Kurs (ishi) loyihasi



Yüklə 132,71 Kb.
səhifə7/8
tarix23.12.2023
ölçüsü132,71 Kb.
#154513
1   2   3   4   5   6   7   8
Maqolalar yozishda uslub masalalari matbuot materiallari asosida

Erk vodiysi – zahmatlarga siylovdir bu,
Toy qoqilib ot bo’lguvchi yaylovdir bu,
Ranj chekmasang nurli, nurli tonglar qayda,
Sinovdir bu, balki buyuk sinovdir bu.
Bosh ketsa ham qaytma endi so’zingdan-a,
O’zingdan qo’ymasin, xalqim, o’zingdan-a.
Haqiqatan ham yangi asr bo’sag’asida o’zbek adabiyoti bo’stonida gujumdek gurkirab Muhammad Yusuf fenomeni paydo bo’ldi. Bu aslo mubolag’a emasligining tasdig’i tarzida o’sha bo’stonning to’rt azim chinori, to’rt nafar qahramon adiblarning xulosalarini keltirmoqchimiz. Atoqli adib Said Ahmad “Keyingi paytda birorta shoir Muhammad Yusufdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo’lmagan edi” desa, ardoqli ustozimiz Erkin Vohidov “U birinchi qadamidanoq yurt osmonida baland parvoz qilguvchi, yuraklarga qanot berguvchi she’riyati bilan elning og’ziga tushdi” deb e’tirof etdilar. 
Mustaqil mamlakat davlat madhiyasi muallifi, aziz ustozimiz Abdulla Oripov esa “Hali yoshlik yillaridayoq bunchalik ko’p muxlis orttirgan, do’st-og’aynisi bisyor ijodkorni ko’rmagan edim” deb yozdi. Allomalar allomasi Ozod Obidovich Sharafiddinov “Muhammad Yusuf degan shoir she’riyatga qanday kirib kelganini adabiyotimiz sezmay ham qoldi. Ammo u tezda, hammani hayron qoldirib, og’izga tushib ketdi” deb tan oldi.
O’tgan asrning saksoninchi, to’qsoninchi yillarida Nukusda biz navqiron qalam sohiblari talpinadigan uch tabarruk manzil bor edi. Bular – Piskunova ko’chasidagi 62-Budyonniy ko’chasidagi 28- va Orjonikidze ko’chasidagi 11-xonadonlar edi. Tabiiyki Ibroyim og’a va To’lepbergen og’a ko’proq safarlarda bo’lishsa, yigit yoshida Maksim Gorьkiy va Abdulla Qodiriy bilan ko’rishgan Jo’lmirza Oymirzayev siyli saksondan yoshdan oshib o’z uyida yashardi. Bir kuni u o’zi yozayotgan “Ellikqal’a” romani tafsilotlarini aniqlash uchun kaminai kamtarinni uyiga chaqirdi. Ko’cha eshigini “Oygul va Obod” dostonidan ariya aytib ochdi. Cho’lquvarlar haqidagi tafsilotlarni so’rab olganidan keyin Toshkent adabiy muhitidan gap ochdi. “Sunnetullani taniysanmi?” dedi. Gap taniqli yozuvchi S.Anorboyev haqida borayotganini anglab, “Yo’q. Nosir Fozilovni taniyman!” dedim.
Ko’rsang ikkoviga ham salom ayt. Sunnetulla “Dizelnaya”da turadi!” dedi. Xom sut emgan banda emasmizmi, G’afur G’ulom va Muxtor Avezovning do’sti adabiyot yangiliklaridan bexabar bo’lsa kerak, deb o’ylardim. Oqsoqol ko’chaga chiqqanimizda “Muhammad Yusuf degan shoir chiqibdi. “Laganbardorlar” degan she’rini o’qidim. “Podxalim”lar ottirib yuborgan Izbosar Fozilovni eslab yig’ladim. Senlar bilmaysanlar: o’ttizinchi yillarning o’rtalarida bizlar RSFSR sostavida edik. Moskvaning yangiligi To’rtko’l va Chimboyga bir oyda yetib kelsa, Toshkentning habarlarini bir-ikki kun ichida eshitardik. Usmon Nosir degan shoir chiqib “o’zbek Lermontovi” deb nom olgan edi. Xuddi bizning qaldirg’och dramaturgimiz Abduraxman O’tepovdek nohaq qamalib, yosh o’lib ketdi, bechora. Endi sizlarga Alloh uzoq umr bersin!” deb xayrlashdi. Nukus ko’chasidan o’ychan odimlar ekanman, Muhammadjon aka tomonidan Toshkentdagi “Bilimlar uyi”da o’qilgan o’sha she’rning satrlari mis qo’ng’iroq zarblaridek quloqlarim ostida jarangladi: 
Ular ustoziga quldayin kimsa,
Mehribon homiysi shogirdlarining.
O’zi o’ldirib, so’ng mozorigacha
Ko’tarib borishar tobutlarini…
Aziz ustozimiz, allomai zamon Ibrohim G’afurov quyidagi so’zlarni yozganida ming bora haqdir: “Ulug’ tarixiy, ijtimoiy hodisalar o’z odamlarini – o’z shoirlari, o’z siyosatchilari, ijodkor fidokorlarini yaratadi. Muhammad Yusuf xuddi istiqlol uchun yaratilgandek edi. U xuddi Mahtumquliga o’xshardi. She’rlari ozod xalq orzulari bilan tutashib ketgan edi…”
Shoir shaxsi bilan lirik qahramon ichki olami barcha zamonlarda adabiyot ilmini o’yga solgan. Yuqoridagi satrlardan kelib chiqib taniqli munaqqid Umarali Normatov “Shoirning lirik qahramoni g’aroyib shaxs” degan xulosaga kelib, uning ijodida “jahon yangi she’riyati nafasi” va “yangicha she’riy tafakkur” epkini paydo bo’lganiga ishora qiladi. Ikkinchi atoqli munaqqid Abdug’afur Rasulov esa “Shoir she’riyati – mukammal vujud: unda har bir a’zo, asab tolasi, qon qatrasi, kiprikdan tirnoqqacha aniq vazifani bajaradi.” deb yozadi. Uchinchi tajribali munaqqid Saydi Umirov shoir she’rlarining tavsifiga “Tabiiy va samimiy, jozibador va maftunkor, ta’mli va totimli, sodda va teran, xalqona va mardona” degan metaforalarni qo’shadi. Uchala ustozning munosib izdoshi Adhambek Alimbekov esa shoir ijodi haqida tugal monografiya yozib, uni “Latif she’riyat” deb nomladi. Asar adabiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.
Taniqli adabiyotshunos N.Karimovning jurnalning mazkur sonidan joy oigan “Asr tengdoshi” maqolasi esa ilmiy-adabiy maqola turiga misol boiadi. Unda davrimizning atoqli adibi Muso Toshmuhammad o‘gli Oybek ljodining yangi qirralan, u yaratgan asarlarning ma’naviyatimizni yuksaltirishdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Adabiyot tarixining sinchkov mutaxassisi I.Haqqulning “Ruhiyat saboqlari” rukm ostida bosilgan “Asrori Halloj” maqolasi esa IX asrda yashab o igan mutavassuf arbob, johil ulamolar tomonidan oiimga mahkum etilgan Mansur Hallojning hayoti va qismati haqida boiib, jurnalxonga bu haqda qator yangi maiumotiar beradi. Jurnaldan shunmgdek, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotning boshqa turli masalalari haqidagi maqolalar ham o‘rin oigan. Yuqoridagi misollardan koiinib turibdiki, maqola janri jamiyat hayotining chuqur qatlamlarini aks ettirish, undagi turli masalalar, muammolarni hal etishda gazeta va jurnallar hamda ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari uchun ham qolikeladigan ommabop, ta’sirchan janrdir. Faqat, yuqorida aytib oiilganidek, radio va televideniyeda maqola janri boshqacharoq - radio va televizion chiqishlar nomi bilan ataladi.

XULOSA
Binobarin, maqolaning til va uslubi, adabiy-badiiy vositalardan foydalanish maqolaning tipi va xiliga bog‘liqdir. Maqola janri jurnalistikada juda qadimdan keng qo‘llamlib keladi. Jahon jurnalistikasi, rus va o‘zbek jurnalistikasida maqola janri ijtimoiy fikrning shakllanishi va taraqqiyotida, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyatning o ‘sishida katta rol o'ynab kelgan. Jumladan, Turkiston Milliy uyg‘omsh davri jurnalistikasida maqola milliy mustaqillik g‘oyasining shakllanishi, mustamlakachilik zulmi, jaholat va qoloqlikka qarshi kurash, ma’naviyat va ma’rifatning taraqqiy etishiga xizmat qilgan. Atoqli o'zbck adiblari M.Behbudiy, M.Abdurashidxonov, A.Avloniy, Cho‘lpon, Fitrat, A.Qodiriy va boshqalar vatan mustaqilligi, xalq erki uchun kurashda mazkur janrdan keng foydalanganlar.


Yüklə 132,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə