O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta


Nazorat va muhokama uchun savollar



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə32/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish indikatorlari tavsiflovchi ko’rsatkichlarni bilasiz?

  2. Davlatning siyosiy qarashlari ijtimoiy-iqtisodiy tizimning rivojlanishiga qanday ta’sir etadi?

  3. Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivoj konsepsiyasi qaysi

maqsadda ishlab chiqariladi.

  1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy

vazifasi nimada?

  1. Davlatning iqtisodiy konsepsiyasini ishlab chiqish qanday unsurlarga asoslanadi?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konstepsiyasi. Xalq so’zi. 13.11.2010, №220(5135).

  2. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risidagi

Qonun.

  1. O’zbekiston Respublikasining Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risidagi Qonuni. 1993 yil 2 sentyabr, 915-XII-son.

  2. Kadirov A.M. Metodologicheskie podxodi k analizu strategii sostialno-ekonomicheskogo razvitiya. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (3 str).

  3. Chepel S.V. Alternativnie ssenarii i strategii dolgosrochnogo razvitiya nastionalnoy ekonomiki. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana.-T.: IPMI,2010 (17 str).

9-bob.
MINTAQALARNING IJTIMOIY IQTISODIY
RIVOJLANISHIDA INDIKATIV REJALASHTIRISHNING

MAQSADI VA VAZIFALARI

    1. Mintaqaviy indikativ rejalashtirish mintaqa

boshqaruv tizimining asosiy unsuri.

    1. Mintaqaviy rejalarni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari.

    2. Mintaqani kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi.

    3. Mintaqaviy rejalashtirish amaliyotidagi asosiy

muammolar. O’zbekistonda mintaqaviy rejalashtirish amaliyoti.

    1. Mintaqaviy indikativ rejalashtirish mintaqa boshqaruv
      tizimining asosiy unsuri


Makroiqtisodiy muvazanat va barqarorlashuvni ta’minlash uchun davlat mintaqaviy siyosatini amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Uni amalga oshirish zarurati shu bilan bog’liqki, har qanday mamlakat ko’plab ko’rsatkichlar bo’yicha farq qiluvchi hududlar yig’indisini o’zida namoyon etadi. Quyidagilar shular jumlasiga kiradi:

  • tabiiy resurslar (xomashyo bazasi va foydali qazilmalar)ning mavjudligi;

  • aholi zichligi, mehnat resurslarining mavjudligi va sifati;

  • ishlab chiqarish tarkibi;

  • ijtimoiy sohaning holati;

  • yuqori darajada rivojlangan sanoat va madaniy markazlargacha bo’lgan masofa.

Ushbu farqlar ham obyektiv, ham subyektiv xususiyatga ega. Obyektiv xususiyatlar jumlasiga tabiiy resurslar, inson uchun hayotiy qulayliklarning hududiy notengligini kiritish mumkin. Tarixan har bir mamlakat millat tomonidan belgilangan hayotiy kenglikning o’zlashtirilishi yo’li bilan shakllangan. Aholining hudud bo’ylab taqsimlanishi ko’p jihatdan tabiiy ne’matlar (foydali qazilmalar zahiralari, unumdor erlar, suv arteriyalari)ning har xil tarzda joylashuvi bilan shartlangan. Bunda subyektiv omil ham muhim rol o’naydi insonning
sho’rlangan hududlarni o’zlashtirish faoliyati, davlatning e’tibori va ularga yordam ko’rsatishi.
Vaqt o’tishi bilan ayrim noishlab chiqarish omillarining iqtisodiy rivojlanishdagi roli o’zgarishi munosabati bilan hududlar rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar doimiy bo’lib qolmaydi. Shunday qilib, hududiy notenglik mamlakat iqtisodiyotining rivojiga katta ta’sir ko’rsatadi. U, bir tomondan, ishlab chiqarish resurslarining mamlakat hududi bo’ylab joylashuvidagi notenglik bilan, ikkinchi tomondan, alohida omillarning iqtisodiy rivojlanishdagi rolining dinamikasi bilan bog’liq. Shuning uchun har bir mamlakatda tabiiy resurslarga boy, lekin aholisi kam; ularning ikkalasi bilan ham etarli darajada ta’minlangan; allaqachon va yaqinda o’zlashtirilgan yoki o’zlashtirilayotgan; aholisining soni qaerdadir oshib, qaerdadir kamayib borayotgan; qaerdadir katta yoshdagi aholi guruhi ustunlik qiladigan, qaerdadir ularning ulushi kamayib borayotgan mintaqalar mavjud bo’lishi mumkin.
Alohida mintaqalarning notengligini kamaytirish uchun davlat iqtisodiy tartibga solishning alohida yo’nalishi hisoblangan mintaqaviy siyosatni qo’llaydi. Davlatning mintaqaviy siyosati milliy xo’jalikning muayyan hududiy-ishlab chiqarish muvazanatiga erishish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yig’indisini o’zida namoyon etadi.
Mintaqaviy siyosatni ishlab chiqishda bir qator konsteptual holatlarni nazarda tutish zarur. Ishlab chiqarish sektorining o’sishini rag’batlantirish yo’li bilan hududlarni qo’llab-quvvatlash lozim; ushbu sektor eng ko’p sonli yangi ish o’rinlarini yaratadi. Davlat o’z navbatida ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va kengaytirishga, zarur holatlarda ularni qayta yo’naltirish va takomillashtirishga yordam beradi.
Mintaqaviy siyosat qonunchilik-huquqiy negizlarga asoslanishi va jamiyatning ijtimoiy talablariga, shuningdek iqtisodiy xavfsizlik va barqarorlik talablariga javob berishi lozim. Mintaqalar muayyan iqtisodiy yaxlitlikka ega bo’lishi va ma’lum darajada o’zini o’zi ta’minlashi zarur.
Evropada integrastiya jarayonlarining rivojlanishi natijasida Evropa iqtisodiy hamjamiyati doirasida so’nggi yillarda mintaqaviy siyosatning roli og’ishmay oshib bormoqda. Bundan o’n yil ilgari u EI faoliyatining faqat strategik muhim sohalarda taraqqiyotga erishish uchun zarur bo’lgan qo’shimcha yo’nalishi hisoblanardi. 80-yillarning oxiriga kelib u jiddiy mustaqil ahamiyat kasb etdi. Endi Evropa ittifoqini tuzish to’g’risidagi Maastrixt shartnomasining kuchga kirishi munosabati bilan nafaqat EI mintaqaviy siyosatini amalga oshirish imkoniyati sezilarli
darajada kengaydi, balki integrastiya jarayoni doirasida ittifoq a’zosi hisoblangan mamlakatlar alohida mintaqalarining roli ortdi. EI doirasida mintaqaviy siyosat quyidagi tamoyillardan kelib chiqib amalga oshiriladi:

  • mablag’lar sochilishiga yo’l qo’yilmasligi ustidan qat’iy nazorat o’rnatgan holda tarkibiy fond resurslarini EIning eng kam rivojlangan hududlarida jamlash. Ushbu fonddan amalga oshiriladigan moliyaviy to’lovlarning 80% iqtisodiy rivojlanishda yaqqol ortda qolayotgan mintaqalarga berilishi kerak;

  • tarkibiy xususiyatga ega bo’lgan subsidiyalar o’zaro to’ldiruvchi xususiyatga ega, ya’ni EI institutlari faqat milliy dasturlarni amalga oshirish chog’ida resurslarni qo’shimcha manba sifatida berishilari mumkin va o’z tashabbusiga ko’ra o’z aralashuvi obyektlarini belgilashga haqli emaslar;

  • EI mintaqaviy siyosatini guruhga a’zo bo’lgan har bir mamlakatning makroiqtisodiy va ijtimoiy siyosatini uyg’unlashtirish. Mintaqaviy rivojlanish milliy dasturlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlagan holda EI organlari integrastion yo’nalishlar ushbu mamlakat iqtisodiy siyosatining vazifalariga zid kelmasligini, EI byudjetidan ajratiladigan mablag’lar esa milliy va mahalliy hokimiyat organlarining bahamjihat harakatlari tufayli ko’kka sovurilmasligini nazorat qilishlari lozim;

  • EI davlatlari tomonidan milliy mintaqaviy dasturlarning amalga oshirlishi chog’ida ular o’rtasidagi bevosita o’zaro hamkorlik. Gap, xususan, milliy dasturlarni amalga oshirish maqsadlari va usullarining aniqligini ta’minlash maqsadida tegishli hukumatlar o’rtasida axborot almashuvi haqida borayapti.

Mintaqaviy dasturlashtirish tizimini rivojlantirishning hozirgi bosqichida yig’ma dasturlarni ishlab chiqish va baholash metodikasi indikativ rejalashtirish vositalaridan foydalanishni talab qiladi. Bugungi kunga kelib mintaqaviy dasturlashtirish jahon amaliyotida nazariy tadqiqotlar borasida katta tajriba to’plangan.
Muammoning hududni rivojlantirish uchun strategik ahamiyatga egaligi, dasturiy tadbirlarning amalga oshirilishi zamirida maqsadni belgilash va mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning samarali tizimi mintaqaviy kompleks dasturlarning muvaffaqiyatini belgilab beruvchi muhim omillar hisoblanadi.

    1. Mintaqaviy rejalarni ishlab chiqishning asosiy yo’nalishlari

Maqsadli kompleks dasturni ishlab chiqish asnosida mintaqani
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlarini aniqlash jarayonining o’ta muhimligini ta’kidlash zarur. Dasturda belgilanadigan ustuvor yo’nalishlarning to’g’ri tanlanishi barcha sa’y-harakatlar va resurslarni iqtisodiy rivojlanish salohiyatini amalga oshirishga qaratish va bu bilan dasturiy tadbirlarning samaradorligini ta’minlash imkonini beradi.
Biroq amaliyotda dasturiy ishlab chiqish uchun muammolarni tanlash mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojidagi “kasal” uchastkalar ro’yxati bilan cheklanadi, holbuki, ilmiy asoslangan yondashuvni qo’llagan holda barcha muammolar ichidan ularning hal etilishi mintaqa uchun sifat jihatdan yangi istiqbollarni ochib beruvchi muammolarni tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bundan tashqari, aksariyat holatlarda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda maqsadlar, ustuvor yo’alishlar, indikatorlar va mintaqaviy rivojlanishning tartibga soluvchilari o’rtasida o’zaro bog’liqlik ta’minlaymaydi.
Mintaqaviy rejalashtirishning «maqsadlar daraxti» uchta darajadan tarkib topgan (2-rasm).


Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə