O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


t/r Strelkali o’tkazgich qismlari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə67/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80
ПТЭ узб

t/r

Strelkali o’tkazgich qismlari

Eng katta yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan emirilish, mm

vertikal

yonlama

1

Ramali relslar

5.0

5.0

2

Ostryaklar

5.0

5.0

3

O’zak (40 mm li kesimda)

5.0

-

4

Usovik

5.0

-

37. Yo’lning rejadagi va profildagi holatini nazorat qilish va ularni loyiha parametrlariga keltirish uchun tezyurar liniyada rejaviy tartibda reperlar tizimi joriy qilinishi kerak.


38. Poezdlarning tezyurar harakati amalga oshiriladigan uchastkalarda yo’l o’lchagich vagonlar bilan tekshirilganda rels eni parametrlari bo’yicha eng so’nggi ruxsat etilgan o’lchamlar mazkur bob 2-paragrafi 1-jadvaliga muvofiq belgilanadi.
39. Ko’rsatilgan o’lchamlardan oshib ketadigan nosozliklar aniqlanganda, harakat tezligi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK si belgilagan normativlarga muvofiq chegaralanishi kerak.
40. Yo’l, kontakt tizimi, SSB va aloqa qurilmalari ishonchli ishlashini ta'minlash uchun poezdlar harakati grafiklarida nazarda tutilgan texnologik "okno" lar har kuni taqdim etilishi kerak.
§4. Sun'iy inshootlar

41. Sun'iy inshootlarning texnik xizmati va foydalanishi Sun'iy inshootlarni saqlash bo’yicha yo’riqnomaga muvofiq, tezyurar poezdlar harakati amalga oshirilishi bo’yicha qurilmalarga qo’yiladigan qo’shimcha talablarni hisobga olib amalga oshirilishi kerak.


42. Ko’priklarda asosan tezyurar harakat shartlariga mos keluvchi R65 rusumli termik mustahkamlangan uloqsiz yo’llar, temir beton shpalli mayda toshli ballastdagi temir beton ko’priklarda, metall ko’priklarda ko’prik bruslariga yotqizilishi kerak. 1 km ga shpallar soni asosiy yo’llarning tutash uchastkalaridan kam bo’lmasligi kerak. Ballast prizmasi yelkasi kengligi kamida 40 sm, rels osti zonasidagi shpal ostidagi ballast qalinligi - 30 sm, +5 sm ruxsat etilgan o’lchamlar bilan. Ballast prizmasi yelkasining kamroq kengliklarida rels taglari ballast toq’oralari yon devorlaridan 10 sm dan kam bo’lmagan masofalarda joylashishi kerak, bunda ularning balandligini 200 mm gacha kattalashtrishga yo’l qo’yiladi.
43. Ko’priklar temir yo’l ko’priklari bo’yicha harakat tarkibini o’tkazish qo’llanmasiga muvofiq III toifadan kam bo’lmagan yuk ko’tarish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Eng katta ekvivalent yuklamalar va tezkor yo’lovchi poezdlar turlari harakat tarkibi pasport ma'lumotlari bo’yicha aniqlanadi.
Tezyuar poezdlarning dinamika koeffisientlari miqdorlari amaldagi normativ hujjatlarning formulalari bo’yicha hisoblanadi.
44. Ko’priklar oraliq qurilmalarining vertikal egiluvchan bukilish ko’rsatkichlari eng so’nggi ruxsat etilgan miqdorlardan oshmasligi kerak.
45. Ko’priklarning qirqiluvchi metall va chekka qirqilmaydigan oraliqlar qurilmalaridagi rels yo’li strelasi ko’tarilishi, hisobiy oraliq o’lchamlarning 1/2500-1/3000, qirqilmaydigan tizimlar o’rta oraliqlarida esa 1/5000-1/6000 chegaralarida bo’lishi kerak.
Ko’prik bruslarining yalpisiga almashtirilishiga qadar rels yo’li strelasining mavjud ko’tarilishi miqdorini 1/2000 oraliq ko’rsatkichidan oshirmasdan saqlashga ruxsat etiladi. 30 m gacha uzunlikdagi ballastda yurish bilan oraliq qurilmalarida qurilish ko’tarilishini uyushtirmaslikka ruxsat etiladi, loyihalarda ularni ishlab chiqish nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno. Oraliq qurilmalarida rels yo’li belgilarining ustunlar yuqorisidagi uchastkalarga nisbatan pasaytirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
46. Uloqsiz rels yo’li ko’priklarda Uloqsiz yo’llarni tuzilishi, yotqizilishi va saqlanishi bo’yicha texnik ko’rsatmalarga muvofiq yotqizilishi kerak. Ko’priklarning haroratli oraliqlari 66 m dan ortiq hamda uloqsiz yo’l bo’lganda tenglagich asboblar o’rnatilishi kerak. Haroratli oraliqlar 66 m dan ortiq bo’lganda uloqli yo’llarni tenglagich asboblarsiz qurilishiga "O’zbekiston temir yo’llari" DATK sining yo’l boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan loyihalar bo’yicha ruxsat etiladi. Oraliq qurilmalari deformasiyalaridan rels yo’lidagi kuchlanishlarni kamaytirish uchun oraliq qurilmalari uzunligi qismidagi rels biriktirgich klemmalari Uloqsiz yo’llarni tuzilishi, yotqizilishi va saqlanishi bo’yicha texnik ko’rsatmalarga muvofiq qisqartirilgan panjachalarga ega bo’lishi kerak.
47. Muhofaza moslamalari yotqizilishi talab etiladigan ko’priklarda kesimi 160x160x16 mm li kontrugoloklar va olib qochishga qarshi (muhofaza) ugoloklar qo’llaniladi.
48. Tenglagich asboblari yotqizilishi zaruratida R65 rusumli tenglagich asboblari qo’llaniladi, bunda rama relslari va ostryaklarning 4 mm dan ortiq vertikal yemirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
49. Sun'iy inshootlarning qayta qurilish va tub ta'mirlarida afzallik ballastda qurilgan yo’lli oraliq qurilmalariga berilishi kerak.
50. Yo’lovchi poezdlarining 140 km/soat dan ortiq tezligi yo’lning sinovi (obkatkasi) va uning barqarorlashishidan keyin o’rnatiladi. Dinamika sinovlari o’tkazilgunga qadar yo’lning ballastsiz konstruksiyasida, bo’g’inli yo’lda va tenglagich asboblar mavjudligida poezdlarning harakat tezliklari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK normativlari bo’yicha o’rnatiladi.

Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə