O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə73/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80
ПТЭ узб

§2. Vagonlar

90. Tezyurar yo’lovchi poezdlarining tarkiblari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilangan talablarga muvofiq yaxlit metall yo’lovchi vagonlaridan tuziladi.


91. 141-200 km/soat tezlik harakatlari uchun, Vagon g’ildirak juftlarini ko’rigi, tekshirib chiqilishi va tuzilishi bo’yicha yo’riqnoma talablarini va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondiruvchi g’ildirak juftlaridan foydalanish kerak.
92. 141-200 km/soat tezliklar uchun tormoz jihozlari Hamdo’stlik davlatlari-qatnashchilari, Latviya, Litva, Estoniya temir yo’llari harakat tarkibining tormozlardan foydalanish bo’yicha qoidalar talablariga va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak.
93. 141-200 km/soat tezliklar uchun harakat tarkibining avtoulash qurilmasi Hamdo’stlik davlatlari-qatnashchilari, Latviya, Litva, Estoniya temir yo’llari harakat tarkibining avtoulash qurilmasi ta'miri va xizmat ko’rsatilishi bo’yicha Yo’riqnoma talablarini va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondirishi kerak.
94. Tebranishlarning gidravlik so’ndirgichlari 90 mm porshen yurishi bilan konstruksiyaviy ikki tomonlama ta'sirli bo’lishi kerak.
Tebranishlarni pasaytirish koeffisienti O’zbekiston Respublikasi temir yo’l transporti xavfsizligi me'yorlarini qondiruvchi boshqa gidro so’ndirgichlarni qo’llashga yo’l qo’yiladi.
95. Vagonlarning deraza oynalari konstruktorlik hujjatlari talablariga va belgilangan talablarga muvofiq bo’lishi kerak; oyna qalinligi - kamida 5+0,5 mm.
96. Ventilyasiya tizimi tomonidan beriluvchi havoning tozalanishi inersiyaviy o’z-o’zini tozalash filtrlarini (birinchi bosqich) va seriyali ishlab chiqariluvchi oddiy vagonlarda qo’llaniluvchi moyli kontakt filtrlarini qo’llab (ikkinchi bosqich) ikki bosqichli bo’lishi kerak. Bunda moyli filtrlarni regenarasiya qilish (tiklash) oyiga bir marta amalga oshirilishi kerak. Agar o’z-o’zini tozalash inersiyaviy filtrlari o’rnatilmagan holat bo’lsa, moyli filtrlar regenarasiyasini har bir reysdan keyin amalga oshirish talab etiladi.
97. Sovuq havo, qor va chang esib kirishini bartaraf etish uchun yo’lovchi salonlar va tezyurar yo’lovchi poezdlari vagonlarining tamburlari germetikligini oshirishni ta'minlash kerak.
98. Tezyurar poezd tarkiblariga texnik xizmat ko’rsatish tartibi va rejaviy ta'mir turlarining texnologik jarayoni, ularning davriyligi, tezyurar harakatning harakat tarkibi alohida uzellari va detallariga talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
99. Vagonlarning tormoz jihozlari texnik xizmati Vagonlarning tormoz jihozlarini ta'mirlash bo’yicha yo’riqnoma, Hamdo’stlik davlatlari-qatnashchilari temir yo’llari harakat tarkibining tormozlardan foydalanish bo’yicha qoidalar talablariga va quyidagi qo’shimcha talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak:
tuzish va aylanish punktlarida elektr pnevmatik tormozni sinab ko’rishda uni tormozlangan vaziyatda to’sish holatida 5 daqiqa mobaynida tekshirish;
diskli tormozlarning texnik xizmati va ta'mirini ishlab chiqaruvchi zavod texnik hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;
kolodkali tormozlarga xizmat ko’rsatish va ta'mirlashda faqat issiq o’tkazuvchi materialdan ishlangan kompozision kolodkalarni qo’llashga ruxsat etiladi;
kolodkalarni qo’yish va almashtirishda tormoz boshmoqlari va fiksatorlari holatiga alohida e'tibor qaratish. Tormoz richagli uzatmaning sharnirli birikmalari belgilangan markadagi o’q moyi bilan moylanadi;
141-160 km/soat harakat tezliklari uchun kolodka tormozli KVZ-SNII va KVZ-SNII-M tipidagi aravachali vagonlarning depo va tub ta'mirlarida vagon aravachalari richag uzatmasining valik va vtulkalarini yangilariga, ularning holatidan qat'i nazar, yalpisiga almashtirishni amalga oshirish;
141-160 km/soat harakat tezliklari uchun kolodka tormozli KVZ-SNII va KVZ-SNII-M tipidagi aravachalardagi yo’lovchi vagonlarining tormoz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatishda, foydalanishda, ta'mirlashda va sinashda stend magistral rezervuari va vagon magistralida zaryadlash bosimi ko’rsatkichi 0,55 - 0,56 MPa (5,5-5,6 kgf/sm2) bo’lishi kerak, to’liq xizmat tormozlanishida tormoz silindridagi bosim ko’rsatkichi 0,44-0,46 MPa (4,4 - 4,6 kgf/sm2)ni tashkil qilishi mumkin;
tuzish va aylanish punktlarida, shuningdek depo va tub ta'mirlarda kolodka tormozli KVZ-SNII va KVZ-SNII-M tipidagi aravachalardagi vagonlarning tormoz silindrlaridan shtokning chiqishini to’liq xizmat tormozlanishida tormoz richag uzatmasining avtoregulyatori qobig’iga uzatma tirgagini zichlab o’rnatib, 130-140 mm ko’rsatkichda rostlash.
Qish davrida tormoz richag uzatmasi harakatchan birikmalarining muz bilan qoplanishida va kolodkalarda muzning mavjudligida poezdning jo’nashiga yo’l qo’yilmaydi.
160-200 km/soat tezlik bilan tezyurar harakat uchun yo’lovchi vagonlarining tormoz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatish, foydalanish, ta'mirlash va sinashiga talablar ishlab chiqaruvchi zavodning normativ-texnik hujjatlari bilan belgilanadi.
100. Tezyurar poezdlardagi vagonlarga xizmat ko’rsatish tegishli malaka va kamida ikki yil ish stajiga (poezd boshlig’i - kamida uch yil) va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda imtihon topshirib, tezyurar poezdlar vagonlariga xizmat ko’rsatish xuquqini beruvchi tegishli guvohnomaga ega xodimlardan tashkil topgan poezd brigadasi, vagon-restoranlar va vagon-dizel-elektrstansiyasi brigadalari tomonidan amalga oshiriladi.
101. SKNB ishga tushishida yoki harakat xavfsizligiga xavf soluvchi vagonning boshqa nosozligi aniqlanganda, poezd brigadasi yoki vagon-restoran, vagon-dizel-elektrstansiyasi brigadasi xodimi zudlik bilan shaxsan yoki poezd ichki telefon aloqasi orqali bu xaqida poezd boshlig’i va lokomotiv mashinistiga, poezdni zudlik bilan to’xtatish kerakligi to’g’risida xabar berishi kerak. Agar bunday xabarni lokomotiv mashinistiga yetkazish imkoniyati mavjud bo’lmasa (poezd ichki telefon aloqasi yoki radio aloqa nosoz), ko’rsatib o’tilgan xodimlar tomonidan poezd stop-kran bilan to’xtatilishi mumkin.
Tezyurar yo’lovchi poezdlarining vagonlari lokomotiv mashinistini bog’laydigan poezd ichki radio aloqasi bilan jihozlanishi kerak.
102. Yong’in ro’y berishi holatida poezd zudlik bilan to’xtatiladi va "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda yong’inni o’chirish choralari ko’riladi.
103. Mazkur paragrafda ko’rsatib o’tilgan talablar barcha yangi yo’lovchi vagonlarni qurishda va rejaviy ta'mir turlarini amalga oshirishda bajarilishi kerak.
104. Tezyurar yo’lovchi poezdlari (161-200 km/soat) uchun yo’lovchi vagonlarning texnik xizmat ko’rsatish va ta'mirlash tizimi, ishlab chiqaruvchi zavodning texnik hujjatlariga muvofiqlashtirilishi kerak.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə