O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


-rasm. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə35/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

3-rasm. Mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini
ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari

Mintaqaviy kompleks dasturlarni ishlab chiqish va baholash maqsadida kombinastiyalangan yondashuvdan foydalanish mumkin (4- rasm).

  1. Mutlaq inertsion ssenariy.

  2. Inersion jadal ssenariy.

  3. Innovatsion ssenariy.

1Atrof- muhitni muhofaza etish va tabiiy- resurs majmuini rivojlantirish

  1. ASM va sanoatni rivojlantirish

  2. Mintaqaning investitsion jozibadorligini oshirish

  3. Sayyohlik- rekreatsion majmuani istiqbolli rivojlantirish

  4. Respublika aholisi turmushi sifati va darajasini oshirish

  1. Ijtimoiy blok indikatorlari:

  1. salomatlik;

б)ta’lim;

  1. farovonlik;

  2. xavfsizlik;

  3. uy-joy;

  4. kommunikatsiya;

  5. madaniyat;

  6. demografiya;

  1. Iqtisodiy blok indikatorlari:

  1. ishlab chiqarishning institutsional tarkibi;;

  2. sanoat;

  3. qishloq xo’jaligi;

  4. transport;

д)qurilish;

  1. narxlar;

  2. savdo;

  3. umumiy ovqatlanish;

  4. aholiga xizmatlar ko’rsatish va hk;

  5. makroiqtisodiy ko’rsatkichlar.

  1. Yakka indikatorlarni hisoblab chiqish.

  2. Umumlashtirilgan indikatorlarni hisoblab chiqish.

  3. Integral indikatorlarni hisoblab chiqish.

  4. Reja va faktni taqqoslash.

4-rasm. Mintaqaviy kompleks dasturlarni ishlab chiqish va baholashga nisbatan kombinastiyalangan yondashuv

    1. Mintaqaviy rejalashtirish amaliyotidagi asosiy muammolar. O’zbekistonda mintaqaviy rejalashtirish amaliyoti

Mintaqaviy siyosat ko’plab murakkabliklarga ega bo’lib, ular ham iqtisodiy, ham siyosiy omillar bilan belgilangan. Mintaqalar katta huquqlar va harakatlar erkinligiga ega bo’lishi bilan davlat va mintaqalar o’rtasida ham, hududlar manfaatlari o’rtasida ham ziddiyatlar kelib chiqishi muqarrar. Shuning uchun oqilona davlat siyosati zarur.
Hukumatning mintaqaviy rivojlanishga ta’sir ko’rsatuvchi tadbirlari asosiy qismi umumiy makroiqtisodiy, tashqi iqtisodiy, ijtimoiy siyosat, institustional o’zgarishlar doirasida amalga oshiriladi. Ularni ishlab chiqish va amalga oshirishda integrastiya samarasi va hududlarni yalpi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlariga mos kelishi hisobga olinadi. Davlatning ulushli ishtirokidagi investistiya loyihalarining tanlovini o’tkazishda ularning muayyan mintaqalardagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga ta’sirini hisobga olish zarur.
Davlatning mintaqaviy iqtisodiy siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun huquqiy va tashkiliy-iqtisodiy normalar tizimini barpo etish, mintaqaviy rivojlanishni davlat yo’li bilan tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish lozim.
Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishda barcha mamlakatlar o’ziga xos muammolarga duch kelishadi. Birinchidan, mintaqaviy imkoniyatlarni tenglashtirish siyosati hech qachon iqtisodiy va ijtimoiy sharoitlarning to’liq mos kelishiga olib kelmaydi. Davlat mutlaq emas, balki nisbiy tenglikni ta’minlashga urinadi. Ikkinchidan, mintaqaviy siyosat tarkibiy siyosat bilan murakkab o’zaro bog’liqlikka ega. Ular bir- birini to’ldirishi ham, bir-biriga zid bo’lishi ham mumkin. Agar ko’p tarmoqli ishlab chiqarishga ega bo’lgan har tomonlama rivojlangan mintaqalarni oladigan bo’lsak, iqtisodiyot tarkibini yaxshilash uning rivojlanishiga yordam beradi. Lekin ayrim hududlar tarixan yuzaga kelgan kam ishlab chiqarish sohasiga ega. Fan-texnika taraqqiyoti va sanoatning ikkita shartli guruhga (ilg’or va qaloq tarmoqlarga) ajralishi sharoitida hukumatning ilg’or tarmoqlarni qo’llab-quvvatlash chora- tadbirlari shunga olib keladiki, ko’plab yangi tarmoqlarga ega bo’lgan mintaqalarda rivojlanish uchun umumiy turtki kuchayadi. Asosan qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan eski tarmoqlarga ega bo’lgan mintaqalarda esa umumiy pasayish, bandlikning qisqarishi, ijtimoiy muammolarning keskinlashuvi kuzatiladi.
Shuning uchun mintaqaviy siyosat oqilona va ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak.
Tayanch tushunchalar
Mehnat resurslari, hududiy notenglik, noishlab chiqarish omillari, mintaqalarning notengligi, mintaqaviy siyosat, integrastiya, subsidiyalar, dasturlashtirish, strategik ahamiyat, kompleks dasturni salohiyati, dastur pasporti, mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi indikatorlari, integrastiya, institustional o’zgarishlar.
Xulosalar
Yillar o’tishi bilan ayrim noishlab chiqarish omillarining iqtisodiy rivojlanishdagi roli o’zgarishi munosabati bilan hududlar rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar doimiy bo’lib qolmaydi. Hududiy notenglik mamlakat iqtisodiyotining rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. U, bir tomondan, ishlab chiqarish resurslarining mamlakat hududi bo’ylab joylashuvidagi notenglik bilan, ikkinchi tomondan, alohida omillarning iqtisodiy rivojlanishdagi rolining dinamikasi bilan bog’liq. Shuning uchun davlatning mintaqaviy siyosati milliy xo’jalikning muayyan hududiy- ishlab chiqarish muvazanatiga erishish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Davlat o’z navbatida ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va kengaytirishga, zarur holatlarda ularni qayta yo’naltirish va takomillashtirishga yordam beradi. Mintaqalar muayyan iqtisodiy yaxlitlikka ega bo’lishi va ma’lum darajada o’zini o’zi ta’minlashi zarur. Hozirgi vaqtga kelib mintaqaviy dasturlashtirish jahon amaliyotida nazariy tadqiqotlar borasida katta tajriba to’plangan bo’lib uni milliy iqtisodiyotda joriy etishning ayni vaqti.
Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Davlatning mintaqaviy siyosatni amalga oshirishdan maqsad nima?

  2. Mintaqaviy siyosatga doir qanday xorijiy tajribalar e’tiborga loyiq.

  3. Mintaqaviy rejalashtirishni ishlab chiqarishning asosiy yo’nalishlari qanday.

  4. Mintaqaviy rivojlanish muammolarini qanday yo’l bilan hal etish mumkin.

  5. O’zbekistonda mintaqaviy rejalashtirish amaliyoti qanday tashkil etilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-T.: O’zbekiston, 1995.

  2. O’zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi Qonuni. 1993 yil 2 sentyabr, 915-XII-son.

  3. Berkinov B.B., Ashurova D.S., Abdullaeva M.K., Zohidov G’.E. Mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlash.-T.:

TDIU,2010.- 216b.

  1. Kadirov A.M. Metodologicheskie podxodi k analizu strategii sostialno-ekonomicheskogo razvitiya. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (3 str).

  2. Muhitdinov X.S. Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy rivojlanishni modellashtirish.-T.: Fan, 2009.-237b.

  3. Nurimbetov R.I. Mintaqa iqtisodiyotini boshqarish mexanizmi va uning samaradorligi.- T.: Fan, 2008.-221b.

  4. Sadikov A.M. Osnova Regionalnogo razvitiya: teoriya,

metodologiya, praktika.—T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2005.-280b.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə