O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


 Iqtisodiyotda lizing rivojlanishi samaradorligining asosiy



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
1.5. Iqtisodiyotda lizing rivojlanishi samaradorligining asosiy 
yo‘nalishlari 
Lizing murakkab iqtisodiy holat sifatida ishlab chiqarishning barcha 
jihatlariga va jamiyatga ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy jihatdan u korxonalarning 
texnik qayta jihozlanishini ta’minlaydi hamda fan-texnika taraqqiyotini 
jadallashtirish va yangi ishlab chiqarishlarni yaratishga ko‘maklashadi. Ijtimoiy 
jihatdan esa lizing insonlarning mehnat faoliyatini rag‘batlantirish va ijodiy 
imkoniyatlarini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. Siyosiy jihatdan lizing kichik 
va o‘rta sinfni shakllantirish vositasi hisoblanadi. 
Lizing faoliyatini quyidagi yo‘nalishlarda samarali deb hisoblash 
mumkin:
1
1. 
Tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalish
. U ishlab chiqarish miqyosini 
kengaytirish, 
xo‘jalik 
faoliyatida 
mustaqillikni 
kengaytirish, 
moddiy 
1
Горемыкин В.А. Лизинг М.: Дашков и К
о
, 2003, 57 с. 


21 
manfaatdorlik va javobgarlikni oshirish, soliq imtiyozlaridan foydalanishda 
namoyon bo‘ladi. 
2. 
Ishlab chiqarish-texnika yo‘nalishi.
U fan-texnika taraqqiyoti 
yutuqlaridan foydalanish, ishlab chiqarishni qayta jihozlashga ko‘maklashish, 
mehnat mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirishda 
namoyon bo‘ladi. 
3. 
Investitsion yo‘nalish
– katta miqdordagi mablag‘larni mulk sotib 
olishga sarflash zarurati bo‘lmaydi, texnika qisqa muddatga jalb etiladi va undan 
maksimal darajada foydalaniladi. 
4. 
Ijtimoiy yo‘nalish.
Bu yo‘nalish ishbilarmonlik faolligining o‘sishi, 
ijodiy salohiyatdan foydalanishning yaxshilanishi, tadbirkorlarning moddiy va 
ma’naviy ehtiyojlari qondirilishini oshirish, bozorni yangi tovarlar bilan 
to‘ldirish va shundan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish hajmining o‘sishi 
natijasida budjet tushumlarining o‘sishiga ko‘maklashadi. 
Yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarning barchasi birgalikda yangi 
texnologiyalarning paydo bo‘lishi, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
hajmining o‘sishiga xizmat qiluvchi umumiy xo‘jalik samarasini yaratadi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə