O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


Lizing “sof”, to‘liq yoki noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Lizing “sof”, to‘liq yoki noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega 
hamda
 
bosh 
bo‘lishi mumkin

“Sof” lizingni
amalga oshirishda lizing obyektiga xizmat ko‘rsatishni 
lizing oluvchi o‘z zimmasiga oladi va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar lizing to‘lovlariga kiritilmaydi. 
To‘liq xizmatlar to‘plamiga
ega bo‘lgan lizingning xususiyati shundaki
bunda lizing beruvchi tomonidan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish - mulkka 
qarash, sug‘urtalash, zarur xom-ashyolarni yetkazib berish, malakali kadrlar 
bilan ta’minlash, marketing xizmati ko‘rsatish va tayyor mahsulot reklamasini 
amalga oshirishni ko‘zda tutadi.
Noto‘liq xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lgan lizing
bu shartnoma 
imzolagan tomonlarning lizing obyektiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 
vazifalarni avvaldan kelishgan holda taqsimlab olishdir. Masalan, lizing oluvchi 
mulkni ekspluatatsiya qilish normalariga rioya qilishni o‘z zimmasiga oladi
lizing beruvchi esa obyektni soz holda saqlash uchun xarajatlarni to‘laydi. 
Bosh lizing
oluvchi va lizing beruvchi o‘rtasida umumiy shartnoma 
tuzilishini ifodalaydi. Bu shartnoma lizing oluvchiga lizingga olinuvchi mulk 
ro‘yxatini yangi shartnoma imzolamasdan to‘ldirish imkonini beradi. 
Lizing bitimining asosiy ishtirokchilari joylashgan mamlakatga bog‘liq 
holda lizing ichki (bitta mamlakat ichida) va tashqi (xalqaro) turlarga 
taqsimlanadi. 
Xalqaro lizing
o‘z navbatida quyidagicha tasniflanadi:
1

import lizingi – lizing beruvchi xorijiy mamlakat hisoblanadi; 

eksport lizingi – lizing oluvchi xorijlik bo‘ladi; 

tranzit lizing – bitimning uchala ishtirokchisi ham turli xil mamlakatlarda 
bo‘ladi. 
Xalqaro amaliyotda lizingning yana bir turi – “dabl dip” bitimlari ishlab 
chiqilgan. Ularning ma’nosi ikki yoki undan ortiq mamlakatlardagi soliq 
imtiyozlaridan iborat, ya’ni, masalan, Buyuk Britaniyada lizing oluvchining 
soliq imtiyozlaridan oluvchi foydasi AQSH da lizing oluvchilarnikiga qaraganda 
ko‘p. Natijada Angliyalik lizing kompaniyasi mulkni sotib oladi va uni 
amerikalik lizing kompaniyasiga ijaraga beradi, u esa mulkni o‘z navbatida 
mahalliy aviakompaniyalarga ijaraga beradi. 
1
Основы предпринимательского дела. Благородный бизнес / под ред. Ю.М. Осипова – М.: 
“Гумaнитарные знание”, 1992, 186 с.


19 
Xorijiy mamlakatlar amaliyotida lizingni soliq va amortizatsiya 
imtiyozlari bo‘yicha – 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə