Kurs (ishi) loyihasi



Yüklə 132,71 Kb.
səhifə1/8
tarix23.12.2023
ölçüsü132,71 Kb.
#154513
  1   2   3   4   5   6   7   8
Maqolalar yozishda uslub masalalari matbuot materiallari asosida


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O’ZBEKISTON JURNALISTIKA VA OMMAVIY KOMMUNIKATSIYALAR UNIVERSITETI
Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti


KURS (ishi) LOYIHASI


mAVZU: Maqolalar yozishda uslub masalalari (matbuot materiallari asosida)

Topshirdi: Abdug’afforova Kamola
Tekshirdi: Bobojonova Zabarjad

Toshkent – 2023

Maqolalar yozishda uslub masalalari (matbuot materiallari asosida)
Reja:
KIRISH…………………………………………………………………………….3

  1. Maqola tushunchasi va uning uslubi……………………………………….6

  2. Maqola yozishda uslub masalalari…………………………………………9

  3. Maqolar uslubi matbuot materiallari asosida……………………………..18

XULOSA………………………………………………………………………....28
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………..29


KIRISH
Maqola – publitsistik uslubga xos janr. Maqolada kundalik ijtimoiy hayotda ro‘y berayotgan voqea-hodisalar tahlil qilinadi; nazariy, ommaviy jihatdan umumlashtiriladi; davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar ilg‘or ish tajribalari aks ettiriladi. U adabiy yoki ilmiy mazmunda bo‘lib, hajm jihatidan ancha katta bo‘ladi. Maqola hayotning muhim va dolzarb masalalariga bag‘ishlanishi yoki ilm-fanning biror sohasini yoritishi mumkin. Shunga ko‘ra maqolalar ilmiy, uslubiy, publitsistik kabi turlarga bo‘linadi. Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat bo‘ladi:

  1. Kirish – bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi.

  2. Asosiy qism – muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi.

  3. Xulosa – mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.

Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til me’yorlariga to‘liq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin e’tiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha ma’lumot va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ko‘rsatiladi.
Til birliklari va materialidan fikrni ifodalash maqsadida foydalanish jarayoni nutq sanaladi. Hayotning turli sohalari, turlicha nutq vaziyatlarida tildagi leksik, frazeologik, fonetik va grammatik vositalarni tanlash va ulardan foydalanish usullari ham har xil bo‘ladi. Shunga ko‘ra, nutqning quyidagi uslublari o‘zaro farqlanadi: so‘zlashuv uslubi, rasmiy-idoraviy uslub, ilmiy uslub, publitsistik uslub va badiiy uslub.
Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng mas’uliyatli maqolasi hisoblanadi.
Ushbu maqolada ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni o‘quvchilarga yetkazish – asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday maqola ma’lum bir masala yuzasidan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatishi, kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yo‘lini belgilab berishi lozim. Prezident farmonlari, Oliy Majlis qonunlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada yoritiladi.
Nazariy maqola va targ‘ibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, o‘quvchining g‘oyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqolada esa munozara va bahs asosiy o‘rinda bo‘ladi hamda muallif o‘z qarashlarini o‘rtaga tashlaydi.
Maqola so‘zi keng ma’noda gazeta, jurnal, radio, televideniye, shuningdek, to‘plamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qo‘llaniladi.
Ilmiy uslub tabiat va ijtimoiy hayotdagi barcha narsa hamda hodisalar to‘g‘risida aniq, asoslangan, izchil ma’lumot berishda qo‘llanadi. Unda narsa-hodisa mohiyatini ta’riflash, tahlil qilish, sababini aniqlab, dalillar bilan isbotlash va asosli natijalarni bayon etish muhim hisoblanadi. Maxsus atamalar bu uslubning leksikasini tashkil qiladi, unda adabiy me’yorga qat’iy rioya etilgani holda majhul nisbatdagi fe’llar va murakkab qurilishli gaplar keng ishlatiladi. Ilmiy uslub bilimning turli sohalariga qarab, shuningdek, kimga mo‘ljallanganligiga nisbatan o‘zaro farqlanadi. Masalan, fan sohalari muayyan shartli belgilar, formulalar, bayon qilish materiali bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubdagi kitoblar ilm-fanga oid ma’lumotlar berish bilan mutaxassis -largagina mo‘ljallanishi yoki bunday ilmiy ma’lumotlar keng ommaga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Keng jamoatchilikka tushunarli bo‘lgan, tasvir bayonida emotsionallik, obrazlilik mavjud bo‘lgan uslub ilmiy-ommabop uslub sanaladi. Ko‘pchilikka mo‘ljallangan ma’ruzalar, risola va darsliklar shu uslubning ko‘rinishlaridir.
Ilmiy-ommabop uslubda maxsus atamalar kam ishlatiladi (ishlatilganda esa izohi beriladi), fikrlar qiziqarli tilda tushuntiriladi, bayonda obrazlilikni ta’minlovchi badiiy tasvir usullaridan foydalaniladi.
“Ilmiy maqola – bu mustaqil ilmiy tadqiqot bo’lib, u dolzarb ilmiy muammo bo’yicha o’z fikrlarini bayon qilishdir. Yuqori maqsadni ko'zlagan insonlar uchun ilmiy maqolaning o'rni judayam muhim ahamiyat kasb etadi. Ya'ni oliygohga kirgan vaqtimiz yangi muhit bilan tanishamiz, qisqa qilib aytganda yangi olamga tushib qolamiz va judayam ko'p erishish mumkin bo'lgan yutuqlar bilan tanishib, oldinga qo'ygan maqsadlarimizni yanada kengaytirib olamiz. Misol uchun oliygoh davrida ilk bor davlat stipendiantlari bo'lish haqida ma'lumot olamiz va unga erishish uchun harakat qilamiz. Bitta maqsad bizga qo'shiladi va shu tarzda davom etadi.
Ilmiy maqolalarda zamonaviy ilm-fan sohalarining nazariy yoki amaliy asoslarini rivojlantirishga tadqiqotchining shaxsiy hissasi nimadan iborat ekanligi iloji boricha yorqinroq ifodalanadi.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya bo‘yicha e’lon qilingan ilmiy ishlarning umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmasligi hamda ulardan ilmiy nashrlarda kamida 10 ta maqola, ulardan 1 tasi tegishli fan tarmog‘i rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida e’lon qilingan bo‘lishi kerak.”
Ilmiy darajalar berish tartibi to‘g‘risida NIZOM 19-modda


    1. Yüklə 132,71 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə