O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə39/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Ekstrapolyastiya usuli, ya’ni avvalgi davrlar amaliyotidan kelib chiqib istiqbollarni tuzish. Biroq ushbu usul faqat byudjet xarajatlari va

daromadlarining ozmi ko’pmi barqaror xususiyatga ega bo’lgan ayrim moddalarini prognoz qilish uchun yaroqli.

  1. Ekspert baholash usuli, ya’ni fan va iqtisodiyotning alohida tarmoqlarida vakolatli mutaxassislar tomonidan berilgan va asoslangan baholar asosida qilingan prognoz ham kamchiliklardan holi emas, chunki u subyektiv yondashuv unsurlariga ega.

  2. Ushbu ikkita usulni bir vaqtning o’zida qo’llsh; bunda rivojlanishning obyektiv tendenstiyalaridan ham, ekspertlar fikrlaridan ham foydalaniladi.

Chiziqli regressiya liniyalari asosiy moliyaviy qonuniyatlar ekstrapolyastiyalash usullaridan biri bo’lib, prognoz qilinayotgan byudjet ko’rsatkichlarini bir necha o’zgaruvchan ko’rsatkichlarga tobe qiluvchi ko’p qadamli korrelyastion modellarni tuzishda ularning ishonchliligi ortadi. Shuning uchun byudjetni prognoz qilish ishini byudjetni shakllantirishga ta’sir ko’rsatuvchi omillar (o’zgaruvchan kattaliklar)ni ajratish va o’rganib chiqishdan boshlash lozim. Bunday omillar jumlasiga mamlakat ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishini va umumdavlat moliyaviy resurslarning mavjudligini, demografik o’zgarishlarni, xo’jalikning rivojini va hokazolarni kiritish lozim.
Istiqbolga mo’ljallangan davlat byudjetining asosiy ko’rsatkichlarini hisoblab chiqish uchun byudjet daromadlarining hajmi bilan ikkita o’zgaruvchan: ishlab chiqarilgan milliy daromad va yalpi sanoat va qishloq xo’jaligi mahsuloti o’rtasidagi korrelyastion aloqalardan, shuningdek ushbu ko’rsatkichlar bilan foyda solig’i o’rtasidagi aloqadan foydalanish mumkin. Korrelyastiya koeffistientlari o’rganib chiqilayotgan aloqalardagi jipslikni darajasini qo’rsatadi. Byudjet daromadlari birinchi galda milliy daromad hisobidan shakllanadi.
Istiqbolga mo’ljallangan byudjet resurslarining hajmini prognoz qilishda ko’plab omillar ta’sirini ma’lum darajadagi ehtimollik bilan o’rtacha barobarlashtirish, eng umumiy tendenstiyalarni aniqlash imkonini beruvchi chuqur iqtisodiy va cmamucmuk tahlil qilish lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan ikkita o’zgaruvchan kattalikka ega bo’lgan regressiya tenglamasi chiziqli ko’riniga ega:

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə