Ilmiy texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi Reja


Original kitob yoki tarjima



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə5/11
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#183347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiy

Original kitob yoki tarjima

1

\ 7




Nashr nomi va yili, nomeri (1-,2-va boshqa, tuzatilgan, to’ldirilgan)





Annotatsiya
v 7

1

Asosiy mazmun. O'quvchilar kategoriyasi

i




Г \
Mundarija
V J

1

Bolim va paragraflar mazmuni. Malum bir bo'limlarning hajmi

1

Axborotlarni, bilimlarni yigish texnikasi turlicha bo'lishi mumkin. Ammo, printsipda ilmiy - texnik axborotlarni yig’ishda ularni mexanik yig’indi sifatida emas, balki mantiqan o'zaro bog’langan holda, ya'ni ilmiy tadqiqotlarni algoritmi asosida yig’ish, maqsadga muvofiq bo'ladi. Amalda bu, yig’ilayotgan axborotlarni bo'limlar bo'yicha ro'yxatini tuzish bilan bog’liq bo'ladi. Bunda quyidagilar tavsiya qilinadi:

  1. Masalaning qo'yilishini va uning yechimini tushunib olish va bu haqda albatta yozib qo'yish kerak bo'ladi. Ya'ni, bunda keyinchalik o'rganish maqsadida, mexanik ko'chirmalardan qo’chish kerak.

  2. Belgilashlarning hammasi ham standartlashtirilmaganligi va bir xil kattaliklarni turlicha belgilashlari sababli, belgilashlarning yagona tizimini kiritish maqsadga muvofiqdir.

  3. Yangi axborotni ma'lum bo'lganlarga nisbatan qo'shimcha sifatida tushunishga harakat qilish kerak va bunda oldin qilingan yozuvlarga tegishli o'zgartirishlarni kiritish maqsadga muvofiqdir.

  4. Manbani tushunishni kengaytirish maqsadida, o'rganilayotgan har bir manba yuzasidan maksimal imkoniyat darajasida qo'shimchalar va tushuntirishlar qilish kerak.

  5. Esda saqlashning yengillashtirish va ko'rgazmaliligini ta'minlash maqsadida, bir necha oddiy tushuntirishlar, rasmlar, grafiklar va sxemalarni kiritilishi zarur bo'ladi.

  6. Har bir ishlab chiqilayotgan manbani sodda sonli misollar bilan to'ldirib borish, ya'ni kiritilgan formula va algoritmlarni ishga yaroqligiga ishonch hosil qilish kerak bo'ladi.

  7. Vaqti - vaqti bilan kartoteka mazmunini ko'rib chiqish va materiallarni umumlashtirish maqsadga muvofiqdir. Bunda bir necha yozuvlar bittaga birlashtiriladi.

  8. Yangi g’oya, fikrlarni tushunib olishga o'zaro fikr almashuvi ham yordam beradi - og’zaki su'bat, yozuvlar bilan almashish, ma'ruzalar qilish va boshqalar.

Ilmiy-texnikaviy axborotni ishlab chiqishda ko'chirma, annotatsiya, konspektlar qo'llaniladi.
Ko'chirma - axborot ayrim qismlarining qisqa (yoki to'liq) mazmuni. Ularning qimmati juda yuqori, chunki ular kichik hajmda ko'pgina axborot to'plashga imkon beradi va keyingi tadqiqotiy ish uchun asos bo'lib hisoblanadi.
Annotatsiya - birinchi manba axborotining qisqacha mazmuni. Ular yordamida matnni xotirada tezda tiklash mumkin bo'ladi.
Konspekt - u yoki bu birinchi manbaadagi axborotning mazmunini to'liq bayoni. U mazmunga ko'ra to'liq hamda hajmga ko'ra iloji boricha qisqa bo'lishi kerak. Konspektni o'z so'zlari bilan tuzish kerak, bu o'qilganni anglash va taxlil etishni talab qiladi va shu bilan tadqiqotiy ishga katta foyda keltiradi. Ishlanayotgan axborotni eslab qolishning turli usullari mavjud: mexanik, mazmuniy, ixtiyoriy, g’ayriixtiyoriy.
Shuni ta'kidlash joizki, ishlanayotgan axborotni eslab qolishning universal usuli yo'q. Amalda, ko'pincha, usullar majmuidan axborotning u yoki bu qismi tavsifiga bog’liq holda foydalaniladi.
Ishlanayotgan axborotni tahlil qilish - ilmiy tadqiqotning muhim vazifalaridan biri.
Tahlil jarayonida ham axborot manbaini, ham ulardagi axborotni tasniflash va sistemalashtirish zarur. Manbalarni ikki xil sistemalashtirish mumkin: xronologik tartibda va mavzu bo 'yicha.
Birinchi holda barcha axborot mavzu bo'yicha ilmiy bosqichga ko'ra sistemalashtiriladi, bular uchun sifat sakrashlari xosdir. Keyin har bir bosqichda tegishli manbalar (bosqichlar) e'tibor bilan tanqidiy tahlil qilinadi. Buning uchun yuqori darajada eruditsiya va bilmga ega bo'lish zarurdir.
Ikkinchi holda (mavzuli tahlil)da axborotning butun hajmi ishlab chiqilayotgan mavzu masalalari bo'yicha sistemalashtiriladi. Bunda katta e'tibor ilmiy-texnikaviy informatsiyaning so'nggi nashriga qaratiladi, ularda mazkur masala tadqiqoti yakuni keltirilgan bo'lishi mumkin. Keyinchalik tanlov asosida alohida qiziqish tug’dirgan boshqa manbalar tahlil etiladi.
Axborotni tahlil etishning ikkinchi talqini sodda va kam vaqt talab qiladi. Shu bilan birga mazkur talqin bo'yicha mavzu bo'yicha to'liq bo'lmagan axborot hajmi tahlil etiladi.



  1. Yüklə 133,34 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə