O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


§5. Elektrlashtirish va elektr ta'minoti



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə68/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
ПТЭ узб

§5. Elektrlashtirish va elektr ta'minoti
51. Tortish elektrta'minoti sxemasi asosiy yo’llar osmalarining parallel ulanishi bilan kontakt tizimi ikki yoqlama ta'minlanishiga ega bo’lishi kerak; parallel ulanishlari soni qisqa tutashuv toklaridan himoyalarning ish qobiliyatini ta'minlashni hisobga oluvchi hisoblab chiqish bilan aniqlanadi. Bunda asosiy stansiyalar oraliq’idagi qo’shimcha elektr stansiyalari zonasida parallel ulanish punktlarining maksimal soni ikkitadan, seksiyalashtirish postlariniki - bittadan oshmasligi kerak.
52. Tortish elektrta'minoti tizimlarini ta'minlash sxemalari tezyurar elektr harakat tarkibi o’tkazilishi vaqtida tok qabul qilgichlardagi kuchlanishlarning belgilangan darajasini ta'minlashi kerak, ya'ni:
141 - 200 km/soat harakat tezliklarida:
o’zgaruvchan tokda - kamida 21 kV va ko’pi bilan 29 kV.
Tezyurar harakat tarkibi o’tkazilishida profilaktika va ta'mir ishlarini o’tkazish uchun ta'minlash sxemalarining o’zgartirilishiga yo’l qo’yilmaydi.
53. Elektr harakat tarkibining 200 km/soat gacha harakat tezligida kontakt tizimi texnik xizmati Elektrlashtirilgan temir yo’llar kontakt tizimining tuzilish va texnik foydalanish qoidalari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Bunda poezdlarning tezyurar harakati uchastkalarida kontakt osmasi kompensasiyalangan bo’lishi kerak.
54. Kontakt tizimi foydalanishida "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda peregonlar va stansiya asosiy yo’llari kontakt tizimining ko’riklari bilan aylanib chiqishlar amalga oshirilishi kerak.
55. Kompensasiyalangan osmali kontakt tizimi foydalanishiga me'yor va talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.
56. Peregon va stansiyalarda kontakt simi osmasining relslar kallaklari yuqori sathidan balandligi 6250 mm, sun'iy inshootlar chegarasida esa - 5750 mm bo’lishi kerak.
Tayanch yaqinidagi tok qabul qilgich o’qidan kontakt simining eng katta sinish chiziq’i fiksator gorizontal va vertikal ko’chib yurishlarini hisobga olib egrilarda 450 mm, to’q’ri yo’llarda 300 mm dan oshmasligi kerak.
57. Havo strelkalari konstruksiyalari ular bo’ylab tok qabul qilgichlarning ishonchli o’tishini ta'minlashi kerak.
58. Tezyurar liniyalarda ta'minlash fazalari bo’linish joylaridagi neytral qo’shimchalar bajarilishi elektr harakat tarkibining tortish toki iste'mol qilishini avtomatik ravishda ta'minlovchi qurilmalarni qo’llab amalga oshirilishi kerak.
59. Barcha turdagi bajarilayotgan ishlar mazkur talablarni hisobga olib qurilmalarning texnik xarakteristikalari batamom qayta tiklanishini, shuningdek qurilmalarning istiqboldagi ishlash ishonchliligini oshirishni nazarda tutishi kerak.
Kontakt tizimining vaqtinchalik qayta tiklanishida zarur hollarda poezdlar harakati tezligini chegaralash yoki elektr harakat tarkibini tushirilgan tok qabul qilgichlar bilan o’tkazish joriy qilinadi.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə