O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə40/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

u = a0 + a1 x
bu erda: u davlat byudjet resurslarining hajmi;
x – 1) xalq xo’jaligi tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulot,

  1. ishlab chiqarilgan milliy daromad;

a0, a1 boshlang’ich ma’lumotlar asosida chiziqli regressiyaning muayyan turini belgilab beruvchi koeffistientlar.
Ushbu modellarni ishlab chiqishda prognoz qilinayotgan davrda mustaqil o’zgaruvchanlar (milliy daromad va ishlab chiqarilgan mahsulot) ko’rsatkichlarini topish alohida muammo tug’diradi. Ularni aniqlash uchun yuqorida ko’rsatilgan umumiy iqtisodiy ko’rsatkichlarning prognoz hisob-kitoblaridan foydalaniladi. Iqtisodiy tahlil tadqiq etilayotgan ko’rsatkichlarning rivojlanish sur’atlarini o’rganish, ularning o’zaro nisbati, tadqiq etilayotgan hodisalarning yillar bo’yicha o’rtacha yillik sur’atlarini hisoblab chiqish, ularning rivojlanishini boshqa iqtisodiy kattaliklar (ishlab chiqarilgan asosiy fondlar, aholi soni va b.) bilan taqqoslash yordamida to’ldiriladi. Bunday tahlil shuning uchun zarurki, byudjet real iqtisodiy vaziyatlar bilan bog’liq va shuning uchun xalq xo’jaligining istalgan tarmog’idagi o’zgarishlarga tezda moslashadi, shuningdek u aholini ijtimoiy himoyalash sohasidagi siyosat, davlatning asosiy xarajatlarini moliyalash tartibidagi o’zgarishlar bilan bog’liq.
Byudjetni rejalashtirishning keyingi bosqichi byudjet loyihasini tuzish jarayoni. Byudjet loyihasini ishlab chiqishning asosiy vazifasi davlat hokimiyati organlari va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan Funksiyalarni ta’minlash maqsadida byudjetda markazlashtiriladigan pul mablag’larining hajmini hamda davlat va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozida ko’zda tutilgan tadbirlarni aniqlashdan iborat.
Byudjet loyihasini tuzish Hukumat va mahalliy hokimiyat ijroiya organlarining vakolatiga kiradi. Ularning topshirig’iga ko’ra byudjet loyihasi Moliya vazirligi va hududiy moliyaviy organlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Byudjet loyihasini tuzish uchun Moliya vazirligi va hududiy moliyaviy organlar ularga tegishli hukumat, statistika, soliq organlari va boshqa muassasalardan kelib tushadigan zarur axborot bazasi bilan ta’minlanishi kerak. Davlat va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozi byudjet loyihasini tuzish uchun asosiy axborot manbai bo’lib xizmat qiladi va u o’z navbatida hisobot davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ma’lumotlari, rejalashtirilayotgan yil uchun rivojlanish tendenstiyalari va boshqa ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi. Byudjet loyihasini ishlab chiqishda tegishli reja davri uchun qabul qilingan moliya-byudjet siyosatining asosiy holatlari ham hisobga olinadi.

  1. Byudjet loyihasini shakllantirishning dastlabki bosqichida ijroiya hokimiyat organlari tomonidan rejalashtirilayotgan yil uchun ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishning ssenariya sharoitlari ishlab chiqilib, ularda

asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi o’rta muddatli prognozining parametrlariga aniqliklar kiritish uchun materiallar aks ettiriladi.
Hukumat tomonidan ushbu ssenariya shartlari ma’qullangach, Moliya vazirligi rejalashtirilayotgan yil uchun davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy xarakteristikalarini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, rejalashtirilayotgan yil va o’rta muddatli istiqbol uchun ish haqi, pensiyalarning eng kam miqdori, byudjet sohasi xodimlarining ish haqi va pensiyalarni indeksastiyalash tirtibi haqidagi taklif ko’rib chiqiladi.
Barcha ushbu materiallar va hisob-kitoblar Hukumatga ko’rib chiqish uchun yuboriladi. So’ngra O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining asosiy xarakteristikalarini davlat ijroiya hokimiyati organlariga yuboradi.

  1. Byudjetni ishlab chiqishning ikkinchi bosqichida davlat ijroiya hokimiyati organlari tomonidan byudjet mablag’larining hajmini byudjet tasnifi ko’rsatkichlari bo’yicha taqsimlash, shuningdek moliyaviy resurslarni byudjet mablag’larining bosh taqsimlovchilari o’rtasida taqsimlash amalga oshiriladi. Bunda Iqtisodiyot vazirligi moliyalanadigan davlat maqsadli dasturlarini aniqlaydi va rejalashtirilayotgan yil va o’rta muddatli istiqbol ularni moliyalash hajmini kelishadi.

Byudjet loyihasini tuzish ishlarini amalga oshirish uchun Moliya vazirligida mintaqalar, vazirliklar va idoralardan kelib tushuvchi materiallar, hisob-kitoblar va asoslashlardan foydalaniladi. Ushbu materiallar dastlab tegishli vazirliklar uchun biriktirilgan mutaxassislar tomonidan tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida vazirliklar moliyaviy rejalari, hududlar byudjetlari ko’rsatkichlarining hisob-kitoblariga aniqliklar kiritiladi, qo’shimcha daromadlar va xarajatlarni tejash imkoniyatlari aniqlanadi. So’ngra tuzatishlar kiritilgan hisob-kitoblar Moliya vazirligi bo’linmalarining rahbarlari tomonidan ko’rib chiqilib, byudjet boshqarmasiga yuboriladi. Byudjet boshqarmasi taqdim etilgan hisob- kitoblarni ko’rib chiqib, zarur hollarda ularga tuzatishlar kiritadi va Moliya vazirligi rahbariyatiga hal etish uchun yuboradi.
Tayanch tushunchalar
Funksiyalar, moliyaviy munosabatlar, moliya-byudjet siyosati, Davlatning moliya- byudjet davri, g’aznachilik, tijorat, notijorat, munistipal tuzilmalar, tashqi audit, ilmiy-texnik siyosat, soliq daromadlari, byudjetlarning soliqdan tashqari daromadlairi, dotastiya,
subvenstiya, subsidiya va byudjet ssudalari, bevosita xarajatlar, byudjet xarajatlari, hududiy byudjet, yig’ma moliyaviy balans, Davlat dotastiyalari, pensiya fondi, tibbiy sug’urta fondi, bandlik fondi, amortizastiya ajratmalari. regressiya, korrelyastion aloqalar, korrelyastiya koeffistientlari.
Xulosalar
Moliya-byudjet siyosati moliya sohasidagi maqsadlar va vazifalarni belgilashni, pul mablag’larini byudjetga safarbar etish mexanizmini ishlab chiqishni, byudjet mablag’laridan foydalanish yo’nalishlarini belgilashni, moliya va byudjet tizimini boshqarishni, moliya-byudjet voitalari yordamida iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni tashkil etishni nazarda tutadi.
Davlatning moliya-byudjet siyosati moliya va soliq organlari, pul- kreditni tartibga solish organi, nazorat-hisoblash organlari faoliyati orqali amalga oshiriladi.
Moliyaviy siyosatning asosiy vazifasi umumiy talab bilan umumiy taklif o’rtasida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishdan iborat. Shu tariqa iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish orqali davlat ishlab chiqarish sur’atlarini oshirshiga yoki pasaytirishga, sarmoyalar va xususiy jamg’armalar o’sishini jadallashtirishga yoki susaytirishga, talab va iste’mol tarkibini o’zgartirishni tartibga soladi.
Nazorat va muhokama uchun savollar.

  1. Davlatning moliya-byudjet siyosati nimadan iborat?

  2. O’zbekistonda byudjet resurslarini qanday boshqariladi?

  3. Byudjetni indikativ rejalashtirishdan maqsad qanday?

  4. O’zbkistonda davlat byudjetini ko’rib chiqish va tasdiqlash tirtibi qanday ?

  5. Byudjet ko’rsatkichlari prognozini ishlab chiqish va uning loyihasini tayyorlash tartibi qanday?

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. Toshkent. “O’zbekiston”, 2009.

  2. Jumaev N.X., O.Q. Abduraxmonov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi: sabablari va uni bartaraf etish muammolari. T.: Akademnashr, 2010.—160b.

  3. Vaxabov A.V. Aktualnie problemi aktivizastii investistionnoy

deyatelnosti kommercheskix bankov. Doklad na Forume ekonomistov Uzbekistana. -T.: IPMI,2010 (4str).

  1. Ergasheva Sh., Uzoqov A. Investistiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish.-T.: Iqtisod-moliya, 2008.-208b.

  2. O’zbekiston iqtisodiyoti: erishilgan yutuqlar, muammolar va rivojlanish istiqbollari. Respublika ilmiy amaliy anjumani ma’ruzalar to’plami. T.: TDIU, 2008. –369b.

  3. Davlat byudjetining g’azna ijrosi. Normativ huquqiy hujjatlar to’plami. -T.: O’zR Moliya vazirligi, 2010.-271 b.

  4. O’zbekiston iqtisodiyoti. Axborot tahliliy sharh, 2007 y, 2008 y “O’zbekiston”, - Toshkent.; 2008, 2009.

11 bob.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə