O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə38/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

3-jadval
Yig’ma moliyaviy balans tarkibi (umumdavlat darajasida)

Daromadlar

Xarajatlar

  1. Foyda

  2. Qo’shilgan qiymat solig’i va akstizlar

  3. Jismoniy shaxslardan daromad soliqlari

  4. Mol-mulk solig’i

  5. Ijtimoiy sug’urta fondi, Pensiya fondi, Bandlik fondini hosil qilish uchun mablag’lar

  6. Boshqa byudjetdan tashqari

maqsadli fonlar mablag’lari

  1. Ma’danli-xomashyo bazasini

takror ishlab chiqarish uchun
ajratmalar

  1. Amortizastiya ajratmalari

  2. Davlat mulki yoki faoliyatidan keladigan daromadlar, shu jumladan davlat mulkini sotishdan olinadigan daromadlar

  3. Tashqi savdo, tashqi iqtisodiy operastiyalar uchun soliqlar va tashqi iqtisodiy faoliyatdan

olinadigan daromadlar

  1. Boshqa daromadlar

Jami daromadlar

  1. Davlat investistiyalari uchun xarajatlar, shu jumladan kreditorlik qarzini qaytarish (harbiy qurilishdan tashqari)

  2. Ma’danli-xomashyo bazasini

takror ishlab chiqarish xarajatlari

  1. Davlat dotastiyalari

  2. Soliqlar to’langanidan keyin korxonalar ixtiyorida qoladigan

foyda hisobidan, shuningdek
amortizastiya hisobidan amalga
oshiriladigan xarajatlar

  1. Byudjet hisobidan, shuningdek byudjetdan tashqari maqsadli

fondlar hisobidan moliyalanadigan ijtimoiy-madaniy tadbirlar
xarajatlari (kapital qo’yilmalarsiz)

  1. Byudjet hisobidan amalga

oshiriladigan fan uchun xarajatlar

  1. Boshqa byudjet maqsadli fonlari hisobidan amalga oshiriladigan

xarajatlar

  1. Mudofaa xarajatlari

  2. Huquqni muhofaza qilish

organlari, sudlar va prokuraturani saqlab turish xarajatlari (kapital qo’yilmalarsiz)

  1. Davlat hokimiyati orgalarini saqlab turish xarajatlari (kapital qo’yilmalarsiz)

  2. Tashqi iqtisodiy faoliyat

xarajatlari

  1. Zahira fondlarini hosil qilish xarajatlari

  2. Boshqa xarajatlar

Jami xarajatlar

Yig’ma moliyaviy rejalashtirish bilan byudjetni prognoz qilish uzviy bog’langan.
Muvaffaqiyatli xo’jalik yuritishning muhim sharti uni boshqarish usullarini doimiy ravishda takomillashtirishdan iborat. Boshqarish demak, oldindan ko’ra bilish. Shu munosabat bilan istiqbolni rejalashtirish, ya’ni ilmiy prognoz qilishning roli ortadi. Natural ko’rsatkichlar parametrlarini prognoz qilish bilan bir vaqtning o’zida moliyaviy resurslar ham prognoz qilinishi kerak, chunki ushbu resurslar hajmini oshirish istiqbollarini hisobga olmasdan turib xo’jalik rivojini sifatli prognoz qilib bo’lmaydi.
Odatda, ancha uzoq davr uchun amalga oshiriladigan yig’ma moliyaviy rejalashtirishdan farqli o’laroq byudjetni prognoz qilish manzilli hisoblanib, u byudjet davriga, ya’ni ko’pi bilan bir yilga mo’ljallangan. Lekin yig’ma moliyaviy balans ko’rsatkichlarining katta qismi qator byudjet ko’rsatkichlarini o’z ichiga olganligi bois, istiqbolga mo’ljallangan yig’ma moliyaviy balansni tuzishda asosiy byudjet ko’rsatkichlarining prognoz hisob-kitoblarini amalga oshirish lozim.
Byudjet rivojini prognoz qilish deganda uning daromad va xarajat qismlarini rivojlantirish yo’llarini ehtimoliy baholash majmui nazarda tutiladi.
Byudjetni prognoz qilish bu yuzaga kelgan tendenstiyalar, muayyan ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar va istiqbolni baholash asosida byudjetni rivojlantirishning optimal yo’llarini ishlab chiqish va asoslashdan va shu asosda uni mustahkamlash yuzasidan takliflar berish demakdir. Bunday prognoz qilish natijalarini o’z vaqtida hisobga olish davlat va mintaqaning moliyaviy siyosatida eng samarali choralarni qo’llashning muhim sharti hisoblanadi.
Prognoz qilinayotgan byudjet ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish yillik byudjet ko’rsatkichlarini hisoblab chiqishga qaraganda boshqacha metodologik yondashuvlarga asoslangan. Agar yillik va choraklik byudjetlar ko’rsatkichlari iqtisodiy va moliyaviy parametrlarni to’g’ridan- to’g’ri hisoblab chiqish asosida aniqlansa, u holda prognoz byudjet ko’rsatkichlarini aniqlashda, odatda, zarur statistika va hisobot ma’lumotlarining yo’qligi tufayli bunday imkoniyat mavjud emas.
Byudjet rivojining prognozini ishlab chiqishda turli usullardan foydalanish mumkin.


  1. Yüklə 0,98 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə