7
gavdaning tuzilishidagi asabiylashish (favqulodda engillik yoki oriqlash va hokozalarga
ko’ra). Aura sifatida murakkab ruhiy zo’riqish holatida, ya’ni avvaldan ko’ringandan
hayajonlanish yoki “hech qachon ko’rinmaganning takrorlanishidan tashvishlanib
takrorlanish mumkin. Aura tutqanoq tutib yiqilish darajasida kuzatiladi, uning
simptomlari tutqanoqning keingi bosqichlarida rivojlanmasligi mumkin. Aura epileptik
o’choqni aniqlashda va tashhis qo’yishda ahamiyatga ega.
Auradan keyin tutqanoqning tonik fazasi keladi. U to’liq hushidan ketish,
boshlang’ich qichqiriq, ya’ni tutqanoq tutishdan oldin havo nafas yo’lini qisqatiradi.
Kasal odatda, oldingi tomonga yiqiladi, ko’pincha jarohatlanadi, biron a’zosi sinadi yoki
chiqadi. Bosh orqaga qayriladi , ko’z katta ochilgan, nazari harakatsiz. Gavdasi
kuchlanishli, qo’l barmoqlari mushti tugilgan bo’ladi. Dastlabki oqarish tsianoz bilan
almashadi.
Tonik faza 10-30 sekund davom etganidan keyin 1-2 minut klonik faza keladi. U
gavda qismi va a’zolarining ketma-ket bukilib yoki yozilib turishi, nafas yo’lida xirillash
va boshqa ko’rinishlarda bo’ladi.
Harakatdagi kuchlanish ko’pincha chuqur va og’ir nafas olish bilan yakunlanadi.
Tutqanoqli yiqilishdan keyin kasal odamda yana bir necha minut es-hushi tiniq
bo’lmagan holatda bo’ladi. Ba’zi kasallar yiqilganidan so’ng o’ziga kelganidan keyin
darhol turib o’zining ishini davom ettiradi, boshqalar esa 10-20 minut chuqur uyquga
ketadi. Tutqanoq tutib yiqilgandan so’ng uning to’liq amneziyasi boshlanadi.
Bolalarda generalizovan yirik tutqanoq epilepsiya formasida tez-tez uchrab turadi.
Uch yoshgacha bo’lgan davrida huruj xarakterlikdir, gavdaning yarmini qamrab oladi,
tonik fazani qamrab olgan holatda. Alohida ko’rinishdagi yana bir holati, bolaning boshi
bir tomonga buriladi yoki butun gavdasi o’ng yoki chap tomonga qaragan bo’ladi.
Uch yoshdan katta bolalarda esa yirik qaltiroq kattalarda bo’ladigan hurujni
eslatadi. Aura kattalarga qaraganda bolalarda kamroq bo’ladi. Bolalarda qaltiroq
qichqirish bilan emas, ingranish, va hushdan ketishi bilan boshlanadi, undan keyin tonik
faza keladi. Bu faza (odatda, uzoq davom etadi) tomirlarning intensiv tonik qisqarishi
bilan xarakterlanadi. Bolalarda tonik fazadan klonik fazaga o’tish jarayoni aniq
ifodalanmaydi. Klonik fazada tutqanoq tutishi generalizovan holatida va ritmik
xarakterda, ko’pincha lokalizatsiya boshlanishi ko’rinishiga ega. Epileptik huruj bir
necha sekundga cho’ziladi, kamdan-kam bir necha minut bo’ladi.
Kichik tutqanoq (petit mal) katta tutqanoqqa o’xshagan tipik holatlardan ajratib
turadi, lekin bunda simptomatlik polimorfizm ko’pdir.
Absans tutqanoq hurujining oddiyroq ko’rinishdir. U birdaniga qisqa vaqtda
ko’rinadi (bir necha sekundgacha) va to’liq hushdan ketishiga olib keladi. Kasal soviydi,
lekin yiqilmaydi, gavdani tutqanoq huruji boshlanishidan oldingi holatda tutib turadi.
Huruj ba’zida avtomatik xususiyatda ojiz ko’rinishda (masalan, kasal barmoqlarini
harakatga keltiradi va labini qimirlatadi).
Absans huruji qanday tez boshlangan bo’lsa, shunday tez tuxtaydi. Kasal esa o’z
faoliyatini hech narsa bo’lmagandek davom etiradi, u nima yuz berganini bilmaydi.
Absanslarning bunday ko’rinishi bolalar yoshida kichik hurujning tez
takrorlanadigan ko’rinishi emas. Ko’pincha bolalarda kichik hurujlar guruhiga kiruvchi
triada, deb nomlangan hurujlar uchraydi.
Bunga qo’yidagilar kiradi:
8
a) Propulsiv kichik hurujlar. Absanslarga o’xshagan qisqa muddatli, xotirani
butunlay yo’qotadi, ular turli harakatlanish ko’rinishida, gavdaning butunligicha yoki
qisman olg’a intilishga olib keladi. Propulsiv hurujlar guruhini “salaamov”, “yashin
tezligida”, “kivatel”, va “astatik”ga ajratiladi. Salaamov huruji oldidan bolaning boshi va
gavdaning yuqori qismi sekin tonik hurujdek oldinga egiladi, tomirlar atrofga va yuqoriga
harakatlanadi, yashin tezligidagi hurujdan intensivligi bilan farqlanadi. Shunday vaqtda
harakatlanish tez va birdaniga yuz beradi. Yotganda bosh ko’tariladi, o’tirganda esa
kutilmagan paytida oldinga egiladi.
Astatik yoki akinetik huruj oldidan kasal bir necha daqiqaga xushidan ketar ekan ,
tomirlari bo’shashadi, lekin tezlikda yana ko’tariladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan hurujlar bolalik yoshining ilk davriga to’g’ri keladi,
ko’pincha bir yoshlarda yuz beradi. U yuqori chastotada xarakterlanadi.
b) Retropulsiv kichik hurujlar ko’pincha 6-7 yoshlarda bo’ladi, 16-17 yoshdan
keyin ham uchraydi. Umumiy ko’rinishlari: yuqori chastotali (20 dan 100 gacha va undan
ham yuqori, davomiyligi (2-4 daqiqa), asosiy belgilari (ko’z olmasi yuqoriga qaraydi, shu
holatda ba’zan ritmik harakati vertikal yo’nalishida bo’ladi). Bosh tez-tez orqaga
tashlanadi, gavda orqa tomonidan, yoki butun gavda orqadan harakatlanib, egiladi.
Hozirgi paytda ko’pgina mualliflar bunga piknolepsiyani qo’shadilar, absans
hurujlar tipini, epileptik kasallikka qarshi davolashda o’zgarish yo’qligi, samara
bermaganligi uchun ba’zan bemor tuzalishiga olib keladi.
v) Impulsiv (yoki mioklonik) kichik hurujlar asosan bolalik va o’smirlik
rivojlanish davrida bo’ladi. Impulsiv huruj tashqi tomondan qaraganda kuchli qo’rquvdan
birdaniga qaltirashni eslatadi. Bunday holatda qo’llar tez harakat bilan ochilib yopiladi,
unda mavjud bo’lgan narsalar otilib ketadi. Agar kasal yiqilsa, yashin tezligida
yiqilganidek, ko’pincha shu zahoti o’rnidan turadi. Odatda qator itarishlar ketma- ket
keladi, ba’zan yangi holatda bo’ladi.
Mayda hurujlarning hamma ko’rinishlari og’riq qo’shilishi bilan murakkablashadi
yoki kichikroq holatda (chaynalish, yutinish, ovoz chiqarish va boshqa oddiy
harakatlarda).
Kichik hurujlar triadasining har bir shakli klinik ko’rinishda va oqimda o’z
xususiyatiga ega. Propulsiv shaklda ko’proq qo’pol nevrologik buzilish va qisman
psixikaning to’liq rivojlanmaganidan bo’ladi.
Mioklonik hurujda qo’pol asabiylik uchramaydi, lekin epilepsiya uchun xos
bo’lgan xotirani yo’qotish va boshqalar yuzaga keladi.
Retropulsiv shakldagi kichik huruj ruhiyatdagi nohushlik ta’siri bilan ajralib turadi,
bunda uzoq davom etgan kasallik natijasida shaxsning holatida o’zgarish bo’lishi
mumkin. Qattiqroq chastota razryadlari, yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, keng miqyosda
bo’lishi mumkin.
Qattiqroq huruji ketma-ket kelgan paytda, hatto kichik to’xtashi bo’lganida ham
hotirani yo’qotish to’xtamaydi. Epileptik status ko’p soatda, ba’zan esa bir necha kun
davom etishi mumkin. Og’ir komatoz holati rivojlanadi, gavda harorati ko’tarilib 40
darajagacha etadi, siydikda oqsil paydo bo’ladi, yurak faoliyati buziladi.
Status davomida miyaning o’tkir shishi bo’ladi. Bo’larning barchasi bemor o’z
vaqtida davolanmasa, hayoti uchun havflidir. Statusdan so’ng davolanish jarayoni og’ir
kechadi, terapiya uncha samara bermaydi, ba’zan asablarning buzilishiga olib keladi.