Ilmiy texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi Reja



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə7/11
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#183347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiy

УДК (Универсальная Десятичная Классификация)3.
Ilmiy axborotni muvaffiqiyatli izlash uchun uni klassifikatsiyalash kerak bo'ladi. Hozirgi vaqtda УДК eng ko'p qo'llaniladi. УДК barcha bilim sohalari qamrab oladi va cheksiz kichik sinflarga bo'lish imkoniyatiga ega. УДК asosiy va qo'shimcha jadvallardan iborat. Asosiy jadvalda tushunchalar va ularga to'g’ri keladigan indekslar keltirilgan. Bular orqali insoniyatning barcha bilim sohalari klassifikatsiyalanadi.
УДК asosiy jadvali birinchi qatori quyidagi sinflarga ega:

  1. - Umumiy bo'lim. Fan. Tashkilotlar. Aqliy faoliyat. Belgi va simvollar. Hujjatlar va nashrlar.

1-Falsafa.

  1. Din.

  2. Iqtisodiyot. Mehnat. Huquq.

  3. 1961 yildan beri bo'sh.

  4. Matematika. Tabiiy fanlar.

  5. Amaliy fanlar. Tibbiyot. Texnika.

  6. San'at. Amaliy san'at. Suratkashlik. Muzika.

  7. Tilshunoslik. Filologiya. Badiiy adabiyot. Adabiyotshunoslik.

  8. O'lkashunoslik. Geografiya. Biografiya. Tarix.

Har bir sinf yana o'nta kichik bo'limchaga bo'lingan va h.k. Indeksni o'qish qulay bo'lishi uchun har uchta raqamdan keyin (chapdan o'ngga qarab) nuqta qo'yiladi. Indeksni o'qiyotganda nuqta aytilmaydi, uning o'rniga qisqa pauza qilinadi.
Masalan, УДК 62.2- mashina detallari; УДК 62.5-mashinalar va jarayonlarni boshqarish.
Hozirgi zamon axborot jamiyatining yirik tadqiqotchisi T.Stoun’er: «Moddiylashtirilgan mehnat bo'lgan asbob-uskuna va mashinalar shu bilan bir vaqtda moddiylashtirilgan axborot hamdir», deb qayd etgan edi.4 Bu g’oya kapitalga, yerga va iqtisodning mehnat moddiylashtirilgan boshqa har qanday omiliga nisbatan o'rinlidir. Mehnat bor joyda axborot ham mavjud. Buning ustiga, axborotni ham kapital singari jamg’arish va kelgusida foydalanish uchun saqlash mumkin. Postindustrial jamiyatda milliy axborot resurslari uning asosiy iqtisodiy qimmati, eng katta potentsial boylik manbaidir. Axborot hech tortinmay o'rtoqlashish mumkin bo'lgan resursdir. Axborotdan foydalanishning boshqa bir o'ziga xos jihati shundaki, jahonda entropiyaning kuchayishiga olib keluvchi materiallar yoki energiyadan foydalanishdan farqli o'laroq, axborotdan foydalanish qarama-qarshi samara beradi - u inson bilimini oshiradi, atrof muhitdagi uyushqoqlikni kuchaytiradi va entropiyani kamaytiradi. O'zining boshlang’ich shaklidan - matnmi u, musiqami, tasvirmi, og’zaki nutqmi, qat'i nazar, axborot yagona, kompyuterlashtirilgan shaklga keltiriladi. Qayta ishlash va saqlash uchun axborotni ifodalashni unifikatsiya qilish uni taqqoslash, baholash va integratsiya qilish imkoniyatini yaratadi. Yakuniy maqsad - jamiyatda sodir bo'layotgan barcha jarayonlar haqida to'liq ma'lumot olishdir.
Barcha axborot oqimlari majmuidan tarkib topgan axborot muhiti insonning bevosita hayoti, uzluksiz yashash va faoliyat ko'rsatish sharoitlarining ijtimoiy matritsasini yaratadi. Ijtimoiy hayot axboroti - bu bilimning o'sishi, inson faoliyatining ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan barcha sohalarida mazkur bilimning ijodiy qo'llanishi uchun axborot resurslaridan to'laqonli foydalanishni ta'minlashga yo'naltirilgan chora-tadbirlar majmuidir. Axborotning maqsadi - yangi bilim turlarini olish, ularni tarqatish va jamiyat hayotining turli sohalarida ulardan foydalanish uchun imkoniyat yaratishdir.
Axborot jamiyati har xil tabiat va tashkilotga ega axborot tizimlarining samarali, o'zaro muvofiqlashtirilgan aloqasiga asoslanadi. Bu tizimlar ijtimoiy ierarxiyalarning turli pog’onalarida: ishlab chiqarishda alohida ishlab chiqarish uchastkasi, tsexi, muassasada bo'limdan tortib, milliy, umumdavlat va davlatlararo, internatsional, global kompyuter tarmoqlari va ma'lumotlar bazalarigacha bo'lgan pog’onalarda faoliyat ko'rsatadi.
Ijtimoiy boshqaruv qonunlarining ob'ektiv mohiyati insoniyatdan inson faolligining barcha bosqichlarida o'z rivojlanishini ogohlantiruvchi dinamik, sinergetik tartibga soluvchi axborot tizimlarini ishlab chiqishni talab etadi. Insoniyatda olamning yangi, axborot modeli zohir bo'lib, u ijtimoiy ong osti sohasidan ijtimoiy borliq darajasiga «globalizatsiya» degan qisqacha va qamrovli nom olgan ijtimoiy o'zini o'zi tuzish arxetipi shaklida ko'tariladi.
Aholi yalpi axborot bilan ta'minlangan, axborotga egalik qilish va undan foydalanishga monopoliya taqiqlangan bo'lmasa, fuqarolarning shaxsiy erkinligini, demokratik, fuqarolar jamiyati elementlari samarali faoliyat ko'rsatishini ta'minlash mumkin emas. U yoki bu ijtimoiy birlikning axborot resurslari o'sishi ko'rinishida ro'yobga chiqariladigan tashabbus va ijod erkinligi demokratiya va erkinlikning muhim elementidir.
Axborot jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi jamiyatning o'ziga o'zi ta'sir ko'rsatishi, ijtimoiy o'zini o'zi uyushtirish mahsulidir. Shuning uchun ham A. Turen mazkur qiziqarli ijtimoiy hodisani o'rganib, uni ishlab chiqarishni tashkil etish, taqsimlash va iste'mol qilish modellarini tuzishga qodir bo'lgan dasturlashtiriluvchi jamiyat deb atadi. Dasturlashtiriladigan, axborot jamiyati sharoitlarida ishlab chiqarish tashkilotchisi, menejerning roli keskin ortadi - muttasil o'zgaruvchi axborot sharoitlarida boshqaruv mehnati mehnatning, uzluksiz ijodning mustaqil turi sifatida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy boshqaruv barcha pog’onalarda shu darajada murakkablashib ketdiki, boshqaruvda band etilgan barcha odamlarning jami imkoniyatlari boshqaruv uchun zarur axborotni qayta ishlashga qodir bo'lmay qoldi. Mazkur murakkab vazifa avtomatlashtirilgan axborot va boshqaruv tizimlari (AABT)ni yaratish yo'li bilan hal qilinmoqda. Bu tizimlarda kompyuter tarmoqlari, ma'lumotlar banki, Internet yordamida axborot bilan ish olib boriladi. Bu menejerning ish qamrovini 95% ga, qiymatini esa - 80-85% ga kamaytirish imkonini beradi. Boshqaruvda axborot tizimlarining paydo bo'lishi qonuniy hodisa, davr talabidir.

Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə