144
Qisqa
x
ulosalar
Lizing subyektlariga umumiy soliqqa tortish shartlari qo‘llaniladi va
quyida
keltirilgan QQS, foyda va mol-mulk soliqlari bo‘yicha bir qator
imtiyozlar beriladi.
O‘zbekistonda lizing to‘lovlari QQSdan ozod qilingan. O‘zbekistonga
kiritilayotgan texnologik uskuna QQS ozod qilinadi,
agar importyorga xizmat
ko‘rsatuvchi bankning tasdiqlovi bo‘lsa.
Lizing oluvchining umumiy (to‘liq) daromadidan soliqqa tortish bazasini
belgilashda butun lizing to‘lovi chegirilmaydi, faqat uning tarkibida lizing
beruvchi daromadi.
Shuningdek, lizing oluvchi yalpi daromadidan lizing
predmeti amortizatsiyasi summasi, hamda
lizing beruvchining umumiy
tartibdagi barcha boshqa xizmatlarni narxi chegiriladi. Soliq Kodeksiga mos
ravishda, foydani soliqqa tortish maqsadida amortizatsiya ajratmalari lizing
oluvchida amalga oshiriladi.
Lizing beruvchining daromadi – lizing to‘lovlari
summasi va lizing
predmetini qoldiq qiymati orasidagi farqidir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 - avgust 2002 - yildagi №
3122 Qaroriga muvofiq 2001 - yil 1 - sentyabrdan lizing oluvchilar lizing
predmeti bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinganlar.
O‘zbekistondagi lizing beruvchi chet-eldagi lizing oluvchiga lizing
predmetini
berishdagi vaziyatda, bojxona to‘lovlari ko‘rinishdagi moliyaviy
xarajatlarni umuman ichiga olmaydi, chunki, O‘zbekistonda eksport tovarlariga
soliqlar va bojlar yo‘q. Bu holatda lizinga beruvchi faqatgina bojxona
rasmiylashtiruvi uchun yig‘imini to‘laydi holos.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1.
O‘zbekiston Respublikasida lizing bitimlarni
ishtiroqchilariga qanday
soliq imtiyozlar berilgan?
2.
O‘zbekiston Respublikasida lizing operatsiyalarini soliqqa tortish
to‘g‘risida normativ hujjatlarni sanab bering.
3.
Lizing beruvchining daromadi nimadan iborat?
4.
Lizing predmetidan amortizatsiya chegirishi to‘g‘risida to‘laroq aytib
bering.
5.
Lizing operatsiyani lizing oluvchining
olayotgan foydasini soliqqa
tortishga ko‘rsatuvchi ta’siri to‘g‘risida tushuntirib bering.
6.
Soliqqa tortish bazasini aniqlashda qanday amortizatsiya ajratmalar
normalari belgilangan?
145
7.
Tovarlarga bo‘lgan bojxona bojlari haqida aniqroq so‘zlab bering.
8.
Lizing obyektlaridan bojxona bojlari olinadimi?
9. Soliq stavkalarni to‘lash tartibi to‘g‘risida so‘zlab bering.
10.
Dostları ilə paylaş: