O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə37/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Byudjetlarning soliqdan tashqari daromadlari davlatning iqtisodiy faoliyati yoki olingan daromadlarni byudjet tizimining darajalari bo’yicha qayta taqsimlash natijasida hosil bo’ladi.
Byudjet daromadlarining tarkibi harakatchan bo’lib, u ko’p jihatdan muayyan iqtisodiy sharoitlar bilan belgilanadi. Masalan, aholining turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromadlar, aholining turmush darajasi past bo’lgan
mamlakatlarda esa bilvosita soliqlar va yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar asosiy soliq daromadlari hisoblanadi.
Byudjet xarajatlari davlat va mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari vazifalari va Funksiyalarini moliyalashga yo’naltiriladigan pul mablag’lari.
Byudjet xarajatlari orqali byudjetdan mablag’ oluvchilar byudjet mablag’larining oluvchilari yoki taqsimlovchilari hisoblangan ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohasining tashkilotlari moliyalanadi. Shunday qilib, byudjet xarajatlari tranzit xususiyatga ega. Byudjetda faqat xarajatlar moddalari bo’yicha byudjet xarajatlari aniqlanadi, bevosita xarajatlarni esa byudjetdan mablag’ oluvchilar amalga oshiradi. Bundan tashqari, byudjet xarajatlari hisobidan dotastiya, subvenstiya, subsidiya va byudjet ssudalari orqali byudjet tizimining darajalari bo’yicha byudjet mablag’lari qayta taqsimlanadi. Byudjet xarajatlari asosan beg’araz xususiyatga ega bo’ladi. Qaytarishli asosda byudjet kreditlari va byudjet ssudalari berilishi mumkin. Byudjet xarajatlarining tarkibi har yili bevosita byudjet rejasida belgilanadi va huddi byudjet daromadlari singari, iqtisodiy vaziyatga va ijtimoiy yo’nalishlarga bog’liq.
Byudjetning nazorat Funksiyasi taqsimlash Funksiyasi bilan bir vaqtning o’zida amal qiladi va byudjet mablag’larining kelib tushishi va ulardan foydalanish imkoniyatini va majburiyligini nazarda tutadi.

    1. Davlat byudjeti rejasi va byudjetni rejalashtirish shakllari

Yalpi ichki mahsulot aylanishi moddiy-ashyoviy va qiymat shaklida amalga oshadi. Yalpi mahsuloting qiymat shaklida aylanish jarayonida moliyaviy resurslarni hosil qilish, taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol qilish yuzasidan moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Moliyaviy resurslarni hosil qilish, taqsimlash, qayta taqsimlash va iste’mol qilish jarayonlarini boshqarish moliyaviy rejalashtirish yordamiga amalga oshiriladi, pul mablag’lari esa uning obyekti hisoblanadi. Moliyaviy rejalashtirish orqali xalq xo’jaligining mutanosibligi, tarmoqlararo ulushlar ta’minlanib, mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish yo’llari aniqlanadi.
Umumdavlat va hududiy darajalarda moliyaviy rejalashtirish qiymat ifodasidagi moddiy va mehnat muvazanati bilan bog’lanuvchi moliyaviy rejalar tizimi bilan ta’minlanadi. Har bir moliya yili boshqaruvning muayyan bo’g’inida moliyani tashkil qilish va boshqarish vazifalarini hal qiladi.
Moliyaviy rejalar tizimiga quyidagilar kiradi:

  • istiqbolli moliyaviy rejalar;

  • boshqaruvning umumdavlat va hududiy darajalarida tuziladigan yig’ma moliyaviy balanslar.

Istiqbolli moliyaviy rejalashtirish hokimiyatning barcha darajalarida quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish hamda moliyaviy siyosatni muvofiqlashtirishni ta’minlash;

  • rejalashtirilayotgan tadbirlarning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslar hajmini prognoz qilish;

  • islohotlar, dasturlarning moliyaviy natijalarini prognoz qilish;

  • moliya sohasidagi turli tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash.

Istiqbolli moliyaviy reja davlatning iqtisodiy va ijtimoiy prognozining ko’rsatkichlari asosida ishlab chiqiladi. Unda byudjetning daromadlarni safarbar etish va xarajat moddalarini moliyalash imkoniyatlari haqidagi ma’lumotlar mavjud. Mazkur reja byudjetning yiriklashtirilgan ko’rsatkichlari bo’yicha 3-5 yilga mo’ljallab tuziladi. Rejaga har yili davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi prognozining ko’rsatkichlari bilan tuzatishlar kiritiladi.
Yig’ma moliyaviy balans bu davlatda yoki muayyan hududda yaratilgan va foydalanilgan moliyaviy resurslar balansi. Yig’ma moliyaviy balans barcha byudjetlar, byudjetdan tashqari maqsadli fonlar va tegishli hududda joylashgan korxonalarni qamrab oladi.
Yig’ma moliyaviy balansni tuzish manzilli moliyaviy rejani, ya’ni byudjetni ishlab chiqishning tayyorlash bosqichi hisoblanadi. Davlatning yig’ma moliyaviy balansi xalq xo’jaligida moddiy va moliyaviy ulushlarni bog’lash, moliya-kredit tizimi barcha bo’g’inlarining ko’rsatkichlarini muvofiqlashtirish; davlatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi prognozining muvazanatlashganligini tekshirish, ushbu prognoz bilan belgilangan tadbirlarni moliyalash manbalarini aniqlash; qo’shimcha moliyaviy resurslar zahiralarini aniqlash; prognoz moliyaviy hisob-kitoblarni amalga oshirish; moliyaviy siyosat yo’nalishlarini ishlab chiqish.
Davlatning yig’ma moliyaviy balansi odatda Moliya vazirligi ishtirokida Iqtisodiyot vazirligida makroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi. Umumdavlat darajasida tuziladigan yig’ma moliyaviy balans asosiy ko’rsatkichlarining sxemasi 3 - jadvalda keltirilgan.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə