11
paytda o’tirolmaydi”, intilish, qo’liga tushgan hamma narsani olishga urinish, ularga
qiziqmaslik va faoliyatning natijasiga e’tiborsizlik ularning xususiyatiga xosdir.
Epileptik boladagi hayajonlanish tez xafa bo’lishida ko’rinadi, agressiv, o’ch
oluvchanlik oddiy sabablardan kelib chikadi. Sabr qilmaslik, ozgina kechikish yuzasidan
uning talabini qanoatlantirmaslik, agarda u keyinchalik amalga oshsa ham epileptik
bolalarda ko’p uchraydi, natijada azoblanishiga, asossiz ravishda atrofdagilar bilan janjal
chiqarishiga sabab bo’ladi.
Uning diqqatini boshqa tomonga yo’naltirish qiyin kechadi, bola uzoq vaqt bir
nuqtaga tikilib qoladi, bir xil mashg’ulot bilan shug’ullanadi, muntazam gavdasini silkitib
turadi.
Alohida ta’kidlash kerakki, epilepsiya bilan kasallangan bolalarning ba’zilarida
asabiylashish oshgan, egoizm kuchaygan, atrofdagilarni ta’siriga beriluvchan,
erkalanuvchan yoki ortiqcha hotamtoylik xususiyatlari bo’ladi. Ba’zi bolalarda xulq-atvor
belgilari kasallik davomida bir xil, ayrimlarida esa qarama-qarshi, biridan ikkinchisiga
tez o’tishi kuzatiladi. Xulq-atvordagi buzilish bir xilda bo’lmasligi xarakterning epileptik
tizimidagi rang-baranglikni o’z ichiga oladi.
Epilepsiya oldidan bo’ladigan simptomlarning xususiyatini ko’rib chiqamiz.
Odatda, epilepsiyaning dastlabki simptomi qaltirash huruji. Bu fakat bolalarning
dastlabki yoshiga nisbatdan to’g’ridir, chunki bu yoshda epilepsiyani aniqlash qiyin,
sub’ektiv shikoyat bo’lmaydi.
Maktab yoshidagi va maktab yoshigacha bo’lgan bolalarda epilepsiyanikng
boshlanish alomatlari o’rganilganida, epilepsiya qaltiroq huruji boshlanmasidan oldinroq
paydo bo’ladi. Epilepsiyaning tutqanoqsiz boshlang’ich davri bir necha oydan bir necha
yilgacha cho’ziladi.
Kasallikni rivojlanishi jarayonidagi dastlabki bilinadi. Epilepsiyadan oldin uyqu
buzilishi jihatlari shundan iboratki:
a) odatdan tashqari yorug’lik
b) qo’rqish affekti namoyon bo’lishi
v) uyqu davomiyligning buzilishi, bezovtalanish
g) tush ko’rishning cho’zilib ketishi
d) ba’zida uyquni muddatidan o’tkazib yuborishga o’tish, xiralashish holati
e) ko’rgan tushlari mazmuni xotirasida saqlanib qolishi
j) shu va boshqa tushlari muntazam takrorlanaverishi.
Ko’rilgan tushlari boshqa hayajonli tushlar simptomi bilan uyg’unlashishi
xarakterli belgilari (tushda gapirish, tushda yurish, yig’lash, kulish, tushda qichqirish)
umumiy qaltirash, bosh aylanish, ayniqsa xotiraning o’zgarishi. Bularning har biri
alohida holatda epilepsiya uchun o’ziga xos xususiyati emas, ammo ularning uygunligi
epilepsiyaning dastlabki alomatlarini aniqlashga imkon beradi. Epilepsiyaning dastlabki
davrida bosh og’rigi ko’pgina kasallarda paydo bo’ladi. Biroq, ko’pchilik kasallarda u
intensiv emas va klinik ko’rinishda etakchi o’rin egallamaydi. Epilepsiya oldidan bosh
og’rishining asosiy farqlanishi shundaki, progredientlik ko’rinishdagi belgilar
aniqlanmaydi, umumiy jarayonda o’rin topgandek. Shuningdek, tungi bosh og’rig’i
bo’lmaydi. Ba’zi bemorlarda bosh og’rig’i keyinchalik epileptik hurujdan xabar
beruvchiga aylanadi.
12
Bolalarda epilepsiyaning boshlang’ich darajasi kattalarga qaraganda ikki martda
ko’proq bo’ladi, vistsero-vegetativ paroksizm kuzatiladi, qisqa muddatli va ojiz klinik
holatda ajralib turadi. Gohida esa ular faqat vistseral simptom bilan chegaralanadi.
Masalan, xotirada saqlanib qolgan umumiy muhitda birdaniga qayd qilish ehitiyoji paydo
bo’ladi va shu zahoti yo’qoladi. Boshqa xolatlarda paroksizm xotiraning o’zgarishi bilan,
qator vegetativ simptomlardan iborat bo’lib, gohida turli hayajonlanishdan: tonik qaltiroq
yoki tomirlarning bo’shatib qolishi, bilmagan holda siyib qo’yish va boshqa holatlar.
Bolalarda vistsero-vegetativ paroksizmning turli ko’rinishlari shundaki, abdominal xuruj-
qorinda og’riq paydo bo’lishi ba’zida opekular fenomen bilan bog’liq bo’ladi. Bu gohida
nevropatiya, glistnoy invaziya, ovqat toksikoinfektsiyasi, deb yanglishiladi. Ajralib
turadigan belgilari:
a) ular paydo bo’lishida paroksizmal xarakter
b) ovqatlanishi va psixogen payti bilan bog’liq emasligi, yo’qligi
v) qisqa muddatlik (bir necha daqiqa 1-2 minut)
Kattalarga qaraganda bolalarda generalizovan qaltiroq xuruji, tutqanoq ikki martda
kam uchraydi va avval aytib o’tilgan holatlarda kechadi (tonik xarakterda, qisqa
muddatli).
Kasallikning rivojlantirishini kuzatib, og’irlashish chastotasi va hurujlarning
polimorfizmini aniqlash mumkin. Kasallik hamisha ham progredient holatda
bo’lavermaydi. Ba’zi hollarda davolanish oqibatida tuzalib ketish mumkin.
Klinik xaritada oldingi o’rinda polimorfizm turadi. Boshlang’ich darajasida
xurujning engil shakllari taqqoslanadi: uyquda paroksizmal hayajonlanish, bosh og’rig’i
va boshqalar epilepsiya xuruji uchun katta tutqanoqlar oldida xarakterlik emas.
Kattalarda uchramaydigan tonik qaltirash va vistsero-vegetativ paroksizm,
bolalardagi propulsiv retropulsiv xurujlar bosh miyasining tula shakllanmaganligi
sabablidir.
Epilepsiya-jiddiy kasallik va tashxos hamisha gumanlidir. Epilepsiya vaqtida o’lim
ko’pincha epileptik status jarayonida sodir bo’ladi, ayrish hollarda bemorlar hurujning
o’zida bug’ilish va boshqa baxtsiz hodisalarda halok bo’lishadi. Kayfiyatning og’ir
buzilishi, suitsidal urinishlarga olib kelishi ahamiyat kasb etadi. Kasallik oqibati va
epileptik aqliy zaiflik ko’pgina mualliflar fikriga ko’ra 50% holatda kuzatiladi. Bolalikda
boshlangan kasallik ko’pincha og’ir aqliy zaiflikka olib keladi.
Epilepsiyaning rivojlanishida alohida holatda qanday faktorlar ahamiyatli?
Hozircha bu savolga to’liq javob berish qiyinroq.
Bolalarda turli paroksizmal holatlar kuzatiladi, qaysiki, ular epileptik xuruj sifatida
xato tushunish mumkin. Ikkinchi tomondan epileptik xuruj tabiatan epileptik bo’lmagan
paroksizm bilan anglashilmasligi mumkin. Epileptik xurujni shunday qilib quyiidagi
paroksizmal turlarga ajratishga to’g’ri keladi.
Spazmofiliya xuruji. Spazmofiliya mineral almashinishi buzilishi bilan bog’liq
holda yuz beradi. Bolalarda 1,5 yoshdan 3 yoshgacha kuzatiladi. Asab tomirlari o’ynashi
kuchayishi bilan xarakterlidir. Xuruj paytida qo’l panjalari “akusher qo’li” holatida, bosh
egilgan, yuz tomirlari qimirlab turadi, og’izdan ko’pik keladi. Tajriba ko’rsatdiki, birinchi
qaltiroq xuruji maktaboldi yoshida yuz beradi, keyinchalik epilepsiya xususiyati borligi
bilinadi. Shu sababli ko’pincha uni spazmofil yanglishadilar. Spazmofil bilan epileptik