish va tizimviy tahlilda muhim vazifa hisoblanadi. Tizim chegarasi hal etilayotgan masalaga bog’liq bo'ladi.
    Yüklə 133,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə