Kurs (ishi) loyihasi



Yüklə 132,71 Kb.
səhifə6/8
tarix23.12.2023
ölçüsü132,71 Kb.
#154513
1   2   3   4   5   6   7   8
Maqolalar yozishda uslub masalalari matbuot materiallari asosida

Namunalar
“O‘zini yengilmas davlat deb bilgan chor Rusiyasi yaponlar bilan urushda qaqshatqich zarbaga uchrab, Finlandiya, Polsha, Boltiq bo‘yi va Turkiston xalqlari oldida obro‘sini boy berganini anglagach, mamlakat ichkarisida va chegara qismlarida avj olayotgan siyosiy harakatlarni jilovlash, imperiyani saqlab qolish uchun ayrim islohotlar o‘tkazishga, mustamlaka xalqlariga hurriyat – siyosiy va ma’rifiy erkinlik va’da etishga majbur bo‘ldi. 1905-yil 17-oktabrda imperator e’lon qilgan manifest ta’siri o‘laroq Tatariston, Boshqirdiston, Ozarboyjonda milliy matbuot maydonga keldi.
Turkiston xalqini ma’rifiy jihatdan isloh qilishga intilgan milliy ziyolilar ham ana shu tarixiy imkoniyatdan foydalanib, gazeta-jurnal ochishga harakat boshladilar. Tataristondan kelgan ziyoli Ismoil Obidov muharrirligida “Taraqqiy” gazetasini nashr etish uchun Turkiston bosh gubernatoridan ruxsat olindi. 1906-yil 14 (yangi taqvim bo‘yicha 27)-iyunda “ilmiy, adabiy, siyosiy, fanniy, tijoriy g‘azita”ning birinchi soni o‘quvchilar qo‘liga borib yetdi. Shiori “Najot: maslakda sabot; to‘g‘rilikni ijobat” edi.
Gazeta birinchi sonidan boshlab adabiy-siyosiy maqolalar, badiiy asarlardan namunalar chop etish bilan birga Qrim, Kavkaz, Tatariston, xorijiy nashrlarda bosilgan ixcham xabarlar va maqolalarni ko‘chirib bosishni odatga aylantirdi.
“Taraqqiy” ilk qadamdanoq “Turkistonga najot yo‘li”ni ko‘rsatish uchun hozirligini isbotladi. Bosh maqolada umumimperiya maydonida sodir bo‘layotgan siyosiy harakatlardan chetda turgan yurtdoshlarni faoliyatsizlikda tanqid qila turib ana shu fojianing zaminida yotgan milliy zulmni oshkor qildi.
“Bizlarg‘a olamda naqadar baxtiyorsizliq! Yo‘q ersa jabr va zulm bila ezilub xorliqg‘a tushgan bizning millat edi. Chunonchi, musulmoncha bir kichkina risola bostirmoqchi bo‘lsak, senzurning qizil qalami bila sahifalar qizil bo‘lub, ortiqli, tirnoqli buzulub qo‘limizg‘a qaytur edi. Shul tariqa bir yerda maktab ochub bolalarimizni o‘qutmoqchi bo‘lsak “direktor” hozir yetub bu ish hukumatg‘a xilof, muallimlar bul tariqa ekan deb muallimlarni o‘chirtirub, madrasalarimizni pechatlatub 2-3 tiyn masjid-madrasa, vaqflardan ham ayrilur edik”.
Gazetaning og‘ir yukini yelkasida tortgan Munavvar qori Abdurashidxon nashrning oshkor qilinmagan tahririyati atrofiga Orifxo‘jaboy Azizxo‘jayev, Abduvalihojiboy Abdumalikov kabi boylarni, Fansurullohbek Xudoyorxonov, Rahimxo‘ja Nurmuhamadxo‘jayev, shoir Kamiy va boshqa ziyolilarni to‘pladi. Tijorat ahli, adiblar, mudarrislar olami talab va ehtiyojlari, takliflari o‘rganilib, Turkiston muammolari matbuot maydoniga dadil olib chiqildi.
Munavvar qori Abdurashidxonovning “Bizning jahl, jahli murakkab”, Bahrombek–Tarjimon Davlatshoyevning “Tush” turkum maqolalari, “Irshod” gazetasidan ko‘chirilib bosilgan rus, arman-ozarboyjon urushi haqidagi fiqralar, mahalliy xalq uchun “Jamiyati xayriya” ochish to‘g‘risidagi taklif-mulohazalar Turkiston gubernatorining siyosiy qamchisi, “Turkiston viloyatining gazeti” muharriri, missioner Nikolay Ostroumovning esini teskari qilib yubordi.
“Taraqqiy” gazetasi 20-soni tayyorlangan bir paytda zulmat iblisining tavsiyasi bilan biror bir siyosiy ayblovsiz, chor hukumati qonunlariga xilof ravishda musodara qilindi va faoliyati tugatildi. Lekin millat xodimlari harakatdan to‘xtab qolgani yo‘q: mustamlakachilar milliy matbuot nashrlarining birini berkitishsa, bular yana birini, balki ikki-uchtasini ochib, istiqlol va ma’rifat maslagida sobitlik ko‘rsatdilar.
Muhammad Yusuf haqidagi maqollar tahlili
2013-yil. Mayingina shabadalari bilan kirib kelgan kuzning uchinchi yo to’rtinchi kuni edi. “Do’rmon” ijod uyi oldidagi o’rindiqda aziz ustozim Nosir Fozilov bilan shiringina gurunglashyapmiz. Ikkinchi o’rindiqda Muborak kennoyi taniqli dramaturg Haydar Muhammadning rafiqasi Vazira opa bilan suhbatga kirishgan. Darvoza tomondan yelim xaltacha ko’targan o’rtamiyona ijodkor “og’a”mizning kelayotganini ko’rdim. Kallaklangan jo’ka daraxti yoniga yetganda og’zidagi nosini gulzorning chetiga tufladi. O’zimni tutolmay kulib yubordim.
Birinchi “boyvachcha” – G’ulom Karimiy degan yozuvchi. Bo’yi baravar kitob yozdi. Bechora anchadan buyon reanimatsiyada yotibdi. Ikkinchi “boyvachcha” – Erkin Usmonov. O’zi zo’r prozaik. Ammo metroga tushishga puli yo’q. Uchinchi “boyvachcha” – mana, yoningizda o’tiribdi. Bir necha roman tarjima qildi. Ismi Yangiboy, lekin ertaga Qoraqalpoqqa poyezdda ketish uchun Muborakdan qarz so’radi. Uchovi ham bahorda loy kechib, kuzda moy ichib yurgan xokisorlar. Savolingga javob oldingmi, jo’ra? Boshqa gaping bo’lmasa, qani, bu yerdan tuyog’ingni shiqillat! 
O’sha oqshom ijod uyining ikkinchi xonasida o’tirib, yon daftarchamni varaqlasam, quyidagi qaydga ko’zim tushdi: “27.08.1998. Prezidentning 2074-sonli Farmoni. 17 adib “El-yurt”, 3 adib “Mehnat shuhrati”, 3 adib “Do’stlik” ordeni, 9 adib “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi. To’lan Nizom, Anvar Obidjon, Muhammad Yusuf “O’zbekiston xalq shoiri”, Matnazar Abdulhakim va Asad Dilmurod “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi” unvonlarini oldilar. Orden olganlar – 91 yoshdagi Rahmat Azizxo’jayevdan boshlab Xo’jabek Seitov, Hamid G’ulom, Mirmuhsin, Odil aka, Pirimqul aka, Matyoqub domla, Oxunjon Hakim, Najmiddin Komil, Kengesboy Rahmon, Sharofat Botirova, Vyacheslav Kostirya, Safter Nagayev va boshqalargacha. Qoyil!”
Darvoqe, o’tgan asrning to’qsoninchi yillari ikkinchi yarmi otashnafas shoir Muhammad Yusuf hayoti va ijodining yulduzli onlari edi. Avvalombor “Tosh shahrida uyi boloxona” bo’lgan shoirga poytaxtning nufuzli “Pushkin-Salor” mavzesidan shinam turar-joy ajratildi. Benazir ijodi uchun 1996 yilda “Do’stlik” ordeni bilan taqdirlandi. 1997 yili O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o’rinbosari bo’lib saylandi. 1998 yili Xalq shoiri unvoni bilan taqdirlanishidan tashqari O’zbekiston Respublikasi huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tugatdi, Birozdan so’ng Chinozdan Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati bo’lib saylandi. Ketma-ket kitoblari chop etildi. Shaxsiy avtoulov xarid qildi. Qator teran mazmunga ega she’rlari taronalarga aylanib, muhim davlat tadbirlarida ijro qilindi. Ularda mustaqillik ostonasida turgan o’zbek xalqining eng ezgu orzu armonlari, iztiroblari, intilishlari yaqqol ifoda etilgan edi. “O’zbekiston”, “Vatanim”, “Xalq bo’l, elim”, “Talabalar madhiyasi”, “O’zbekning ayollari”, “O’zingdan qo’ymasin, xalqim” kabi davr da’vatiga mengzagan she’rlar millionlab qalblarga muhrlandi: 

Yüklə 132,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə