O‘zbekiston respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti



Yüklə 2,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/111
tarix24.06.2023
ölçüsü2,55 Mb.
#118807
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111
ryU6rEB1aP1u5glNNBelwdrzBmnFIcA6LHAdDmys

Tojikiston Respublikasida
lizing bitimlarini tartibga 
solish 2000 - yilda qabul qilingan Fuqarolik Kodeksi va 2003 - yilning 29 - 
yanvarida qabul qilingan «Moliyaviy ijara (lizing) to‘g‘risida»gi Qonunga 
asosan amalga oshiriladi. 
Yuqorida qayd etilgan Qonunning 2-moddasida lizing tomonlardan biri 
(lizing beruvchi) ikkinchi tomon (lizing oluvchi) ko‘rsatgan mulkni uchinchi 
tomon(sotuvchi)dan sotib olish va lizing oluvchiga belgilangan haq evaziga 
lizing shartnomasida belgilangan shartlar bo‘yicha tadbirkorlik maqsadlarida 
foydalanish uchun vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishga taqdim etuvchi 
iqtisodiy va mulkchilik munosabatlari sifatida ta’riflanadi. 
Ushbu 
ta’rifdan kelib 
chiqadiki, 
Markaziy 
Osiyoning 
boshqa 
mamlakatlaridan farqli o‘laroq, bu ta’rifga ko‘ra minimal lizing muddati 
ko‘rsatilmaydi va lizingning majburiy belgilari tasniflanmaydi. Shu tariqa 
fuqarolik-huquqiy tartibga solish maqsadida lizing bitimi masalan, lizing 
shartnomasini lizing predmetining foydali xizmat ko‘rsatish muddati yoki 
mulkka egalik huquqining lizing muddati tugagach boshqalarga berilishi bilan 
cheklab qo‘yilmaydi. Shu bilan bir paytda mazkur ta’rifda uchta subyektning 
(lizing beruvchi, lizing oluvchi va sotuvchi) ishtirok etishi, lizing beruvchining 


64 
lizing predmetini lizingga berish uchun maxsus sotib olishi va lizing 
predmetidan albatta tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish kabi majburiy 
belgilar ko‘rsatilgan. 
Tojikiston 
xalqaro 
moliyaviy 
lizing 
to‘g‘risidagi 
UNIDROIT 
Konvensiyasiga 2004 - yilning 19 - aprelida qo‘shilgan. Konvensiya xalqaro 
lizing operatsiyalarini amalga oshirishda miliy huquq me’yorlarga nisbatan 
ustunlikka ega. Lizing beruvchi va lizing oluvchi turli mamlakatlar vakili 
bo‘lgan hollarda amalga oshiriluvchi lizing operatsiyalari xalqaro lizing 
operatsiyalari deb tan olinadi. Muayyan xalqaro lizing bitimiga nisbatan mazkur 
Konvensiyani qo‘llash mumkin bo‘lishi uchun quyidagi talablarga rioya qilinishi 
zarur: 

bitim Konvensiyada belgilangan moliyaviy lizing ta’rifiga mos kelishi 
lozim, unga muvofiq bir tomon (lizing beruvchi) ikkinchi tomon (lizing oluvchi) 
topshirig‘i bilan uchinchi (sotuvchi) tomondan lizing shartnomasida ko‘rsatilgan 
mulkni (lizing predmetini) sotib oluvchi va lizing oluvchiga belgilangan haq 
evaziga lizing shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarda vaqtinchalik egalik qilish va 
foydalanishga taqdim etuvchi operatsiya lizing deb tan olinadi. Shu tariqa 
mazkur ta’rif «Lizing to‘g‘risida»gi Qonundagi lizing (moliyaviy ijara)ga 
beroilgan ta’rif bilan bir xil kuchga ega bo‘ladi; 

lizing beruvchi va lizing oluvchining tijorat korxonalari Konvensiyaga 
qo‘shilgan istalgan ikki davlat hududida bo‘ladi va yoki sotuvchining tijorat 
korxonasi lizing beruvchi yoki lizing oluvchi joylashgan davlatda bo‘ladi, yoki 
lizing shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi Konvensiyaga qo‘shilgan 
davlatlarning huquqiga asoslanadi; 

lizing shartnomasi va oldi-sotdi shartnomasi mos keluvchi davlatda 
Konvensiya kuchga kirgandan so‘ng tuzilishi lozim. 
Tojikistonda buxgalteriya hisobini yuritish 1999 - yilning 14 - mayida 
qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga asosan tartibga solib 
boriladi. 2004 - yilda buxgalteriya hisobining yangi hisoblar rejasi tasdiqlangan 
bo‘lib, u buxgalteriya hisobi tizimini MHXS bo‘yicha hisobga olish 
tamoiyllariga muvofiqlashtirishi mo‘ljallangan. 
2004 - yilning 1 - yanvaridan boshlab Tojikistondagi 30 - ta korxona 
sinov tariqasida yangi hisob tizimiga o‘tkazildi. 2005 - yilning 1 - yanvaridan 
boshlab esa mamlakatdagi barcha korxonalar yangi hisob rejasiga majburiy 
tartibda o‘tkazildi. 
2004 - yilning o‘rtalaridan boshlab buxgalteriya hisobini tartibga solishga 
taalluqli barcha me’yoriy hujjatlarni yangi hisoblar rejasini qo‘llash bo‘yicha 


65 
uslubiy ko‘rsatmalarda belgilangan qoidalarga muvofiq holga keltirish borasida 
faol ishlar olib borilmoqda. Biroq «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunga 
hali hech qanday o‘zgartirish kiritilgani yo‘q. 
Lizing predmetini xarid qilishda lizing beruvchi uni o‘z balansiga asosiy 
vosita sifatida kirim qilib kiritadi. Lizing predmetini lizing oluvchiga 
o‘tkazishda lizing beruvchi lizing premetini o‘z balansidan chiqarib tashlaydi 
hamda keyinchalik lizing lizing beruvchining balansida sof lizing 
investitsiyasiga teng bo‘lgan debitorlik qarzi sifatida aks ettiriladi. 
Lizing predmeti lizing oluvchining balansida aks ettirilib, unda lizing 
predmeti lizingga olingan aossiy vosita sifatida hisobga olinadi va shu vaqtning 
o‘zida moliyaviy ijara bo‘yicha majburiyatlarni ham aks ettiradi. Balansga kirim 
qilish va lizing bo‘yicha majburiyatlarni tan olish quyidagilardan eng kichigi 
bo‘yicha amalga oshiriladi: lizing predmetining adolatli bahosi va lizing 
to‘lovlari diskontlangan bahosi. 
Foizlarga teng qismdagi xarajatlarni tan olish to‘lov muddatlaridan kelib 
chiqqan holda hisoblash usuli yordamida amalga oshiriladi. 
Lizing predmeti bahosi lizing oluvchi tomonidan o‘zining asosiy 
vositalari uchun tanlab olingan usul bo‘yicha amortizatsiya chegirmalari 
shaklida davr xarajatlariga mansub bo‘ladi. Agar lizing muddati oxiriga borib 
aktivlarga nisbatan mulkka egalik huquqi lizing oluvchiga o‘tishiga yetarli 
darajada ishonch bo‘lmasa, aktivning bahosi lizing muddati yoki mulkning 
foydali xizmat ko‘rsatish muddati orasidan eng qisqasi davomida amortizatsiya 
orqali xarajatlar tarkibiga kiritilishi lozim. 
Tojikistonda 2005 - yilning 1 - yanvaridan boshlab kuchga kirgan yangi 
Soliq Kodeksi hozirgi kunda soliqqa tortishni tartibga solib turuvchi asosiy 
me’yoriy-huquqiy hujjat hisoblanadi. Soliq Kodeksida lizing moliyaviy 
xizmatlar tarkibiga kiritilgan. Soliqqa tortish maqsadlarida (QQSni istisno 
qilganda) moliyaviy ijara (lizing) amortizatsiya qilinuvchi mulkni xarid qilish 
(yetkazib berish yoki import) yoki uni lizingga berishni qamrab oluvchi yaxlit 
operatsiya sifatida ko‘rib chiqiladi. Bitim quyida sanab o‘tilgan belgilardan 
biriga muvofiq holda soliqqa tortishda lizing bitimi sifatida tasniflanishi 
mumkin: 

ijarada ijara muddati tugagandan so‘ng mulkni berib yuborish ko‘zda 
tutiladi yoki ijarachi mulkni qat’iy belgilangan (yoki shartnomada ko‘rsatilgan) 
narx bo‘yicha sotib olish huquqiga ega bo‘ladi; 

ijara muddati ijaraga olinuvchi mulkning xizmat ko‘rsatish muddati 75 
%idan katta bo‘ladi; 


66 

ijara muddati tugagandan so‘ng mulkning qoldiq qiymati uning ijara 
boshidagi bozor narxidan 20 %ni tashkil qiladi; 

butun ijara muddati davomida minimal to‘lovning joriy diskontlangan 
qiymati ijara boshidagi mulkning bozor narxi 90 %iga teng yoki undan katta 
bo‘ladi; 

ijaraga olinuvchi mulk ijarachi uchun buyurtma bo‘yicha tayyorlanib, 
ijara muddati tugagandan so‘ng ijarachidan boshqa hech kim tomonidan 
foydalanilishi mumkin emas. 
Soliq Kodeksining yangi tahririni qabul qilish bilan birga 2004 - yilning 3 
- dekabrida yangi Bojxona Kodeksi ham qabul qilindi. Bojxona jarayonlari 
shuningdek, 1995 - yilning 4 - noyabrida qabul qilingan «Bojxona tartibga solish 
to‘g‘risida»gi Qonun bilan ham tartibga solib boriladi. Bu qonunga ko‘ra 
bojxona bojlarini shakllantirish va qo‘llash tartibi, shuningdek, tovarlarni 
Tojikiston Respublikasi hududidan olib o‘tishda boj solish qoidalari belgilab 
beriladi. 
Tojikiston Respublikasiga import qilinuvchi tovarlar bo‘yicha bojxona 
bojlari hukumat qarorlariga asosan belgilanadi va bojxonadan o‘tuvchi tovarga 
qarab farqlanadi. 
Mamlakat hududiga olib kiriluvchi lizing predmetlariga nisbatan erkin 
muomala va vaqtinchalik kiritish rejimlari qo‘llanishi mumkin. 
Erkin muomala uchun tovar chiqarishda bojxona bojlari, QQS, aksizlar va 
bojxona yig‘imlari to‘lanishi lozim. 
Tovarlarni vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) muddati Tojikiston 
Respublikasi bojxona organi tomonidan belgilanib, ikki yildan ortmasligi lozim. 
Ayrim hollarda bu muddatlar o‘zgartirilishi mumkin. 
Vaqtinchalik kiritish rejimi xalqaro lizing shartnomalari bo‘yicha 
kiritiluvchi, lekin mulkka egalik huquqining lizing beruvchidan lizing oluvchiga 
o‘tishi ko‘zda tutilmagan hollarda qo‘llanadi. Ko‘rsatilgan rejim bojxona 
to‘lovlari va soliqlarni to‘lashdan to‘liq yoki qisman ozod qilishni ko‘zda tutadi. 
To‘liq yoki qisman to‘lovlardan ozod qilingan tovarlar ro‘yxati 
hukumatning qaroriga asosan belgilanib, aynan lizing uchun bojxona bojlari va 
soliqlardan to‘liq ozod qilish ko‘zda tutiladi. Lizing predmetlari uchun bu 
to‘lovlardan to‘liq ozod qilish ko‘zda tutilmagan hollarda shartli qisman ozod 
qilishdan foydalanilib, bunda bojxona va soliq to‘lovlari erkin muomalada 
to‘lanishi lozim bo‘lgan miqdorning 3 %i to‘lanadi. Vaqtinchalik kiritiluvchi 
tovardan olinuvchi bojxona to‘lovlari umumiy miqdori erkin muomala rejimida 


67 
to‘lanishi lozim bo‘lgan to‘lovlardan oshmasligi lozim. Bojxona to‘lovlari to‘liq 
to‘langan hollarda tovar erkin muomalaga chiqarilgan hisoblanadi. 

Yüklə 2,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə