O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə42/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Matematik Funksiyalarni qo’llashga asoslangan usullar. Ayniqsa ular uchun ishonchli demografik statistika mavjud bo’lmagan kichik hududlar (masalan, u yoki bu mamlakat mintaqalari) ushbu toifa usullarini qo’llash uchun asos hisoblanadi. Mamlakat darajasida aholini prognoz qilish uchun matematik usullar kamdan-kam hollarda qo’llaniladi, chunki ushbu usullarga xos bo’lgan aholi soni o’sishining tarkibiy qismlaridagi va yosh-jins tarkibidagi o’zgarishlarni hisobga olmaslik prognoz qilishda katta hatolarning paydo bo’lishiga olib keladi. Mintaqa darajasida bunday xatolar ehtimoli quyidagi qo’shimcha shart yordamida kamaytirilishi mumkin: mintaqalar aholisining umumiy soni mamlakat uchun prognoz natijalaridan farq qilmasligi lozim. Shunday qilib, mamlakat uchun prognoz mintaqa darajasida aholini prognoz qilish uchun nazorat parametri sifatida ishtirok etadi.
Matematik usullar ba’zan tarixiy dinamikani tahlil qilish va global darajada aholi sonini prognoz qilish uchun ham qo’llaniladi. Matematik usullar faqat aholining umumiy sonini prognoz qilish imkonini beradi. To’g’ri, erkaklar va ayollar sonini alohida tarzda prognoz qilish ham mumkin, lekin ular yig’indisi aholining umumiy sonidan farq qilishi ehtimoldan holi emas.
Ilgari aholi sonini prognoz qilishga nisbatan yondashuvlar o’z tabiatiga ko’ra yaqqol yoki yashrincha matematik usullarga asoslanar edi. Matematik usullarni qo’llash shuni nazarda tutadiki, aholi soni
to’g’risidagi mavjud empirik ma’lumotlar asosida uning bo’lajak parametrlarini oldindan aytib berish uchun foydalanilishi mumkin bo’lgan ayrim matematik ifodalar tanlab olinadi. Matematik usullardan foydalanish qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, ular faqat aholining umumiy sonini prognoz qilish imkonini beradi, lekin uning tarkibining o’zgarishini oldindan ko’ra bilish imkonini bermaydi, masalan, yoshi, jinsi, irsi bo’yicha taqsimlash. Ikkinchidan, agar ko’p faktik ma’lumotlar mavjud bo’lsa, tanlab olingan matematik ifoda, odatda, ularning har biri orqali o’tmaydi. Bu prognoz ko’rsatkichlarini oldindan aytib berishning ishonchliligini pasaytiradi. Uchinchidan, matematik yondashuv shuni nazarda tutadiki, ilgari aholi dinamikasini belgilab bergan ijtimoiy va iqtisodiy omillar kelajakda ham o’zgarishsiz ko’rinishda qoladi.
Prognoz qilish uchun turli matematik Funksiyalarni qo’llash mumkin. Biroq, ko’pincha chiziqli, eksponenstial va mantiqiy Funksiyalardan foydalaniladi. Bunda chiziqli va eksponenstial Funksiyalarni qo’llashga asoslangan prognoz qilish ba’zan shartli ravishda ekstrapolyastion usul deb, mantiqiy va boshqa Funksiyalarni qo’llashga asoslangan prognoz qilish esa tahliliy usul deb nomlanadi. Quyida ekstrapolyastion va tahliliy prognoz qilishning asosiy usullarini ko’rib chiqamiz.
Ekstrapolyastion usul. Ushbu usul chiziqli va eksponenstial Funksiyalardan, ya’ni davr mobaynida aholi sonining o’rtacha yillik absolyut o’zgarishlari to’g’risidagi yoki o’rtacha yillik o’sish sur’atlari to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanishga asoslangan. Agar ushbu ko’rsatkichlar ma’lum bo’lsa, u holda aholi sonining butun prognoz davri mobaynida o’zgarmasligini taxmin qilgan holda uni istalgancha yillar oldinga hisoblab chiqish mumkin. Prognoz qilishning eng soda usullaridan biri hisobot davri uchun hisoblab chiqilgan aholi sonining o’rtacha yillik absolyut o’sishlari kelgusida ham saqlanib qoladi degan taxminga asoslanadi.
Amalda aholini prognoz qilish uchun chiziqli Funksiyadan deyarli foydalanilmaydi, chunki o’rtacha yillik absolyut o’sishlarning o’zgarmasligi to’g’risidagi taxmin faqat juda qisqa vaqt (ko’pi bilan 5 yil) uchun nisbatan to’g’ri bo’lishi mumkin.
Ayniqsa tug’ilish va o’lish darajalarining o’zgarmasligi va migrastiya mavjud emas deb faraz qilinganda aholi soni o’rtacha yillik o’sish sur’atlarining o’zgarmasligi to’g’risidagi taxmin haqiqatga ancha yaqin hisoblanadi. Mazkur holatda gap prognoz qilishda eksponenstial Funksiyadan foydalanish haqida borayapti.

Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə