141
Ishlab chiqarish korxonalari lizing oluvchilarda soliqqa tortish
obyekti – ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shulgan lizing predmetini
amortizatsiyasidir.
Mol-mulk solig‘i. Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i.
Yuridik shaxslar uchun soliqqa tortish obyekti –
nomoddiy aktivlar va
asosiy vositalarning o‘rta yillik qoldiq qiymatidir, hamda o‘z
vaqtida
tugatilmagan qurilish obyektining bahosi. Soliq stavkasi – 3,5 %. Normativ
muddatlarda o‘rnatilmagan uskunalar (ishlatilmayotgan uskunalar)
uchun mol-
mulk solig‘i ikkilangan stavka bo‘yicha to‘lanadi.
Lizing predmeti kimning balansida bo‘lsa, o‘sha mol-mulk solig‘ini
to‘laydi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28 - avgust 2002 - yildagi
№ 3122 Qaroriga muvofiq 2001 - yil 1 - sentyabrdan lizing oluvchilar lizing
predmeti bo‘yicha mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinganlar.
Jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i.
Jismoniy shaxslar soliqqa tortish
obyekti – ularga tegishli bo‘lgan
turar uylar, kvartiralar, dacha va bog‘ uylari,
garaj
va boshqa qurilmalar, joylar va inshootlardir. 1998 - yil 1 - yanvardan
so‘ng qayta baholangan soliqqa tortish obyektlari bo‘yicha soliq stavkasi 0.5 %,
qayta baholanmaganlar uchun esa – 7 %.
Dostları ilə paylaş: