Ilmiy texnikaviy axborot va tizimli tahlil metodologiyasi Reja


Hozirgi zamon axborot jamiyati



Yüklə 133,34 Kb.
səhifə9/11
tarix22.03.2024
ölçüsü133,34 Kb.
#183347
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ilmiy

Hozirgi zamon axborot jamiyati - bu negizini alohida substantsiya - insonning moddiy va ma'naviy olami bilan o'zaro ta'sirga kirishadigan axborot tashkil etuvchi sivilizatsiyadir. Axborot yangi texnologiyalar, kompyuter dasturlari, telekommunikatsion protokollar rolini bajarib, hozirgi zamon odamining moddiy muhitini shakllantiradi, muttasil vujudga kelib, bir odamdan boshqa odamga o'tishda shaklini o'zgartirib, shaxslar o'rtasidagi munosabatlarning asosiy vositasi bo'lib xizmat qiladi. Hozirgi zamon jamiyatida axborot oqimlari jamiyat hayotining barcha sohalarini, uning ma'naviy, ijtimoiy-madaniy hayotini, moddiy hayoti: iqtisod, moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy boshqarish va hokazolarni qamrab oladi.
Hozirgi zamon O'zbekiston jamiyati o'zining original, ijodiy ishlab chiqilgan demokratik islohotlarni amalga oshirish va fuqarolik jamiyati qurishning «O'zbek modeli»ni bosqichma-bosqich amalga oshirish jarayonida axborot tsivilizatsiyasiga qo'shilar ekan, birmchi Prezidentimiz I. Karimovning quyidagi g’oyasiga tayanmoqda: «Demokratik jamiyat qurish ijtimoiy hayotning barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga o'zining erkinlik, baxt-saodat, farovonlik haqidagi orzu-umidlarini bog’layotgan ko'p millatli O'zbekiston xalqining manfaatlariga to'la javob beradi. Biz bu umidlarni oqlashimiz, chinakam erkin odamlar davlatini qurishga intilishimiz kerak»5.
3.Jarayonlarni o'rganishda tizimli tahlil
Tizim (qad. yunon. тхгсщла - sistema) — muayyan yaxlit tuzilma, birlikdan iborat, bir-biri bilan qonuniyat asosida boglangan unsurlar (narsalar, hodisalar, qarashlar, bilimlar va h.k.) majmuidir.
Tizim belgilari:
Birinchidan, yaxlitlik mavjudlikning umumiy sharti;
Ikkinchidan, ma'lum struktura, tizimosti va elementlarning mavjudligi;
Uchinchidan, tizimda elementlar o'rtasida aloqa va munosabatlar kommunikatsiyasining mavjudligi;
To'rtinchidan, tizimning o'zaro aloqadorligi va boshqa tizimlar bilan aloqasi;

Yüklə 133,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə