O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Yüklə 0,98 Mb.
səhifə31/75
tarix05.10.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#125690
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

Mavjud tizimga moslik. Davlat faoliyatining asosiy maqsadi mavjud tuzumni saqlash, mustahkamlash va takomillashtirish, xalqning turmush darajasini oshirish vazifalarini hal etish maqsadlariga mos kelish.

  • Ilmiy jihatdan asoslanganlik. Umuman iqtisodiyotda, uning alohida sektorida yoki xo’jalik obyektidagi holatni yaxshilovchi har qanday maqsadni belgilash va amalga oshirish oqlangan. Agar ushbu maqsadga erishish boshqa obyektlarga zarar etishiga olib kelsa, u holda mazkur zarar to’liq qoplanishi lozim.

  • Maqsadlar to’plamining o’zaro bog’liqligi. Davlat yo’li bilan tartibga solishning har qanday maqsadi faqat barcha qolgan maqsadlar bilan o’zaro bog’liqlikda, uning maqsadlarning ustuvor yo’nalishlari tizimidagi o’rniga muvofiq belgilanishi va amalga oshirilishi mumkin.

  • Maqsadlarning realligi. Oldinga qo’yilgan maqsadlar nafaqat mavjud huquqiy normalar doirasida, balki real chegaralar doirasida bo’lishi kerak.

  • Maqsadlarning hamjamiyat a’zolari uchun qulayligi. Oldinga qo’yilgan maqsadlar saylovchilarning keng ommasi, iqtisodiy manfaatlar bo’yicha uyushmalar uchun aniq, tushunarli va ko’ngilli bo’lishi zarur.

    Davlat yo’li bilan tartibga solish vositalarining qo’llanilish darajasini tahlil qilish.
    Bunga alohida tartibga soluvchi vositalarni qo’llash shartlarini, ularning maqsadlarga mos kelishini, alohida vositalarning birgalikda mavjud bo’lishi darajasini, ularni qo’llashning qo’shimcha ta’sirlarini, tartibga solish vositalarining samaradorligini va ularni qo’llash zaruratini asoslashning etarliligini aniqlash kiradi.
    Iqtisodiyotni davlat orqali dasturlash, xususiy mulkni milliylashtirish, davlat sektorining rivojlanishini qo’llab-quvvatlash kabi ma’muriy usullar va davlat yo’li bilan tartibga solish vositalarini qo’llash imkoniyatlari va chegaralari to’g’risidagi masala muhimligicha qolmoqda.
    Tayanch tushunchalar
    Inerstion rivojlanish, infratuzilma, konsepsiya, takror ishlab chiqarish, bozor tamoyillari, parametrlar, institustional, ekologik xavfsizlik, stikl, maqsadlarni ustuvor tartibga soluvchi vositalar, davlat sektori, milliylashtirish.
    Xulosalar
    Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini ishlab chiqishda mamlakat aholisining farovonligini oshirish, hayot kechirish va mehnat faoliyatini yuritish uchun qulay muhitni shakllantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Ayrim maqsadlar bir vaqtning o’zida turli xususiyatlarga ega bo’lishi mumkin, ushbu holatda ular ichidan hozirgi vaziyat nuqtai nazaridan eng asosiylarini ajratish lozim.
    Maqsadlar ularni bajarishning xalq xo’jaligiga ta’siri ko’lamlari va xarajatlarning miqdoriy parametrlari, institustional, moliyaviy va kadrlar bilan ta’minlash imkoniyatlari bo’yicha ham farq qiladi. Iqtisodiy stiklni tenglashtirish shartlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlar, milliy iqtisodiyot tarkibini takomillashtirish ikkinchi darajali maqsadlar hisoblanadi.
    Davlat yo’li bilan tartibga solish tartibga soluvchi vositalarni qo’llash shartlarini, ularning maqsadlarga mos kelishini, alohida vositalarning birgalikda mavjud bo’lishi darajasini, ularni qo’llashning qo’shimcha ta’sirlarini, tartibga solish vositalarining samaradorligini va ularni qo’llash zaruratini asoslashning etarliligini aniqlash kiradi.

    Yüklə 0,98 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   75




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə