O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə26/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Iqtisodiy tahlil o’tmish va hozirgi davr to’g’risidagi axborotni baholash sifatida iqtisodiy ishning mustaqil unsuri sifatida ko’rib chiqiladi. Ushbu jarayon iqtisodiy shaxs faoliyatining bo’lajak shart- sharoitlari va natijalarini baholash maqsadida o’tmishdagi va hozirdagi iqtisodiy, tijorat, kadrlar sohasidagi va boshqa holatlar haqidagi ma’lumotlarni o’rganishga asoslangan. Tahlil rejalashtirishning majburiy boshlang’ich bosqichi hisoblanadi va quyidagilarni o’z ichiga oladi: iqtisodiy hisob-kitoblar; faoliyatdagi ijobiy jihatlarni aniqlash; faoliyatdagi salbiy jihatlarni aniqlash, shu jumladan uning paydo bo’lishi sabablarini o’rganish; faoliyatni baholash; faoliyatni yaxshilashga doir tavsiyalar ishlab chiqish.
Rejalashtirishni tashkil etishning navbatdagi bosqichi rejalarni tuzish. U ko’p sonli hisob-kitoblarni o’z ichiga oladi.
Reja ko’rsatkichlarini tasdiqlash jarayoni reja loyihasining dastavval manfaatdor tuzilmaviy bo’g’inlar tomonidan, so’ngra esa yuqori rahbariyat tomonidan muhokama etilishini nazarda tutadi. Rasmiy rejalarning tasdiqlanishi bayonnoma, buyruq yoki farmoyish bilan qayd etiladi. Tasdiqlanganidan keyin rejalar ijrochilarga, ya’ni: tarkibiy bo’linmalar, bo’limlar, xizmatlar va alohida xodimlarga etkaziladi. Rejalarni bajarish ishlari boshlanadi va bunda menejerlar katta rol o’ynaydi. Rejalarni bajarish jarayoni, birinchidan, mablag’larning sarflanshiga qarab, ikkinchidan, bajarish vaqtiga qarab, uchinchidan, iqtisodiy samara nuqtai nazaridan nazorat qilinadi.
Rasmiy rejalardan tashqari ko’proq boshqaruv qarorlarini eslatuvchi ko’plab rejalar qo’llaniladi. Ko’pincha ular taktik xususiyatga ega bo’ladi. Tadbirkorlar, menejerlar va boshqa mutaxassislar har kuni belgilangan maqsadlarga erishishga yo’naltirilgan ko’plab muayyan qarorlarni qabul qilishadi. Kundalik harakatlarni rejalashtirish ham rejalashtirishning umumiy metodologiyasiga asoslanadi. Qaror qabul qilish jarayoni cheklangan imkoniyatlar va belgilangan maqsadlarni hisobga olgan holda barcha mavjud muqobil variantlar ichidan birini tanlash zarurligiga
asoslanadi.
Rejaning mosligi va barqarorligi talablarini qarama-qarshi qo’yish rejalashtirish nazariyasidagi murakkab dilemma hisoblanadi. Bir tomondan, rejani ishlab chiqish uni firma faoliyatining o’zgaruvchan sharoitlarga uzluksiz moslashtirib turishga yo’naltirilishi lozim, lekin, ikkinchi tomondan, reja haqiqatdan ham ishdagi mo’ljal sifatida xizmat qilish uchun hech bo’lmaganda ma’lum muddatga barqaror bo’lishi kerak. Bunday holatni real joriy etish quyidagi yo’llar bilan murosa yo’lini topishdan iborat:

  1. Rejaga tuzatishlar kiritish (unga kiritiladigan tezkor o’zgartirishlarning to’planishiga qarab doimiy ravishda yoki vaqti-vaqti bilan). Lekin dastlabki reja ham, tuzatishlar kiritilgan reja ham faoliyatning yakuniy maqsadlariga erishish darajasini baholash imkonini beruvchi o’zgarmas parametrlarga, mezonlarga ega bo’lishi kerak;

  2. Faoliyatning yakuniy maqsadlariga yoki oraliq natijalarga erishganlik uchun xodimlar mehnatini rag’batlantirish tizimini yaratish.

Shu munosabat bilan sobiq ittifoq davridagi ma’muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotida qo’llanilgan reja ko’rsatkichlarini o’zgartirish amaliyotini ta’kidlash mumkin. Xodimlar rejalarni bajarish yuzasidan o’z vazifalarini anglab etishi va zarur harakatlarni amalga oshirishni o’ylab ko’rishi uchun rejalarni ijrochilar hukmiga reja davri boshlangunga qadar kamida 10 kun oldin havola etish zarur deb hisoblanardi. Rejaga o’zgartirishlarni reja davri tugashiga kamida 20 kun qolganida va bunga etarlicha asoslar mavjud bo’lan taqdirda kiritish mumkin edi. Rejalarning tez-tez o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmas edi, chunki bu xodimlarni o’z ishining haqiqiy vazifalarini bajarishdan chalg’itishi mumkin edi.
Rejalashtirishning hozirgi amaliyoti ham rejalarni ijrochilarga etkazish va ularga o’zgartirishlar kiritishning o’z qoidalarini ishlab chiqishi kerak.
5.2. Indikativ rejalashtirishda iqtisodchilarning Funksiyalari va
majburiyatlari

Indikativ rejalashtirish sifati ko’p jihatdan mutaxassislarning tayyorgarlik darajasiga bog’liq, bu quyidagilar bilan belgilanadi:
nazariy tayyorgarlik;
ularning intellektual rivojlanganligi;
tajriba va malaka;
reja bu tegishli harakatlarni talab qiluvchi ongli ravishda qabul qilinadigan qarorlar tizimi ekanligini tushunish;
qo’llaniladigan tadbirlarning oqibatlarini oldindan ko’ra bilish;
asosiysini ko’ra olish qobiliyati;
biznes sharoitida tashqi va ichki omillarning maqbul nisbatini topa olish.
Ilgari rejalashtirishda asosiy rol deyarli iqtisodchilarga, ya’ni reja- iqtisodiyot bo’limlari (xizmatlari, boshqarmalari)ning xodimlariga tegishli edi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ushbu holat tubdan o’zgardi. Rejalashtirishda ayniqsa kundalik rejalarning amalga oshirilishiga bevosita rahbarlik qiluvchi mutaxassislar, ya’ni o’rta va quyi bo’g’in rahbarlari, menejerlarning roli ortadi. Lekin hozirgi vaqtda ham iqtisodchilarning roli beqiyos. Bugungi kunda kichik korxonada rejalashtirish ishini iqtisodchi, moliyachi yoki buxgalter amalga oshirishi mumkin. Katta korxonalarda esa reja ko’rsatkichlarini iqtisodiy jihatdan asoslash bilan odatda iqtisodiy xizmatning 2-3 nafar xodimi shug’ullanadi. Yirikroq firmada, odatda, 4 yoki undan ortiq xodimdan iborat iqtisodiy bo’lim faoliyat ko’rsatishi mumkin. Yanada yirik firmada xodimlarining umumiy soni kamida 12 nafardan iborat bo’lgan bir necha bo’limlar yoki xizmatlarni o’z tarkibiga olgan iqtisodiy boshqarma tashkil etilishi mumkin.
Asosiy rejaviy asoslashlarni huddi ilgaridagi kabi iqtisodchilar bajarishadi. Lekin reja xo’jalik yuritishning barcha vazifalari va muammolari majmuini aks ettirishi uchun uni ishlab chiqishga o’z vakolati masalalariga muvofiq ravishda boshqa xizmatlar va bo’limlarning xodimlari ham jalb etiladi. Ya’ni reja hisob-kitoblarini amalga oshirishda iqtisodiy bo’lim xodimlari quyidagilar bilan o’zaro hakorlik qiladi:
rahbariyat bilan rivojlanish strategiyasining umumiy maqsadlari va tashkiliy masalalar yuzasidan;
marketing va sotish bo’limlari bilan sotish masalalari yuzasidan;
buxgalteriya bilan hisob yuritish va hisobotlar masalalari yuzasidan;
moliyaviy bo’lim bilan moliyalash masalalari yuzasidan;
ta’minot va transport bo’limlari bilan ta’minot va xomashyoni etkazib berish masalalari yuzasidan;
bosh muhandis bo’limi, texnologik va ishlab chiqarish bo’limlari bilan ishlab chiqarish xususidagi masalalar yuzasidan;
kadrlar, mehnat va ish haqi bo’limi bilan xodimlar va boshqa masalalar yuzasidan.
Shubhasiz, bozor munosabatlari sharoitida rejalashtirish bo’yicha
asosiy mas’uliyat iqtisodchi-menejerlar zimmasiga yuklatiladi. Agar iqtisodchilarning vazifasi reja ko’rsatkichlarini iqtisodiy jihatdan asoslashdan iborat bo’sa, menejerlar vazifasi qatoriga ushbu ko’rsatkichlarni muayyan tijorat, texnologik, kadrlar va boshqa xususdagi harakatlar bilan talqiin etish kiradi. Lekin biri ikkinchisi bilan uzviy bog’langan. Iqtisodiy bo’lim xodimlari va firma menejerlari o’z mohiyatiga ko’ra bir xil vazifani, ammo turli vositalar yordamida bajarishadi. Menejer boshqaruv sohasida, shu jumladan insonlarni boshqarishda alohida tarzdagi o’quv va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. Ular tomonidan bajariladigan harakatlar tizimi oldinga qo’yilgan xo’jalik yuritish maqsadlariga erishish uchun mavjud resurslarni optimallashtirishga qaratilgan. Menejerlar firma faoliyatining rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etadilar. Firmaning yuqori rahbariyati menejerlar bilan birga faoliyat maqsadlarini tanlashadi va tegishli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishadi. Tanlangan maqsadlarga iqtisodiy ishlov berish iqtisodchilar tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni ular maqsadni iqtisodiy kategoriyalar bilan asoslaydi. Biroq rejadagi maqsadlarga erishish bo’yicha asosiy harakatlarni tanlash menejerlar Funksiyasiga kiradi. Ular har kuni rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanib, firmaning turli xildagi rejalarini ishlab chiqishda ishtirok etishadi, shuningdek uning strategiyasini, faoliyat sohasi siyosatini, biznes-rejalarni va hokazolarni belgilab beradi. Prognozlashtirish, dasturlash, taqvimiy rejalashtirish bularning barchasi menejerlar tomonidan o’z ishida foydalaniladigan vositalardir. Shuning uchun hozirgi vaqtda iqtisodchi menejer kasbining ahamiyati va unga nisbatan talab ortib bormoqda.
Iqtisodiy bo’lim xodimlari quyidagi asosiy Funksiyalarni bajarishadi:

  • statistika hisobotlarini tuzish;

  • xo’jalik yuritish tashqi muhitining holatini o’rganish;

  • firmaning faoliyati iqtisodiy tahlil qilish;

  • prognozlar va rejalarni tuzish, ularni ijrochilar hukmiga havola etish;

  • alohida boshqaruv qarorlarining iqtisodiy samarasini aniqlash;

  • firma xodimlarining iqtisodiy ta’lim olishida ishtirok etish;

  • firma rahbariyatiga iqtisodiy masalalar yuzasidan maslahat berish; -iqtisodiy masalalar bo’yicha ma’lumotlar va sharhlar tayyorlash; -tegishli shikoyatlar va takliflarni ko’rib chiqish va b.

  • firmalarda iqtisodchilar ishida tegishli echimini talab etuvchi qator

muammolarni (yoki kamchiliklarni) uchratish mumkin:

  • ishlarni ahvolini batafsil tahliliy sharhlash o’rniga iqtisodiy hayot faktlarini oddiy izohlash;

  • olingan natijalarni oddiy tarzda qayd etish;

  • bozor nazariyasini etarlicha bilmaslik;

  • o’z tovari bozorining kon’yunkturasini yaxshi bilmaslik;

  • rejalar tuzuvchilari va taqsimlovchilarining kamtarona tutgan o’rni;

  • iqtisodiy hisob-kitoblarda eskirib qolgan va samarasiz yondashuvlardan foydalanish;

  • notanqidiy tafakkur etish;

-kasblararo o’zaro hamkorliking zaifligi;
boshqaruv qarorlarining iqtisodiy jihatdan asoslanmasligi;
-mamlakatdagi inflyastiya va yuqori stoxastik bozor hodisalari tufayli prognozlashtirish va rejalashtirish amaliyotidan voz kechish.
Rejalashtirish ishida bo’ysunish ham, o’zaro munosabatlarning demokratiyaga asoslanishi ham zarur. Bo’ysunish boshqaruv ierarxiyasi tarafdorligini anglatadi. Demokratizm esa “Rahbar-bo’ysunuvchi” o’zaro aloqalarda eskilik qoldiqlariga barham berishni anglatadi. Iqtisodiy ish oqilona tashkil etilgan taqdirda har bir xodimda o’z faoliyat uchastkasi va o’zining lavozim majburiyatlari bo’lishi kerak, ya’ni u o’z lavozimi doirasida mas’ul bo’lishi lozim. Rejalashtirishda tashabbus, yangiliklar kiritish, ijod zarur. Buyruqbozlik uslubi bo’ysunuvchilarda o’z kuchiga ishonmaslik va rahbariyatga tobelik hissini shakllantiradi. Xodim muayyan majburiyatlarni o’z zimmasiga olishi kerak. Uning o’zi o’z qarorining mohiyatini baholaydi va u uchun javobgar bo’ladi. Ishdagi shaxsiy va jamoaviy manfaatlarni uyg’unlashtirishga nisbatan zamonaviy yondashuv anna shunda o’z ifodasini topadi;
Mehnat jamoasida reja hisob-kitoblarini asoslashda ijod qilish, yangilikni qidirib topish, ishlarning ahvolini takomillashtirish choralarini qo’lash uchun barcha sharoitlar yaratilishi kerak. Ushbu maqsadlarda muayyan muammolarni hal etishga nisbatan yondashuvlarni tadqiq etish uchun turli xizmatlar xodimlaridan tarkib topgan vaqtinchalik qidiruv guruhlarini tashkil etish mumkin.
Iqtisod xodimining yangi roli ko’p jihatdan uning menejer, referent va firma rahbariyati uchun faoliyatning turli iqtisodiy masalalari bo’yicha maslahatchi sifatidagi harakatiga bog’liq. Firma nazoratchisining roli iqtisodiy hayotda ham namoyon bo’la boshlaydi. Shu munosabat bilan iqtisod xodimi egalik qilishi lozim bo’lgan zarur xislatlarni ta’kidlash o’rinli:
bozor iqtisodiyotining nazariy asoslarini yaxshi bilish;
zamonaviy xorijiy iqtisodiy tafakkurni va mashhur xorijiy firmalarning ilg’or tajribasini bilish;
tahlil qilish, prognozlashtirish va rejalashtirishning zamonaviy uslublarini bilish;
ish va tafakkurning novatorlik uslubi;
ko’plab “mumkin”dan “kerak”ni tanlay bilish;
biznes yo’lida tashabbus ko’rsatish, firma uchun foydali bo’lgan yangi g’oyalarni qidirib topish;
harakatlarning tanlangan variantini ishlab chiqish va iqtisodiy asoslash sohasida omilkorlik.
Budan tashqari, iqtisod xodimining asosiy xususiyati xabarlar oqimidan muayyan tendenstiyalar va qonuniyatlarni ko’ra bilish, murakkab tanglik vaziyatidan chiqib ketishning to’g’ri yo’lini asoslay olishdan iborat.
Shunday qilib, rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi, axborot tizimi va ijrochilar rejalashtirishni tashkil etishning muhim unsurlari hisoblanadi. Rejalashtirish sifati ko’p jihatdan firma xodimlarining tayyorgarlik darajasi bilan belgilanadi. Rejalashtirishda rejani amalga oshirish bilan shug’ullanuvchi xodimlarning roli ortib boradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisod xodimiga nisbatan axborot oqimidan muayyan tendenstiyalar va qonuniyatlarni ko’rish, murakkab vaziyatdan chiqib ketishning to’g’ri yo’lini asoslash zarurati bilan bog’liq yangi talablar qo’yiladi.

    1. Iqtisodiyot ko’rsatkichlarini indikativ rejalashtirishda axborot texnologiyalarining ustunliklari

Hozirgi zamonda kompyuter ko’plab kasblar xodimlari mehnat vositalarining ajralmas qismiga aylandi. U prognozlashtirish va rejalashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi iqtisod xodimlari tomonidan ham faol qo’llaniladi. Informatikaning axborotni olish va qayta ishlash usullari va vositalari bo’yicha amaliy darajasini aks ettiruvchi, bilimlarning muayyan sohalarida nazariyani amaliyotda qo’llash sohasini qamrab oluvchi axborot texnologiyalari iqtisodiy oldindan ko’ra bilishning ko’plab masalalarini oqilona hal etish imkonini beradi. Axborot texnologiyalari bu boshqaruv obyektining optimal bozor parametrlariga erishish uchun boshlang’ich ma’lumotlarni apparat va dasturiy vositalar yordamida qaror qabul qilish mexanizmining
ishonchli va tezkor axborotiga aylantirish usullari majmuidir. Ular kompyuterlar, lokal va global tarmoqlar, multimediya texnologiyalari va hokazolarni o’z ichiga oladi.
Iqtisodiy hisob-kitoblarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari nimalardan iborat? Axborot texnologiyalari jahon evolyustiyasining o’ziga xos katalizatori sifatida ishtirok etadi. Fan- texnika taraqqiyotining rivojlanish va uning natijalaridan xo’jalik amaliyotida foydalanish jarayonini aks ettirgan holda axborot texnologiyalari jamiyatda iqtisodiy o’sishning muhim vositasiga aylanib bormoqda. Axborot texnologiyalarini iqtisodiy asoslashlarda qo’llash hisob-kitoblarni tezlashtirish va ularning aniqligini oshirishning garovi bo’lmoqda.
Davlat, mintaqa yoki firma darajasini prognozlashtirish va rejalashtirish masalalari ko’plab o’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq omillarni aks ettiruvchi murakkab jarayonni o’zida namoyon etadi. Axborot texnologiyalari bilimlarning sifat jihatdan yangi darajasini aks ettirib, buxgalteriya ma’lumotlari hisobini yuritishning zamonaviy vositalarini, ularni qayta ishlash va tahlil qilish usullarini namoyon etgan holda samarali boshqaruv imkoniyati yanada kengaytiradi, ya’ni ular tadbirkorlikning muayyan sharoitida harakatlarning maqsadga muvofiqligi va asosliligi to’g’risida qaror qabul qilishga yordam beradi.
O’z faoliyatining kelgusi natijalarini rejalashtirish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorning barcha qarorlari xo’jalik yuritishning samaradorligiga erishishga intilish bilan shartlangan. Ushbu samaradorlik, odatda, daromadlar va xarajatlar nisbatida o’z ifodasini topadi, bunda daromadlar xarajatlardan ustunlik qiladi. Daromadlar va xarajatlarning ijobiy saldosi firmaning har bir bitimida (operastiyada) tegishli mezonning ishtirok etishini belgilab beradi. Har bir operastiyadan (yoki ularning aksariyatidan) foyda olish butun tashkilot xo’jalik yuritishi samaradorligining asosini yaratadi. Mamlakatdagi ko’plab firmalar ishlashining samaradorligi esa yakuniy iste’molchining manfaatlarini hisobga olgan holda davlatning butun iqtisodiyoti samradorligi uchun zamin yaratadi. Lekin, butun ushbu zanjirning asosida iqtisodiy shaxs xo’jalik yuritishining samaradorligi yotadi. Firmadagi har bir operastiya (bitim) va ularning butun yig’indisi o’zining umumiy samaradorligining bir qismi ko’rinishida axborot texnologiyalarini qo’llash samaradorligini o’z ichiga oladi.
Axborot texnologiyalaridan foydalanishnig muayyan samaradorligi ularni qo’llashdan olinadigan umumiy daromadlarni kompyuter
tizimlarini xarid qilish, o’rnatish va ulardan foydalanish bo’yicha tegishli uzoq muddatli investistiyalar bilan taqqoslash orqali belgilanishi mumkin. Axborot texnologiyalarini qo’llashning yillik samaradorligini ham aniqlash mumkin. Buning uchun kompyuter tizimining amalda yuzaga kelgan iqtisodiy samaradorligini 0,32 ga teng bo’lgan normativ koeffistient bilan taqqoslash tavsiya etiladi. To’g’ri foydalanilganda axborot texnologiyalarini qo’llash odatda sarmoyaning yuqori rentabelligiga olib keladi (ba’zan 81%ga etadi). Axborot texnologiyalaridan foydalanish odatda xodimlar sonini kamaytiradi, mehnatga haq to’lash xarajatlari va tegishlicha vaqt birligiga tushum hajmining oshishiga ko’maklashgan holda barcha xarajatlarning tejalishiga olib keladi.
Kompyuter tizimining samaradorligini baholash bir necha tarkibiy qismlarga, xususan markaziy prostessorga bog’liq. Uning samaradorligiga tezkor xotira hajmi, jihozni modernizastiyalashni hisobga olgan holda mulk qiymati, dasturiy ta’minotni tarqatishning avtomatlashtirilganligi va boshqalar ta’sir ko’rsatadi.
Axborot tizimiga nisbatan qo’yiladigan umumiy talablar investistiyalarning barqarorligi va ishonchliligini, himoyalanganligi va saqlanishini o’z ichiga oladi.
Kompyuter tizimlarini xarid qilish, o’rnatish va ulardan foydalanish xarajatlari quyidagilar qiymati bilan aniqlanadi:

  1. Apparat-dasturiy vositalar (uzoq muddatli investistiyalar, yangi tizimlarni listenziyalash, modernizastiyalash va navbatdagi yangilashlar);

  2. Ma’muriylashtirish (tarmoq va tizimni ma’muriylashtirish, jamg’aruvchilar ma’muriylashtirish, mehnat, subpudrat haqi);

  3. Qo’llab-quvvatlash (texnik qo’llab-quvvatlash, o’qitish, moddiy- texnika ta’minoti xizmatlari, xizmat safari xarajatlari, xizmat ko’rsatish va qo’llab-quvvatlash shartnomasi, qo’shimcha xarajatlar);

  4. Ishlanmalar (ilovalarni yaratish, testlash va hujjatlarn tayyorlash);

  5. Kommunikastiya vositalari (liniyani ajratish va serverlardan foydalanish).

Egalik qilish umumiy qiymatini pasaytirish boshqaruvning turli vazifalari, shu jumladan prognozlashtirish va rejalashtirish uchun qo’llanilishi mumkin bo’lgan axborot tizimini tanlashga bog’liq. Biroq ushbu vazifalar, odatda, buxgalteriya hisobi dasturlari mavjud bo’lgan taqdirda hal etiladi.
Shunday qilib, iqtisodiy hisob-kitoblarda axborot texnologiyalarini qo’llash oqilona yondashuv chog’ida firmaga jalb etiladigan axborot
oqimlari maydonini keraytirish, axborot oqimlarini tezlashtirish, zararlarni kamaytirish va o’z faoliyatini xavfsizlantirish imkonini beradi.
Xulosalar
Firma miqyosida rejalashtirish xo’jalik yuritish obyektini boshqarish tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Rejalashtirishni tashkil etish unsuri rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi bir necha bosqichlarda amalga oshiriladi, faoliyat maqsadini asoslash, axborotni yig’ish, iqtisodiy tahlilni o’tkazish, prognozlarni tuzish, rejalarni tuzish, rejalarni tasdiqlash va ijrochilarga etkazish, ijrochilar tomonidan rejaning bajarilishi, reja monitoringilardan tashkil topgan.
Qaror qabul qilish jarayoni cheklangan imkoniyatlar va belgilangan maqsadlarni hisobga olgan holda barcha mavjud muqobil variantlar ichidan birini tanlash zarurligiga asoslanadi. Prognozlashtirish, dasturlash, taqvimiy rejalashtirish bularning barchasi menejerlar tomonidan o’z ishida foydalaniladigan vositalardir. Rejani ishlab chiqish tartibi va izchilligi, axborot tizimi va ijrochilar rejalashtirishni tashkil etishning muhim unsurlari hisoblanadi. Mamlakatdagi ko’plab firmalar ishlashining samaradorligi esa iqtisodiy hisob-kitoblarda axborot texnologiyalarini qo’llash oqilona yondashuv chog’ida firmaga jalb etiladigan axborot oqimlari maydonini keraytirish, axborot oqimlarini tezlashtirish, zararlarni kamaytirish va o’z faoliyatini xavfsizlantirish imkonini beradi.
Tayanch tushunchalar
Rejalashtirishni davlat (mamlakat, mintaqa, tarmoq) darajasida va firma miqyosida tashkil etish turlari mavjud, reja monitoringi, tuzilmaviy bo’g’inlar, rejalarni bajarish jarayoni, parametrlarga, mezonlarga, rivojlanish strategiyasi, iqtisodchi-menejerlar, axborot texnologiyalari, kommunikastiya vositalari.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə