O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


§9. Ishlar joylarini to’sish va xodimlar



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə71/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80
ПТЭ узб

§9. Ishlar joylarini to’sish va xodimlar
xavfsizligini ta'minlash tartibi
79. Peregon va stansiyalarda poezdlar harakati uchun to’siq joylarni va ishlar amalga oshirish joylarini to’sish, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarda signallash bo’yicha yo’riqnoma, Yo’l ishlarini amalga oshirishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha yo’riqnoma va Kontakt tizimida ishlarni olib qo’yiladigan izolyatsiyalovchi minoralardan turib amalga oshirganda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha yo’riqnomalar bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda yo’lovchi poezdlarining 161-200 km/soat tezlik bilan harakatlanish uchastkalarida A va B masofalar quyidagiga teng qilib olinadi:
0,006 dan kam rahbariy pasayishlar mavjud peregonlarda mos ravishda, 1600 va 1800 m;
0,006 va undan tikroq, biroq 0,010 dan oshmagan rahbariy pasayishlar mavjud peregonlarda mos ravishda, 1700 va 1900 m.
Agar tezyurar poezd o’tishiga 1 soatdan kam vaqt qolgan bo’lsa, to’xtash yoki tezlikni pasaytirish signallari bilan to’silishi talab etiladigan rejaviy ishlarni boshlash taqiqlanadi.
80. Yo’l, inshootlar va qurilmalardagi barcha ishlar, shu jumladan ularning ko’rik va tekshirishlari ham, tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin to’xtalishi kerak. Yo’l, inshootlar va qurilmalar poezd xavfsiz o’tishini ta'minlovchi holatga keltirilishi, materiallar va asboblar yo’ldan olib qo’yilishi va tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan kamida 20 daqiqa oldin barcha ishlovchilar chekka relsdan kamida 5 m masofaga uzoqlashishi kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi kutilayotgan yo’lga qo’shni yo’ldagi ishlar to’xtalishi va ishlovchilar ushbu poezd o’tishidan 10 daqiqa oldin mazkur yo’l chetiga o’tib turishlari kerak. Tezyurar yo’lovchi poezdi o’tib ketmaguncha ushbu yo’llarda ishlarni qayta boshlash taqiqlanadi.
81. Katta yo’l ustalari, yo’l ustalari, yo’l brigadirlari, SSB va aloqa qurilmalariga xizmat ko’rsatuvchi rayon kontakt tizimi elektrmexanik va elektrmontyorlari va boshqa xodimlarning yonida tezyurar poezd harakatlanishi jadvalidan ko’chirma bo’lishi kerak.
Ishlarni boshlashdan oldin ishlar rahbarlari tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi vaqtini stansiya navbatchisi yoki poezd dispetcheridan aniqlashtirib olishlari kerak.
Tezyurar yo’lovchi poezdlari kech qolishlarining har bir holati xaqida poezd dispetcheri, kesishmalar bo’yicha navbatchilarni ogohlantiruvchi barcha stansiya navbatchilarini xabardor qilishi kerak.
82. O’z lavozim vazifalariga ko’ra yo’l va qurilmalarda ishlarni boshqarishi, shuningdek ularni ko’rigini amalga oshirishi mumkin bo’lgan barcha xodimlar yonida radiostansiya bo’lishi va stansiya bo’yicha navbatchilar, lokomotiv mashinistlari bilan radio aloqadan foydalanishi, shuningdek peregon aloqasi telefonlari kalitlariga va ushbu aloqadan foydalanish uchun telefon trubkalariga ega bo’lishi kerak.
Yo’l va kontakt tizim xodimlarida mavjud bo’lgan telefonlarning texnik tekshirish va tamg’alashlari signallashtirish va aloqa distansiyalari xodimlari tomonidan har oyda amalga oshiriladi.
Barcha signalchilar ham radiostansiyalarga ega bo’lishi kerak.
83. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnash uchastkalarida ishchi poezdlarga xizmat ko’rsatuvchi va ochiq harakat tarkibida joylashgan odamlarning xavfsizligini ta'minlash uchun ishlar rahbari peregon bo’yicha harakatlanganda yoki ishlarni bajarishda qo’shni yo’ldan tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan 20 daqiqa oldin ishlarni tugatishi, ishchi poezdini to’xtatishi shart va 20 daqiqa oldin barcha xodimlar, yo’l mashinalari mexaniklaridan tashqari, yo’ldan va ochiq harakat tarkibidan xavfsiz masofaga chetga chiqishlari kerak.
84. Yo’l mashinalari mexaniklari tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishidan 20 daqiqa oldin ishlarni tugatishi va mashina ishchi organlarini qo’shni yo’l tomondan gabarit holatga keltirishi, boshqaruv kabinalarida qolib, ushbu poezd xavfsiz o’tishi choralarini ko’rishi lozim.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə