Ilmiy texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi Reja



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə3/11
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#183347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiy

KITOBLAR. Har bir tajribali kitobxon biladiki, kitoblarda ilmiy muammolarni bir xil to'g’ri yoritilishi bilan bir qatorda, ularning shakli va uslubiy jihatdan takomillashganligi turlicha bo'lishi mumkin. Yangi boshlayotgan tadqiqotchi bu kamchilikni ko'p sonli manbalarini yuzaki o'rganib chiqish bilan qoplaydi. Ammo, tajriba shuni ko'rsatadiki, ixtiyoriy holda tanlangan bir necha kitoblar o'rniga birgina to'g’ri tanlangan kitobni chuqur o'rganib chiqish yaxshi natija beradi.
JURNALLAR. Har bir ilm - fan sohasida, odatda ko’plab jurnallar bosib chiqariladi. Bunda ularni o'rganishda quyidagiga amal qilish kerak: barcha jurnallarni ba'zi - ba'zida ko'rib chiqqandan ko'ra, to'g’ri tanlangan oz sondagi jurnallarni doimiy ravishda kuzatib borish yaxshi natija beradi. Bunda, 3-4 ta mamlakatimiz va shu sonadagi horijiy mamlakatlarning jurnallarini o'rganib borishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
GLOBAL TARMOQ - INTERNET.
DAVRIY ILMIY TO'PLAMLAR. Bu to'plamlar yirik o'quv va ilmiy institutlar tomonidan yiliga bir-ikki marotaba chiqariladi. Ular jurnallarga ekvivalent bo'lib, ammo ko'proq maxsus mazmunga ega bo'ladi.
EKSPRESS AXBOROTLAR VA REFERATIV JURNALLAR. Bu turdagi axborot manbalari Respublika axborotlar fondi instituti tomonidan bosib chiqariladi va quyidagilarga bo'linadi:

  1. referativ jurnal (RJ) - kitoblar, maqolalar, kashfiyotlarning qisqacha annotatsiyalarini o'z ichiga oladi va har oyda bir marotaba turli yo'nalishlari bo'yicha bosib chiqariladi;

  2. ekspress axborot (EA) - maxsus jurnallarda bosib chiqarilgan eng muhim materiallar to'la holda ta'riflanadi;

  1. «Signal axborot» (SA)- respublika fondiga kelib tushgan barcha materiallar ro’yxati beriladi, har oyda bir marotaba chop etiladi;

  2. Referativ kartotekalar (RK) - faqat ilm-fanning ba'zi bir yo'nalishlari bo'yicha chop etiladi;

  3. Fan va texnikaning yutuqlari - fan va texnikaning turli sohalaridagi eng keyingi yutuqlar obzori beriladi;

  4. Deponizatsiyalashtirilgan ilmiy ishlar - bu materiallarni bibliografik ko'rsatkichlaridir.

  5. Xalqaro va respublikada o'tkaziladigan ilmiy s'ezdlar, konferentsiyalar, kongresslar va ko'rgazmalarning byulleteni.

Endi boshlayotgan tadqiqotchilar uchun referativ jurnallar va ekspress- axborotlarni doimiy tarzda o'rganish maqsadga muvofiqdir.
Bunday o'rganishda 4 bosqichni ajratish mumkin:

Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə