O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


-bob. MOLIYAVIY OQIMLAR INDIKATIV REJALSHTIRISH VA TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTI SIFATIDA



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə36/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

10-bob.
MOLIYAVIY OQIMLAR INDIKATIV REJALSHTIRISH VA
TARTIBGA SOLISHNING OBYEKTI SIFATIDA


    1. . Budjetlashtirish va budjetning asosiy tushunchalari.

    2. Davlatning makroiqtisodiy siyosati va ularni boshqarishda budjet resurslarining ahamiyati.

    3. Davlat budjeti rejasi va budjetni rejalashtirish shakllari.

    1. Byudjetlashtirish va byudjetning asosiy tushunchalari

Davlat tomonidan o’z zimmasiga yuklatilgan Funksiyalarning bajarilishi unda zarur moliyaviy resurslarning mavjudligi bilan bog’liq, bu birinchi navbatda davlatda hosil bo’ladigan pul mablag’lari bir qismining byudjetda jamlanishini talab qiladi. Ushbu mablag’larning byudjetga yo’naltirilishi va ulardan foydalanish jarayonida davlat, soliq to’lovchilar va byudjetdan mablag’ oluvchilar o’rtasida moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Ushbu munosabatlar hokimiyat organlari tomonidan ishlab chiqiladigan va amalga oshiriladigan moliya-byudjet siyosatiga muvofiq quriladi. Moliya-byudjet siyosati davlat va hududiy hoqimiyat organlarining soliq, pul-kredit, narx-navo va moliyaning boshqa sohalaridagi harakatlarini o’z ichiga oladi.
Moliya-byudjet siyosati (byudjetlar) bu hokimiyat organlari tomonidan amalga oshiriladigan o’z Funksiyalarini bajarish uchun moliyaviy munosabatlardan foydalanish va byudjet tizimini boshqarish bo’yicha harakatlar va tadbirlar yig’indisidir.
Moliya-byudjet siyosati moliya sohasidagi maqsadlar va vazifalarni belgilashni, pul mablag’larini byudjetga safarbar etish mexanizmini ishlab chiqishni, byudjet mablag’laridan foydalanish yo’nalishlarini belgilashni, moliya va byudjet tizimini boshqarishni, moliya-byudjet vositalari yordamida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tashkil etishni nazarda tutadi.
Ijroiya va vakillik hokimiyati organlarining byudjetni ishlab chiqish va byudjetlashni amalga oshirish va byudjet tizimini boshqarish bo’yicha harakatlarining yig’indisi byudjet jarayoni hisoblanadi.
Davlatning moliya-byudjet siyosati moliya va soliq organlari, pul- kreditni tartibga solish organi (Markaziy bank), nazorat-hisoblash
organlari (nazorat-hisoblash, ijroiya hokimiyatining boshqa organlari) faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Odatda byudjet davri, ya’ni byudjetni ijro etish jarayonini amalga oshirish vaqti 1 yanvardan 31 dekabrgacha qilib belgilangan bo’lib, u taqvim yiliga mos keladi. Byudjet jarayonining davom etishi byudjet davriga qaraganda ancha uzoq, chunki byudjet jarayoniga byudjetni rejalashtirish, keyingi byudjet nazorati va boshqa harakatlar ham kiradi.
Qonun hujjatlariga muvofiq byudjet vakolatlariga, ya’ni byudjet jarayoni ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga ega bo’lgan organlar byudjet jarayonini amalga oshiradi. Quyidagilar ana shunday vakolatlarga egadirlar:

  • ijroiya va vakillik hokimiyati organlari;

  • moliya va soliq organlari;

  • pul-kreditni tartibga solish organlari va davlat moliya nazorati organlari;

  • byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchilari va byudjet

mablag’larining taqsimlovchilari;

  • davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlari.

Vakillik hokimiyati organlari byudjetlar loyihalarini va ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Ijroiya hokimiyati organlari yig’ma moliyaviy rejalashtirishni amalga oshiradi, byudjetlar loyihalarini tuzadi, byudjetlar loyihalarini vakillik hokimiyati organlariga ko’rib chiqish uchun kiritadi, byudjetlarni ijro etadi, byudjet ijrosi tahlil va nazorat qiladi.
Markaziy bank hokimiyat bilan birgalikda davlatning pul-kredit siyosatining asosiy yo’nalishlarini ishlab chiqadi va qonun chiqaruvchi organlarga ko’rib chiqish uchun taqdim etadi va G’aznachilik pul hisobvaraqlariga, davlat byudjetdan tashqari maqsadli fondlari hisobvaraqlariga, hududiy byudjetlar hisobvaraqlariga xizmat ko’rsatadi.
Byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchisi bu byudjet mablag’larining birinchi bevosita oluvchisi hisoblanib, mablag’larni byudjet mablag’larini taqsimlovchilar va oluvchilar o’rtasida taqsimlash huquqiga ega bo’lgan ijroiya hokimiyati organi. U byudjet mablag’lari taqsimlovchilari va byudjetdan mablag’ oluvchilar bo’yicha byudjet xarajatlari ro’yxatini tayyorlaydi, ularga byudjet yo’nalishlari haqidagi xabarnomani etkazadi, ular uchun daromadlar va xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi, zarur hollarda mablag’larning ular uchun tasdiqlangan moddalar o’rtasida taqsimlanishini o’zgartiradi, byudjetdan mablag’
oluvchi tomonidan byudjet mablag’laridan oqilona, maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi.
Byudjetdan mablag’ oluvchi (byudjet muasasasi) bu ijroiya hokimiyati organi tomonidan notijorat xususiyatiga ega bo’lgan Funksiyalar (boshqaruv, mudofaa, ijtimoiy-madaniy tadbirlar va b.)ni amalga oshirish uchun tashkil etilgan va smeta tartibida moliyalanuvchi tashkilot.
Nazorat-hisoblash organlari tegishli byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradi, byudjet va byudjetdan tashqari fondlarning ijrosi haqidagi hisobotlar tashqi auditini o’tkazadi.
Yuqorida sanab o’tilgan barcha hokimiyat organlari va muassasalar byudjet jarayonining ishtirokchilari hisoblanishadi. Byudjet jarayoni quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  • yig’ma moliyaviy rejalashtirish va prognoz qilish;

  • byudjet loyihasini tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash;

  • byudjet yili mobaynida byudjetni ijro etish;

  • byudjet ijrosini tahlil va nazorat qilish.

    1. Davlatning makroiqtisodiy siyosati va ularni boshqarishda byudjet resurslarining ahamiyati

Hozirgi sharoitda davlat moliyasining ahamiyati g’oyat yuksak. Davlat moliyasi yordamida va uning hisobidan umumiy talab rag’batlantiriladi; tarkibiy va ilmiy-texnik siyosat amalga oshirilib, iqtisodiyot barqarorlashtiriladi. Davlat moliyasi vositasida turmushning ma’lum darajasiga erishishni ta’minlovchi ijtimoiy dasturlar va tadbirlar amalga oshiriladi. Moliyaviy siyosatning asosiy vazifasi umumiy talab bilan umumiy taklif o’rtasida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishdan iborat.
Byudjet quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • YaIMni qayta taqsimlash;

  • iqtisodiyotni davlat yo’li bilan tartibga solish va rag’batlantirish;

  • byudjet sohasini moliyaviy ta’minlash va davlatning ijtimoiy siyosatini amalga oshirish;

  • pul mablag’larining markazlashtirilgan fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanishni nazorat qilish.

Byudjetning taqsimlash Funksiyasi davlat va hududiy hokimiyat va boshqaruv darajalari bo’yicha pul mablag’larining markazlashtirilgan
fondlarini shakllantirish orqali namoyon bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda turli darajadagi byudjetlar orqali YaIMning 50 foizigachasi qayta taqsimlanadi. Byudjet yordamida davlat byudjet mablag’larini tarmoqlar, mintaqalarni qo’llab-quvvatlash yoki rivojlantirishga yo’naltirgan holda mamlakatning xo’jalik faoliyatini, iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladi. Shu tariqa iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish orqali davlat ishlab chiqarish sur’atlarini oshirshiga yoki pasaytirishga, sarmoyalar va xususiy jamg’armalar o’sishini jadallashtirishga yoki susaytirishga, talab va iste’mol tarkibini o’zgartirishni tartibga soladi.
YaIMni byudjet orqali qayta taqsimlash bir vaqtning o’zida va uzluksiz kechadigan ikkita o’zaro bog’liq bosqichga ega:

  • ) byudjet daromadini shakllantirish;

  • ) byudjet mablag’laridan foydalanish (byudjet xarajatlari).

Byudjet daromadlari - davlatning qonun hujjatlariga muvofiq davlat hokimiyati va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlarining ixtiyoriga beg’araz va qaytarishsiz tartibda kelib tushuvchi pul mablag’lari.
Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayonida ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan YaIMning bir qismi davlat foydasiga majburan olib qo’yiladi. Shu asosda davlatning soliq to’lovchilar bilan moliyaviy munosabatlari paydo bo’ladi.
Byudjet daromadlari ularni to’lovchilar, soliq solish obyektlari, olib qo’yish usullari, to’lash muddatlari bo’yicha katta farq qiladi. Lekin shu bilan birga ular yagonaligi bilan farq qiladi, chunki turli darajadagi byudjetlarning daromad qismini shakllantirishdan iborat yagona maqsadni ko’zlaydi. Ularga pul shakli va naqsizlanish xos xususiyatdir.
Byudjet daromadlari soliq va soliqdan tashqari xususiyatga ega. Yangidan shakllantirilgan qiymat va uni dastlabki taqsimlash natijasida olingan daromadlar (foyda, ish haqi, qo’shilgan qiymat, ssuda foizi, renta, dividendlar va h.k.), shuningdek jamg’armalar soliq daromadlarining asosiy manbasi hisoblanadi.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə