Kurs (ishi) loyihasi


Maqolar uslubi matbuot materiallari asosida



Yüklə 132,71 Kb.
səhifə5/8
tarix23.12.2023
ölçüsü132,71 Kb.
#154513
1   2   3   4   5   6   7   8
Maqolalar yozishda uslub masalalari matbuot materiallari asosida

Maqolar uslubi matbuot materiallari asosida

Tahliliy publitsistikaning markaziy janri - maqoladir. Maqola so‘zi arabcha bo‘lib, aytilgan so‘z degan ma’noni bildiradi. Maqola deb jamiyat hayotining biror sohasi bo‘yicha ma’lum bir masala, muammo ko‘tarib chiqilgan publistik materialga aytiladi. Maqolada muayyan mavzu yuzasidan hayotdan olingan fakt, voqea va hodisalami umumlashtirish asosida ma’lum bir fikrlar, taklif va mulohazalar oldinga suriladi, ilmiy, nazariy, amaliy va publitsistik — ijtimoiy-siyosiy xulosalar chiqariladi.
Publitsistikaning bu janri insonning tashqi dunyoni bilishdagi eng muhim nazariy uslubi - deduksiya, tahlil, tadqiqotga asoslanadi. Agarda axboriy janrlar jamiyat hayotining ko‘zga ko‘rinib turgan tashqi jihatlari – yuz bergan voqea va hodisa, faktlarni aks ettirish, tahliliy publistikaning boshlang‘ich janri bo‘lgan korrespondensiya esa bu fakt voqea va hodisalarning sababi va oqibati, ya’ni mohiyatini bilish uchun olib borilgan dastlabki urinish, hayotmng chuqur qatlamlariga kirib borish uchun qo'yilgan dastlabki qadamdan iborat boisa, maqolani ana shu fakt, voqea va hodisalarning mohiyatini to‘la ochib berish, hayotning eng chuqur qatlamlariga keragicha, lozim darajagacha kirib borish, maqsadga imkon darajasida to‘la erishishga qiyos qilish mumkin. Ya’ni, maqola janrining asosiy xususiyati hayot voqea, hodisalari, faktlar majmuasini chuqur tahlil va tadqiq etish, ulardan zarur nazariy, amaliy va publitsistik xulosalar chiqarishdir. Boshqacha qilib aytganda maqola insonning dunyoni anglashdagi muhim quroli, bemisol vositasidir.
Maqola janri jamiyat hayotining barcha sohalarmi qamrab oladi. Unda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy hayotning barcha muhim masalalari o ‘z ifodasini topadi. Mazkur janrda jamiyatning shu kundagi, ayni zamondagi hayoti borasidagi fakt, voqea va hodisalar shu kun, ayni zamon uchun yoritiladi, boshqacha qilib aytganda maqola uchun eng muhim talab uning shu kun uchun zarurligi, publistikligidir. Maqola ijtimoiy hayotning barcha sohalarini aks ettirar ekan, u o‘z navbatida mavzu jihatidan turli xillarga bo'linadi. Bular — ijtimoiysiyosiy mavzulardagi maqolalar, iqtisodiy-ishlab chiqarishga bag‘ishlangan maqolalar va madaniy-ma’naviy mavzularga tegishli maqolalardir. Ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi maqolalar o‘z navbatida ichki va tashqi mavzulardagi maqolalarga bolinadi. Ichki mavzudagi maqolalar mamlakat ichki hayotini o‘zida aks ettirsa, tashqi mavzulardagi maqolalar xalqaro hayot va boshqa mamlakatlarda yuz bergan voqealarga bag‘ishlanadi. Maqolalar yana yozilish nuqtai nazaridan nazariy va amaliy maqolalarga bo‘linadi. Nazariy maqolalar har bir soha, mavzu yoki masalaning eng chuqur asosiy-nazariy masalalarini o ‘zida aks ettirsa, amaliy tarzdagi maqolalar ana shu nazariy masalalarni hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Maqola uchun mavzu qilib olingan masalaga qarash, jurnalistning hayotdagi fakt, voqea va hodisalarga munosabati nuqtai nazaridan maqolalar ijobiy yoki tanqidiy boiishi mumkin. Yozilish uslubi bo‘yicha esa maqolalar ilmiy, adabiy-badiiy, publitsistik, hajviy va boshqa xillarga bo‘linadi. Bu maqolalarning har biri o‘z navbatida yuqorida zikr etilgan maqolali' xillariga taalluqli bo‘lishi mumkin. Maqolalar hajmiga qarab kichik yoki yirik maqola tarzida bo‘lishi mumkin. Malum mavzuga bag‘ishlangan va bir paytda yozilgan maqolalarga esa maqolalar turkumi deyiladi.
Maqola (arab tilidan olingan) — publitsistik janr. Maqolada ijtimoiy hayot hodisalari chuqur tahlil qilinib, nazariy va ommaviy jihatdan umumlashtiriladi, davlat siyosati, iqtisodiyot, texnika, fan va madaniyatda erishilgan yutuqlar, ilgʻor ish tajribalari ommalashtiriladi, xalq xo'jaligidagi nuqsonlar tanqid qilinadi. Matbuotda bosh maqola, nazariy va targʻibot maqola, muammoli Maqola keng qoʻllanadi. Bosh maqola (yoki tahririyat tomonidan yoziladigan maqola) tahririyatning eng masʼuliyatli maqolasi boʻlib, unda ichki va xalqaro hayotga doir muhim masalalarni oʻquvchilar ommasiga yetkazish vazifasi qoʻyiladi. Bunday Maqola muayyan masala yuzasidan yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi, mavjud kamchiliklarni ochib tashlashi, har bir ishning asosiy haqiqiy yulini belgilab berishi lozim. Maqola Prezident farmonlari, oliy majlis qonunlari, vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilinadigan davlat va hukumat hujjatlari, qarorlari, qonunlari davrning dolzarb masalalari bosh maqolada ochib beriladi. Nazariy maqola va targʻibot maqolaning asosiy vazifasi mustaqillik, milliy gʻoya, istiqlol mafkurasining asoslari va prinsiplarini; ilmiy maqolaning vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish, oʻquvchining gʻoyaviy, ilmiy saviyasini oshirishdan iborat. Muammoli maqola munozara va bahsla-shuv mazmunida boʻlib, unda biror masala yuzasidan muallif oʻz qarashlarini oʻrtaga tashlaydi.
Oʻzbekistonda Maqola janri tarixi, asosan, „Turkiston viloyatining gazeti“ bilan bogʻliq. Unda ijtimoiysiyosiy hayotning turli sohalari oʻz ifodasini topgan (Furqat, Ibrat, Hakimxon va boshqalar). Keyinchalik taraqqiyparvar oʻzbek milliy matbuotida Hamza, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻz Maqolalari bilan ishtirok etishgan. Hozirgi ommaviy vositalarida Maqolaning hamma turlarida materiallar berib boriladi.maqola bu dolzarb mavzularni yorituvchi nashrdir. Maqola istilohi keng maʼnoda gazeta, jurnal, radio, televideniya, shuningdek, toʻplamlardagi ilmiy asarlarga nisbatan ham qoʻllanadi.
Maqolalar uch tarkibiy qismdan iborat boʻladi: 1. Kirish — bunda tanlangan mavzuning dolzarbligi belgilanadi. 2. Asosiy qism — muallif tomonidan rejalangan fikr, muammo yoki yangilik bayon qilindi. 3. Xulosa — mavzu yuzasidan muallifning xulosalari, tavsiyalari beriladi.
Maqolalar ilmiy yoki publitsistik uslubda, adabiy til meʼyorlariga toʻliq amal qilingan holatda yoziladi. Maqola yozishda maqolaning mavzusini belgilash va unga sarlavha tanlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolaning sarlavhasi qisqa, lekin eʼtiborni jalb qiladigan va, albatta, maqolaning bosh mavzusini yoritib beradigan bo'lishi lozim. Maqola Bundan tashqari, maqolalarda muallif haqida qisqacha maʼlumot va foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati koʻrsatiladi.
Pirovardida yurtimizda shaffof va tezkor axborot maydoni vujudga keldi. Turli axborot saytlari rivojlana boshladi, blogerlik harakati keng quloch yozdi. Bugun har kim va har bir tashkilot, xoh u matbuot sohasi boʻlsin, xoh boshqa soha oʻz sayti, “Telegram” kanali, “Facebook”, “Youtube”, “Instagram” kabi ijtimoiy tarmoqlarda oʻz sahifalarini yuritishi oddiy holga aylandi. Tabiiyki, bunday holatda axborot olish va yetkazish jabhasida ham raqobat keskin kuchayib ketdi. Xoʻsh, bunday zamon shiddatiga, taraqqiyot shartlariga hamma ham dosh bera olyaptimi? Tezkorlik bilan moslashishning uddasidan chiqmoqdami? Shubhasiz, yoʻq va bu tabiiy jarayon. Sababi, har qanday raqobatda baribir kimdir yetakchi boʻladi, boshqasi oʻrtamiyona va yana kimdir autsayder. Hatto unga dosh bera olmay chiqib ketayotganlar ham yoʻq emas.
Tan olish kerak, bugungi kunda auditoriya qamrovi boʻyicha va umuman, kontent reytinglarida nodavlat ommaviy axborot vositalari, xususan, internet saytlari, shuningdek, blogerlar yuritayotgan onlayn kanallar yetakchi oʻrinlarda turadi. Biz ularning bu yutuqlaridan faqat xursand boʻlamiz. Shu bilan bir qatorda, bu hali oldimizda qilinadigan ishlar koʻpligini ham anglatadi. Yaxshi tomoni shundaki, mazkur holat plyuralizm mavjudligini anglatadi, bu esa axborot tarqatishda raqobatni kuchaytirib, soʻz va fikr erkinligi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Bu, oʻz navbatida, fuqarolik jamiyati qurishning asosiy talablaridan biridir.
Boshqa tomondan esa plyuralizmni boshboshdoqlik, oʻzbilarmonlik deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday qarash davlat axborot xavfsizligi, ijtimoiy barqarorlik hamda sotsial kayfiyatni izdan chiqarib yuborishi mumkin. Shuning uchun bu boradagi oltin oʻrtaliqni taʼminlash bugun har qachongidan muhimdir. Binobarin, oxirgi paytlarda aytilayotgandek, nafaqat Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi — OʻzA kabi rasmiy axborot yetkazib beruvchilar, balki davlat hokimiyati organlari matbuot nashrlari, veb-saytlari faoliyati, salohiyati, moddiy-texnika bazasi, kadrlarni qoʻllab-quvvatlash borasidagi ishlarni tubdan qayta koʻrib chiqish maqsadga muvofiq.

Yüklə 132,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə