O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


V bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə75/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
ПТЭ узб

V bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar
bo’yicha harakatlanadigan yuk poezdlarining
harakat tarkibiga texnik talablar
116. Yuk poezdlarining harakat tezliklarini yo’lovchi poezdlarining yuqori tezliklardagi harakatida yo’lning egrilardagi qurilish bo’yicha talablarini bajarish uchun 80-90 km/soat darajada ta'minlash kerak. Bunda poezd massasi doimiy va davomiy ogohlantirishlar ta'sirini hamda ushbu tezlik darajasini ta'minlashni hisobga olib tortish hisoblari bilan aniqlanishi kerak, bog’lanish hisobiy koeffisienti esa qum qo’llashni va joydan jilmay aylanishni istisno qiluvchi chegaralarda qo’llanilishi kerak.
117. Tezyurar harakat uchastkalari stansiyalari manzillari tomon tuziluvchi, shuningdek ushbu uchastkadan tranzit o’tuvchi yuk poezdlari tarkibiga 18-100, 18-101, 18-102 aravachalaridagi vagonlar qo’shilishi kerak. MT-50, VTZ, UVZ va ularga o’xshash eski tipdagi aravachalardagi yuk vagonlar foydalanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Yukli harakat tarkibining tezyurar uchastkasiga yetib keluvchi boshqa yo’nalishlardan kirishlari rejaviy tartibda vagonlar ortilishini va harakat tarkibi sozligini tekshirish uchun nazorat qurilmalari bilan TFQ va Yuklarni ortish va mahkamlash texnik shartlari talablariga muvofiq jihozlanishi kerak.
118. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalar bo’yicha harakatlanadigan yuk poezdlari sinchkov xizmat ko’rsatish va vagonlarning tijoriy ko’rigiga jalb qilinishlari kerak. Bunda TXP (texnik xizmat ko’rsatish punkti)da yuk vagonlariga texnik xizmat ko’rsatishda, tuzish stansiyalari va harakat yo’nalishidagi tijoriy ko’rik punktlarida yuk vagonlarining tijoriy ko’rigida g’ildirak juftlari g’ildirash sathi, buksa uzeli, tormoz jihozlari va muhofaza qurilmalari holatiga, eshiklar, kuzov devori, vagonlar lyuklari qopqoqlari, ikki yarusli platformalar o’tish maydonchalarining yopilishi va mahkamlanishi ishonchliligiga, ochiq harakat tarkibida yukning, ayniqsa ekskavatorlar, kranlar va burilish hamda osma jihozlarga ega bo’lgan boshqa mashinalarning, vertikal holatda tashiluvchi yuklarning to’g’ri ortilishi va mahkamlanishiga alohida e'tibor qaratish lozim.
Vagon depolari va stansiyalar boshliqlari tezyurar uchastkada harakatlanuvchi yuk poezdlari vagonlarining texnik xizmati va tijoriy ko’rigi o’tkazilishining sifatini muntazam ravishda nazorat qilishlari kerak.
119. Yo’lga ta'sirni kamaytirish shartlari bo’yicha tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchaskalarda yuk poezdlarini boshqarish uchun VL80 (o’zgaruvchan tok) elektrovozlarini va o’xshash xarakteristikalarga ega boshqa lokomotivlarni ham xuddi tezyurar yo’lovchi lokomotivlari kabi xavfsizlik va radio aloqa qurilmalari bilan jihozlash kerak.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə