O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

 
Asosiy adabiyotlar: 
1. Ўзбекистон Республикаси “Лизинг тўғрисида”ги Қонун 1999 й.
 
2. Джуха В.М. Лизинг. Учебное пособие – Ростов н/Д.: Феникс, 1997. 
3. Прилуцкий Л.Н. Лизинг. Правовые основы лизинговой 
деятельности в Российской Федерации. Учебное пособие – М.: 
Издательство “Ось - 89” 2000. 
4. Горемыкин В.А. Лизинг - М.: Дашков и К
о
, 2003. 
5. Лещенко М.И. Основы лизинга - М.: Финансы и статистика, 2001. 


33 
III bob. LIZINGNI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISHNING 
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 
 
3.1. Lizing jarayonini tashkil etishning umumiy sxemasi va bosqichlari 
Asosiy vositalarni sotib olar va lizing beruvchi vazifasini bajarar ekan
lizing kompaniyasi yoki bank bevosita lizing rivojlanishining asosiy 
yo‘nalishlarini belgilab beradi va lizing obyektlari bozoridagi vaziyatni nazorat 
qiladi. Lizingning ustuvor yo‘nalishlarini belgilashda ular asosiy e’tiborni 
yuqori sifatli xalq iste’mol tovarlarini ishlab chiqarish va aholiga xizmat 
ko‘rsatishni rivojlantirishga mo‘ljallangan asbob-uskunalarga qaratishlari lozim. 
Lizing jarayonini tashkil etish aynan shu vazifani bajarishga qaratilgan. 
Butun lizing jarayonini, g‘oyani izlab topishdan to loyihani amalga 
oshirishgacha, uch bosqichdan – shartnomadan (investitsiyadan) avvalgi, 
tashkiliy (investitsion) va ekspluatatsiya bosqichlaridan iborat bo‘lgan sikl 
sifatida ifodalash mumkin.
1
Bu bosqichlarning har birida muayyan ish turlari 
amalga oshiriladi. 
Birinchi bosqichda
bir qator huquqiy shartnomalarni imzolash uchun 
barcha tayyorgarlik ishlari amalga oshiriladi. Lizing munosabatlari ko‘p 
tomonlama va murakkab xarakterga ega bo‘lganligi tufayli har bitimning barcha 
shartlari va xususiyatlarini batafsil o‘rganishni talab qiladi hamda ushbu 
bosqichning muhim ahamiyat kasb etishini asoslab beradi. Shartnoma tuzishdan 
avvalgi bosqichda lizing loyihasining barcha shart-sharoitlari batafsil o‘rganib 
chiqiladi: 
1. Dastlabki muzokarlarni olib borish, jumladan, lizing loyihasi bilan 
tanishish, hujjatlarni tayyorlash, lizing oluvchini lizing beruvchining shartlari va 
lizingning boshqa ko‘rsatkichlari bilan tanishtirish. 
2. Doimiy lizing oluvchi va uning taklif etayotgan loyihasini o‘rganib 
chiqish. Odatda quyidagilarga katta e’tibor qaratiladi: 

taqdim etilgan hujjatlarning huquqiy jihatdan to‘g‘ri tuzilganligi, lizing 
loyihasi samaradorligi tahlili; 

sotuvni amalga oshirish va naqd pul oqimini shakllantirish uchun 
foydalaniluvchi resurslarning operasion samaradorligini aniqlash; 

lizing oluvchining moliyaviy holati va kredit layoqati tahlili; 

lizing to‘lovlarining qaytarilishini ta’minlash uchun taklif qilinuvchi 
garovga qo‘yilayotgan mulk yoki boshqa majburiyatlarni baholash. 
3. Lizing loyihasining kompleks ekspertizasi. 
1
Горемыкин В.А. Лизинг – М.: Дашков и К
о
2003, 339 c. 


34 
Lizing oluvchi taqdim etgan barcha hujjatlar, uning moliyaviy ahvoli va 
kredit layoqati, lizing to‘lovlarining ta’minlanganligi tahlil qilingach, natijalar 
kompaniya rahbariyatiga ko‘rib chiqish va lizing loyihasini moliyalashtirishning 
maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi. 
Mazkur bosqichda lizing beruvchiga mijozdan beriluvchi ariza, uning to‘lov 
layoqati to‘g‘risida xulosa, lizing beruvchi tomonidan ta’minlovchiga beriluvchi 
buyurtmanoma hamda lizing beruvchi bilan bank o‘rtasida lizing bitimini 
amalga oshirish uchun ssuda olish to‘g‘risidagi shartnoma kabi hujjatlar 
rasmiylashtiriladi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə