Ozbekiston respublikasi oliy va



Yüklə 3,97 Mb.
səhifə10/89
tarix05.10.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#125714
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
sitologiya majmua

sitoplazma

2.1.-rasm.Bakteriya hujayrasining tuzilishi

Bakteriyalarning organik olamdagi ahamiyati o'ta muhim: ular tabiat sanitari, ya'ni organik moddani emiruvchi, o'simlik va hayvon organizmi uchun zarur bo'lgan moddalarni hosil qiluvchi va ayrim xillari esa, turli kasalliklar tarqatuvchidir. Odam organizmida muntazam ravishda kasallik keltirib chiqarmaydigan, ko'pgina bakteriyalar ham mavjud. Ular inson organizmi uchun keraklidir. Masalan, yo'g'on ichakda yashovchi ayrim bakteriyalar ishtirokida odam organizmi uchun o'ta zarur vitaminlar hosil bo'ladi.


Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma-xil tuzilgan. Ularda haqiqiu yadro va organoidlar mavjud. Bir hujayrali suv o'tlari, zamburug'lar, sodda hayvonlar, yuksak tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar, hayvonlar va odamlar eukariot organizmlarni tashkil etadi.
Jadval 1.
Prokariot va eukariot hujayralarning o'zaro farqlari

Hujayraning irsiy apparati

Prokariot hujayra

Eukariot hujayra

Yadro mavjud emas

Shakllangan yadro mavjud

Hujayraning irsiy tuzilmasi- genofor

Hujayra yadrosining irsiy tuzilmasi - xromosomalar

Genofor sitoplazmada joylashgan

Xromosomalar yadro karioplaemas ida joylashib sitoplazmadan yadro qobiqi bilan chegaralangan

Genofor DNKdan iborat

Xromosomalar - DNPdan iborat; DNP =DNK+ oqsillar

Genofor xalqa ko'rinishiga ega

Xromosomalar - tayoqcha va ipsimon ko'rinishga ega (xromatin)

Sitoplazma

Organoidlardan faqat ribosomalar mavjud

Hujayraning turli organoidlari mavjud

Sitoskelet yo'q

Sitoskelet mavjud

Sikloz kuzatilmaydi Sitoplazmatik irsiyat plazmidalar ko'rinishida mavjud

Sikloz sodir bo'ladi Sitoplazmatik irsiyat mitoxondriya va plastidalardagi DNK ko'rinishida mavjud

Plazmalemma

Sitoplazmatik membrana - mezosomalarni hosil qiladi

Mezosomalar mavjud emas

O'simlik va hayvonlar hujayra tuzilishiga ko'ra umumiy o'xshashlikka ega bo'lib, o'z navbatida malum qismlari bilan farq qiladi. O'simlik hujayralari uchun qo'shimcha sellyuloza va pektindan iborat hujayra qobiqi, plastidalar, hujayra shirasi to'playdigan vakuolaning bo'lishi bilan, hujayra markazida sentriolaning bo'lmasligi, zahira oziqa moddasi - kraxmal (hayvon hujayrasida- glikogen) ekanligi bilan hayvon hujayrasidan farq qiladi. Lekin o'simlik va hayvon hujayralari uchun plazmatik membrana-plazmalemma, sitoplazma va yadroning bo'lishi umumiy belgi hisoblanadi(5rasm).


Hujayra tashqi muhitdan sitoplazmatik parda bilan ajralib turadi. Yadrodan tashqari hujayraning ichidagi barcha tuzilmalarning hammasi protoplazma deb nomlanadi.
Eukariot hujayralar sitoplazmasining tuzilishi asosida gialoplazma, hujayra organellalari va kiritmalar yotadi. Yadro: yadrocha, xromatin , karioplazma (yadro shirasi) va kariolemma (yadro qobig'i) dan iborat.



2.2.-rasm. Hayvon va o'simlik hujayrasining tuzilishi



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə