13
xurujni ajraytib olishda esdan chiqarmaslik kerakki, birinchi marta xotirani yo’qotish
uncha chuqur bo’lmaydi, yirik xurujga nisbatdan.
Spazmofil xuruj ayniqsa, ko’pincha qishning oxirida va bahorda uchraydi.
Epileptik xuruj esa yil davomida yuz beradi.
Lixoradik qaltirash tana haroratining infektsion kasallik oqibatida tez ko’tarishidan
paydo bo’ladi. Bu ba’zi qaltirashga moyillik bo’lgan bemor bolalarda uchraydi. Lixoradik
xuruj ko’pincha hayotning birinchi yilida bo’ladi, ammo maktaboldi, gohida maktab
yoshida ham yuz beradi. Bunday paytlarda epilepsiya tashhisini qo’yishga shoshilmaslik
kerak.
Shuningdek, alimentar xurujni ham baholash lozim, u emizikli yoshdan keyingi
bosqichgacha (4-5 yoshgacha) ichak infektsiyasi kasalligi bo’yicha davom etadi. Miya
meningiti, meningoentsefalit, entsefalitlar ko’pincha simptomatlik qaltirash xurujini
keltirib chiqaradi, albatta buni epilepsiya, deb tushunmaslik kerak.
Boshini sarak-sarak qilish epileptik xuruj sifatida xato tushunilishi mumkin. Ushbu
spazm bola boshini ko’tara boshlaganda sodir bo’ladi, shuningdek, boshini qimirlashish
harakati, ko’z olmasi nistagmoid harakatlanishda bo’ladi. Bunday buzilish boshi vertikal
holatda tutish jarayonida ushlanib qolishda, deb e’tirof etiladi. Harakatlanishdan xotira
buzilishi sodir bo’lmaydi, 2-3 yilgacha izsiz yo’qoladi.
Affektiv respirator qaltirash bolalarda maktabgacha bo’lgan yoshda uchraydi.
Affektiv respirator qaltirash hayajonga tushish ta’sirida paydo bo’ladi, qandaydir qanoat
hosil qilmasdan g’azablanish, qichqirish, yig’lashdan iborat bo’ladi. Bolaning nafasi
to’xtaydi, yuzi oqaradi, muskullari tonik kuchlanadi, undan keyin harakatsizlanish,
muskullar bo’shashishi yuz beradi, bu holat
1 minutgacha, ba’zida ko’prok davom etadi. Shundan keyin bemor bolaning xotirasi
to’liq o’z holatiga qaytadi.
Epilepsiyaga qaraganda obmorok (behush bo’lish) uncha tez bo’lmaydi. Uning
xarakterli tomoni yuz oqaradi, ter bosadi, tomirlar bo’shashadi.
Isterik behushlikda quyidagi belgilar ahamiyatga ega, atrofdagilarning diqqatini
o’ziga tortadi. Ko’z yoshi, ingranish, teatral ko’rinish, kulish isterik jazava xarakterli,
ammo epileptik ko’rinish emas. Tilni tishlash, isterik xurujda siydikni ushlab qola
olmaslik holatlari bo’ladi. Xotirani to’liq yo’qotish bo’lmaydi. Isterik xuruj epileptik
xurujga qaraganda davomiydir.
Simptomatik epilepsiya. Qaltirash va qaltirashsiz epileptiformdagi xuruj ko’pgina
organik miya buzilishi kasalligidan bo’ladi. Ular ko’pgina bosh miyaning shishishi,
tug’ma va nasldan-nasliga o’tish, asab tizimining buzilishi kongenital sifilis oqibatida,
gipoglikemik krizis, uremiyadan bo’ladi.
Miyaning chegaralangan organik buzilishida xurujni aniqlash oddiy vazifa emas,
hamma holatda ham vrach to’g’ri tashhis qo’yishi, ularning uyg’unligini aniqlash,
anamnezi chuqur tahlil qilish, psixopatologik, nevrologik va somatik izlanishlar qilish
hamda kasallik yo’nalishini hisobga olib borishi lozim. Shuni ham aytish lozimki, hozirgi
paytda paraklinik usularni izlanish epilepsiyaning maxsus tomonlari to’g’risida bir
muncha ma’lumot beradi. Shu bilan birga ba’zi kasalliklarni baholashda, epilepsiya bilan
klinik o’xshashlikni aniqlashda qiyinchilik tug’iladi.
ETIOLOGIYa VA PATOGENEZ
14
Epilepsiya asosida hamisha bosh miya faoliyatidagi o’zgarishlar yotadi. Epilepsiya
bilan kasallangan bemorlarni nevrologik o’rganish, barcha klinik kasallanishni o’rganish,
rentgenologik, elektroentsefalografik izlanishlar, nihoyat patologik ma’lumotlar miyaning
epilepsiya vaqtida shikastlanish holatlarini aniqlashga yordam beradi.
Ko’pgina bolalarda bosh suyagi jarohatlangan bo’ladi, infektsiya oladi, miyaning
shikastlanishiga olib keladigan boshqa holatlar yuz beradi, ammo hamisha epilepsiyaga
olib kelavermaydi.
Ko’pincha bolalardagi asab sistemasi zararli hodisalarni yaxshi kechiradi, u to’liq
sog’lom holatda qoladi.
Etiologiya kasalligi – aktual, ammo to’liq o’rganilmagan muommalardan biri.
Afsuski, hozirgi paytda bolalardagi tutqanoq va epilepsiya sabablari ko’pgina, epilepsiya
kategoriyasiga kirmaydigan, ma’lum bo’lmagan etiologik kassaliklar mavjudligi uchun
aniqlanib etmadi. Ilmiy VOZ guruhi o’zining dokladida Lennoks ta’kidlaydiki, avloddan-
avlodga o’tishi epilepsiya uchun ko’proq tegishlidir. Lennoks ta’rifiga kasalning
qarindosh-urug’lar o’rtasida epilepsiya chastotasi 1,8 %, gendan o’tish esa 3,6 %.
Lennoksning fikricha, ko’pgina kasallarda mavjud bo’lgan faktor genetik, avloddan-
avlodga o’tganlik oqibatidir. Penfild va Erikson ham shunday fikrda qolgan. Konrad
aniqlashicha epilepsiya bilan 6-8 % bola, 4 % aka-ukalar va singillar va 1-2 % jiyanlar
o’rtasida bo’ladi.
Alkogoli avloddan-avlodga o’tish hollari etarli o’rganilmagan. Ba’zi olimlar
oilaviy anamnezda birinchi o’ringa alkogolizm qo’yadi. Ayniqsa, bayram va dam olish
kunlari spirtli ichimliklari iste’mol qilish ko’p bo’ladi. Shuning uchun “yakshanba
bolalari “ termini mavjud. Epilepsiya asosida miyaga zararli ta’sir ko’rsatilishi kasallik
o’zgarishiga olib keladi. Buning zarari organizmda prenatal rivojlanish davrida, tug’ilish
va keyingi bosqichlarda davom etadi.
Epilepsiya patogenezida kongenital kasallanish avvalari sifilisdan ekanligini katta
ahamiyat kasb etdi. Hozirgi paytda bunda kongenital toksoplazmaning roli aniqlandi.
Miyaning tuzilish paytidagi jarohatlanishi epilepsiyaning paydo bo’lishining bir
sababidir.
Postnatal davrda epilepsiya ko’plab va rang-barang faktorlarini keltirib chiqaradi:
miya infektsiyasi, bosh chanog’i jarohatlanishi.
Zararlanish qatoriga hozirgi paytda revmatizmni ham qo’shmoqdalar.
Ko’pgina hollarda kasallik paydo bo’lishini ikki va undan ortiq patogen
faktorlarning uyg’unlashuvi va bolaga ta’sir qilishi bilan bog’liqdir.
Patogenez epilepsiyaning o’rganishda ko’pgina mualliflar anatomik ma’lumotlarga
etakchi o’rin berdilar.
Epileptik huruj miyada tomirlarning buzilishi, tomirlardagi spazm tufayli hosil
bo’lishidan, deb tushuniladi. Epilepsiya bilan kasallangan bemorlarda modda almashinuvi
buzilishi aniqlangan. Epileptik huruj alkoloz holatda bo’lganidan ham ko’rinadi.
Murakkab epilepsiya patogenezi tushunarliroq bo’lmoqda, agarda masala I. P.
Pavlovning reflektor teoriyasi bo’yicha olib ko’riladigan bo’lsa, I. P. Pavlovning fikricha,
epileptogen o’chog’i hayajonlanish favqulodda uchlanish, birdan ko’tarilib ketish,
davomiylik bilan xarakterlanadi.
Kreyndlerning fikriga ko’ra, epileptik kasallik uch faktordan iborat. Albatta,
ko’pgina holatlarda bunday faktorlarni aniq ajrata olmaymiz.