O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


DEMOGRAFIK JARAYONLARNI PROGNOZ QILISH



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə41/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

DEMOGRAFIK JARAYONLARNI PROGNOZ QILISH

    1. Demografik prognoz qilishning mohiyati.

    2. Demografik prognozlar tasnifi.

    3. Aholi o’sishini prognoz qilish usullari.

    4. Aholi turmush darajasi va bandligini indikativ rejalashtirish.

      1. Rejalashtirishda insoniyat rivojlanishining

indikatorlari.

      1. Aholi bandligining indikatorlari.

    1. Demografik prognoz qilishning mohiyati

Demografik prognoz qilish bu aholi harakatining asosiy parametrlari va demografik vaziyat: aholi soni, yosh-jins va oilaviy tarkibi, tug’ilishi, o’limi, migrastiyasini ilmiy asoslangan oldindan ko’ra bilish demakdir. Demografik prognoz qilish zarurati umuman ijtimoiy- iqtisodiy jarayonlarni prognoz qilish va rejalashtirish vazifalari bilan bog’liq. Oldindan demografik prognoz qilmasdan turib tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol qilish, uy-joy qurilishi, ijtimoiy infratuzilma, sog’liqni saqlash va ta’lim, pensiya tizimini rivojlantirish, geosiyosiy muammolarni hal etish va hokazolarning istiqbolini tasavvur qilib bo’lmaydi. Aynan shuning uchun aholi soni va tarkibi, oilalar soni va tarkibi, alohida demografik jarayonlar dinamikasini prognoz qilish faoliyati xalqaro, davlat va nohukumat tashkilotlari, muassasalari va ilmiy muassasalar umumiy faoliyatining muhim qismini tashkil qiladi.
Texnik nuqtai nazardan olib qaralganda, demografik prognoz qilish odatda aholini istiqbolli hisoblab chiqish, ya’ni o’tmishda demografik xususiyatlarning (aholi soni, demografik tuzilmalar, tug’ilish, o’lim) o’zgarishi to’g’risidagi ma’lumotlar asosida, shuningdek ularning kelgusidagi dinamikasiga nisbatan qabul qilinadigan taxminlarni hisobga olgan holda aholi soni va yosh-jinsiy tarkibini hisoblab chiqish ko’rinishida ishtirok etadi. Bunday turdagi hisob-kitoblar odatda aholining eng ehtimoliy o’zgarishlari chegaralarini belgilagan holda bir necha variantlarda amalga oshiriladi.
Demografik prognoz qilishning ko’p variantliligi davr talabi hisoblanadi. Odatda prognoz uchta variantda amalga oshirilib, ularni , va variantlar deb atash qabul qilingan, bunda
variant voqealarning eng ehtimoliy kechishiga mos keladi, va variantlar esa demografik ko’rsatkichlar dinamikasining tashqi chegaralarini belgilaydi.
Aholining reproduktiv, o’zini asrash va migrastiya harakatlari o’zgarishining tendenstiyalari haqida to’g’ri, ilmiy asoslangan taxminlar, prognoz aniqligining muhim sharti hisoblanadi, ular haqidagi ma’lumotlarni maxsus tashkil etilgan ijtimoiy-demografik tadqiqotlar yordamida olish mumkin. Ushbu tendenstiyalar haqidagi farazlarni olg’a surish g’oyat qiziqarli ilmiy vazifaga aylanib bormoqda.
Demografik prognozlar istalgan ijtimoiy prognoz qilish va rejalashtirishning asosida yotadi. Aslida, biz kelajak uchun nimani rejalashtirmaylik, muayyan tovarlar yoki xizmatlar ishlab chiqarishni, jamiyatning ijtimoiy tarkibini, shu jumladan uning oilalar o’lchamlari va tarkibi bo’yicha tuzilishini rivojlantirishmi, har qanday ijtimoiy jarayonlar barcha holatlarda, albatta, biz birinchi galda ushbu ijtimoiy jarayonlar bo’lajak ishtirokchilarining jinsi va yoshi bo’yicha soni va tarkibini bilishimiz zarur, chunki, insonlarning ushbu
ular faoliyatining xususiyati va intensivligiga va o’z navbatida, ijtimoiy jaryonlarning xususiyati va intensivligiga kuchli ta’sir ko’rsatadi.

Demografik prognoz qilish maqsadlari iqtisodiy rejalashtirish ehtiyojlari (mehnat resurslarining soni va tarkibi dinamikasini oldindan ko’ra bilish zarurati); tovarlar yoki xizmatlarning u yoki bu turlari uchun, shu jumladan marketing vazifalarini hal etish uchun iste’mol talabining bo’lajak dinamikasini baholash zarurati; uy-joy qurilishini rejalashtirish ehtiyojlari; ijtimoiy soha (ta’lim, sog’liqni saqlash, pensiya tizimi va b.)ni rejalashtirish ehtiyojlari; geosiyosiy vazifalar va ko’plab boshqa masalalar bilan bog’liq. Demografik prognoz qilish maqsadlari aholining prognozlarini tasniflash uchun muhim asoslardan biri hisoblanadi.
Demografik prognozlarning ishonchliligi, ya’ni aholining prognoz xususiyatlari va demografik prognozlarning haqiqatda qanday bo’lishiga mos kelishi ushbu prognozlarning muhim xususiyati hisoblanadi. Demografik prognozning ishonchliligi boshlang’ich demografik axborotning aniqligi, qabul qilinayotgan farazlarning asosliligi va prognoz davrining uzoqligi bilan belgilanadi.

    1. Demografik prognozlar tasnifi

Prognoz gorizontining uzunligi va prognoz davrining uzoqligi demografik prognozlarni tasniflashning birinchi mezoni hisoblanadi.
Odatda qisqa muddatli (1-5 yil), o’rta muddatli (5-10 yil) va uzoq muddatli (25-30 yil) demografik prognozlar mavjud. Prognoz gorizonti qanchalik keng bo’lsa, prognozlar shunchalik aniq va ishonchli bo’ladi. Mamlakatimizda qisqa va o’rta muddatli demografik prognozlar muntazam ravishda ishlab chiqilib, sho’rolar davrida ular asosida besh yillik rejalar (qisqa muddatli prognozlar) va 15-20 yilga mo’ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo’nalishlari belgilanardi.
Ushbu prognozlar ko’p jihatdan kon’yunktura xususiyatiga ega edi va ko’pincha turli guruhlar manfaatlari o’rtasidagi o’ziga xos murosaning natijasi hisoblanardi. Masalan, sobiq Ittifoqning aksariyat respublikalari o’z aholisi prognoz sonining yuqori bo’lishidan manfaatdor edi, chunki ular markazdan oladigan ijtimoiy trnsfertlar hajmi ana shunga bog’liq edi. Bunda markaz demografik prognozlarni ishlab chiquvchi organ hisoblangan Davlat reja qo’mitasi timsolida ushbu sonni kamaytirishga intilardi, chunki aholining katta soni qator muhim makroiqtisodiy parametrlarning yomonlashuvini anglatardi.
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda demografik prognozlar O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo’mitasi va ayrim ilmiy tashkilotlar tomonidan muntazam ravishda ishlab chiqiladi va e’lon qilinadi.
Demografik prognozlarning maqsadi ularni tasniflashning ikkinchi muhim mezoni hisoblanadi. Prognoz qilish maqsadlariga ko’ra barcha demografik prognozlar tahliliy prognozlar, ogohlantiruvchi prognozlar, normativ prognozlar va Funksional prognozlarga bo’linadi.
Tahliliy prognozlarning maqsadi aholining kelgusi soni va tarkibiga, shuningdek umuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga ehtimoliy ta’sirini baholash yo’li bilan aholini ko’payishining zamonaviy tendenstiyalarini tadqiq etishdan iborat. Boshqacha aytganda, tahliliy prognoz shunchaki prognoz qilishni emas, balki saqlanib qolinishi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa jarayonlarning bo’lajak dinamikasiga ta’sir ko’rsatishi, mavjud muammolar va muammoli vaziyatlarni keskinlashtirish yoki yangilarining paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan real vaziyatdagi , ni aniqlash uchun uni o’rganishni amalga oshiradi.
Tahliliy prognoz odatda bo’lajak demografik vaziyat parametrlarini baholash ko’rinishida ifodalanadi, bu baholash aholi ko’payishi holatining o’zgarmasligi yoki uning qandaydir o’zgarishi haqidagi taxmin asosida amalga oshiriladi. Tahliliy prognoz, odatda, uzoq muddatli hisoblanadi. Bunda, uning o’zi haqiqatga kamroq yaqin va kam ehtimolli bo’lgani holda tahliliy prognoz aholi soni va tarkibidagi kelgusi o’zgarishlarni
go’yoki tasvirlaydi. Shu nuqtai nazardan tahliliy prognoz yuzaga kelishi ehtimolini aniqlash uchun demografik prognoz amalga oshiriladigan salbiy oqibatlar va muammoli vaziyatlar paydo bo’lishining oldini olishga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy va xususan, demografik siyosat maqsadlarini belgilashga xizmat qiladi.
Prognoz qilish-ogohlantirish tahliliy prognozning bir turi hisoblanadi. Prognoz qilish-ogohlantirishning maqsadi yuzaga kelgan demografik vaziyatning noqulay yoki xavfli oqibatlarini ko’rsatib berishdan iborat. T.R.Maltusning ayanchli nufus qonuni eng mashhur demografik prognoz qilish-ogohlantirishlardan biri hisoblanadi. O’zining aholi geometrik progressiyada (ya’ni, eksponenstial), hayot kechirish vositalari esa arifmetik progressiyada (ya’ni, chiziqli) o’sishi to’g’risidagi g’oyasini olg’a surgan holda, Maltus, uning fikriga ko’ra, aholining tez sur’atlar bilan o’sishi va shu sababli hosil bo’ladigan aholining ortiqcha ko’payib ketishi keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan ayanchli oqibatlar (qashshoqlik, epidemiya, tartibsizlik, urush va h.k.)ni tasvirladi. Maltusian an’analari ruhida ijro etilgan zamonaviy prognoz qilish- ogohlantirishlardan Rim kulubining prognozlari mashhur bo’lib, ular o’z mualliflarining fikriga ko’ra, aholi sonining o’sishi, shuningdek mineral va energetika resurslarini iste’mol qilish hajmining o’sishi tufayli kelib chiqadigan har xil fojialarga boydir.
Normativ prognozning asosiy maqsadi—demografik jarayonlarning ayrim ko’ngilli holatiga erishish uchun muayyan tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat. Normativ prognoz qilishda demografik vaziyat va demografik jarayonlarning ko’ngilli holatlari to’g’risida qator fiklar bildiriladi: aholining istalgan soni, tug’ilish, o’limning maqbul darajasi va h.k. Shundan keyin ushbu ko’ngilli yoki normativ, maqsadli parametrlarga erishish uchun ko’rilishi lozim bo’lgan choralar belgilanadi.
Funksional prognoz qilish maqsadi aholi to’g’risida iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va davlat hamda ijtimoiy boshqaruv faoliyatining boshqa sohalarida zarur bo’lgan prognoz axborotini olishdan iborat. Funksional prognoz qilish bu u yoki bu tashkilotlar, firmalar, korporastiyalar, davlat organlari, o’quv muassasalarining muayyan amaliy maqsadlari va vazifalariga xizmat qiluvchi prognoz. U, ijtimoiy tilda aytganda, ijtimoiy institutlar, tashkilotlar va boshqa ijtimoiy tuzilmalarning faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi aholi guruhlari, oilalar va uy xo’jaliklarining bo’lajak soni va tarkibini o’zida namoyon etadi.
Funksional demografik prognoz qilish bu ayrim o’ziga xos maqsadlar uchun bo’lajak talab va taklifni oldindan aytib beruvchi teglamalar shakliga keltirilgan aholi yosh-jins tarkibini prognoz qilish.
Funksional nuqtai nazardan, yuqorida sanab o’tilgan ijtimoiy tuzilmalar faoliyati bilan qandaydir bog’liq bo’lgan insonlarni tovarlar, xizmatlar, boyliklar ishlab chiqaruvchi, ular uchun mazkur ijtimoiy tuzilma mavjud bo’lgan va ushbu tovarlar, xizmatlar, boyliklarni iste’mol qiluvchi guruhlarga bo’lish mumkin. O’z navbatida, Funksional prognozlarning ikkita toifasi ajratiladi: , yoki , va ,
Dastlabki holatda gap aholining soni va tarkibi hamda uning alohida yosh-jins guruhlarining prognozlari haqida borayapti va ular go’yoki demografik tizim faoliyat ko’rsatishining natijasi hisoblanadi: u va o’z , shuningdek: bolalar, maktab yoshidagi bolalar, mehnatga layoqatli yoshdagi shaxslar, keksalar va qariyalar, oilalar va uy xo’jaliklari va h.k..
Ikkinchi holatda, - gap u yoki bu ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, korporastiyalar faoliyat ko’rsatishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan aholi, ijtimoiy faoliyat subyektlari, ijtimoiy rollar ijrochilarining soni va tarkibi haqida borayapti. Aynan aholi Funksional guruhlari soni va tarkibining bo’lajak, prognoz dinamikasi sanab o’tilgan ijtimoiy tuzilmalar faoliyatining yaqin va uzoq istiqbolga mo’ljallangan strategiyasi va taktikasi haqida qaror qabul qiluvchi shaxslar bevosita manfaatlarining predmeti hisoblanadi.
Quyidagilar Funksional prognozlarga misollar bo’la oladi:

  • tovarlar yoki xizmatlarning u yoki bu turlariga bo’lgan talabni prognoz qilish. Masalan, tug’ilishning prognoz tendenstiyalarini hisobga oluvchi bolalar tovarlariga bo’lgan iste’mol talabining bo’lajak dinamikasini baholash. Yoki aholining keksayishini hisobga oluvchi keksalar va qariyalar uchun kundalik ishlatiladigan tovarlarni prognoz qilish;

  • elektoral prognoz. Kelajak uchun saylovchilar soni va tarkibini aniqlash, u yoki bu partiya saylovlarida g’olib chiqish istiqbollarini baholash va h.k.;

  • ta’lim tizimining turli bosqichlarida o’quvchilarning soni va tarkibini prognoz qilish. Shu asosda, o’qituvchilar talab etilayotgan soni va ta’lim jarayonining moddiy bazasi baholanadi. Aholining ta’lim darajasini prognoz qilish;

  • bandlar sonini va tarkibini prognoz qilish. Ularning kasb-malaka va boshqa tarkibini baholash. Ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarishning ehtimoliy hajmini prognoz qilish;

  • aholining soni va jins-yosh tarkibi, kasallanish dinamikasi asosida sog’liqni saqlash ehtiyojlarini prognoz qilish. Tibbiyot xodimlarining (mutaxassisliklar va malaka darajasi bo’yicha) talab etiladigan sonini, shuningdek sog’liqni saqlashning zarur moddiy bazasini aniqlash;

  • pensionerlar va boshqa ijtimoiy xizmatlar mijozlari sonining dinamikasini prognoz qilish;

  • qurolli kuchlar safiga jalb etilishi mumkin bo’lgan shaxslarning soni va tarkibini aniqlash.

    1. Aholi o’sishini prognoz qilish usullari

Quyidagilar demografik prognoz qilishning asosiy usullari hisoblanadi: u yoki bu matematik Funksiyani qo’llashga asoslangan usullar (ekstrapolyastiya va tahliliy usullar), shuningdek komponent usuli.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə