O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə69/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80
ПТЭ узб

§6. SSB va aloqa

60. Yo’lovchi poezdlari 140 dan 200 km/soat gacha harakat tezliklari bilan qatnovi amalga oshiriluvchi temir yo’l uchastkalarida joylashgan peregon va stansiyalar:


avtomatik blokirovka, ALSN avto to’xtashi bilan avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi, ko’p belgili ALS, strelkalar va signallarni elektr markazlashtirilishi, dispetcherlik markazlashtirish yoki dispetcherlik nazorati mikroprosessor qurilmalari, nosoz vagonlarni avtomatik ravishda aniqlovchi qurilmalar, TFQ ga muvofiq aloqa va radio aloqa turlari bilan jihozlanishi kerak.
Poezdlar harakatini boshqarish avtomat tizimlari, avtomatlashtirilgan ish joylari tizimlari, poezdlarning tormozlashni avtomat boshqarish tizimlari (SAUT) rejaviy tartibda joriy qilinishi kerak.
61. Elektr markazlashtirish qurilmalarida yo’nalishlarni tutashtirish ikki yoki uch yaqinlashish blok-uchastkasidan oldin amalga oshirilishi kerak, bunda ularning jamlangan uzunligi 200 km/soat tezlikda shoshilinch tormozlanish yo’lidan kam bo’lmasligi kerak.
62. Uch yoki to’rt belgili signalizatsiya va ALSN li avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, yo’lovchi poezdlarining 140 dan 160 km/soat gacha tezlik bilan harakatlanishi yo’l va lokomotiv svetoforlari signallari bo’yicha yopiq svetofor oldida to’xtash bilan xizmat tormozlanishi qo’llanilishida lokomotiv svetofori yashil chiroq’ini sariqqa almashishida amalga oshiriladi. 160 km/soat dan ortiq tezlik bilan harakatlanish ko’p belgili ALS li yo’l va lokomotiv svetoforlari signallari bo’yicha amalga oshiriladi.
63. To’rt belgili avtoblokirovkali uchastkalarda sariq chiroq kodli signalini bir sariq chiroqli yo’l svetofori oldida ham, shuningdek bir vaqtning o’zida yonuvchi bir sariq chiroqli va bir yashil chiroqli svetofor oldida ham uzatishga yo’l qo’yiladi. Bunda blok-uchastkalar uzunliklari quyidagi talablarga javob berishi kerak:
uchta qo’shni blok-uchastkalar jamlangan uzunligi xizmat tormozlanishi va amalga oshirilgan maksimal tezlikda ushbu joy uchun aniqlanuvchi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi, shuningdek, ALS-EN qurilmalarining poezd tormoz tizimiga ta'sir qilgunicha kerak bo’ladigan vaqt mobaynida poezdning taqiqlovchi ko’rsatkichli svetofor oldida to’xtashiga qadar bosib o’tadigan masofani hisobga olib shoshilinch tormozlanishdagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi kerak. Bunda xizmat tormozlanishining tormozlash yo’lida lokomotiv svetofori ko’rsatkichining yashildan sariqqa o’tishiga kerak bo’lgan 6 soniyaga teng vaqt va uni mashinist tomonidan qabul qilish uchun kerak bo’lgan 3 soniya, ya'ni jami 9 soniya vaqt mobaynida poezdning bosib o’tuvchi yo’li hisobga olinishi kerak;
ikkita qo’shni blok-uchastkalar jamlangan uzunligi amalga oshirilgan maksimal harakat tezligini yo’lning ushbu joyida bir sariq (o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish uchun belgilangan tezlikkacha pasaytirishga kerak bo’ladigan xizmat tormozlanishi tormoz yo’lidan (poezdning 9 soniya vaqt ichida bosib o’tadigan yo’lini ham hisobga olib) kam bo’lmasligi kerak;
har bir blok-uchastka uzunligi bir sariq (o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish uchun belgilangan tezlikda to’liq xizmat tormozlanishidagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi kerak va bundan tashqari ALS-EN qurilmalarining poezd tormoz tizimiga ta'sir qilgunicha kerak bo’ladigan vaqt mobaynida poezdning taqiqlovchi ko’rsatkichli svetofor oldida to’xtashiga qadar bosib o’tadigan masofani hisobga olib shoshilinch tormozlanishdagi tormozlash yo’lidan kam bo’lmasligi kerak.
64. To’rt belgili signalizatsiyali avtoblokirovka bilan jihozlangan shahar atrofidagi poezdlar jadal harakatli uchastkalarda, yo’lovchi poezdlarning harakat tezliklari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan tormozlash yo’llari hisoblariga muvofiq belgilanadi.
65. 140 km/soat dan ortiq tezlik bilan qatnovchi yo’lovchi poezdlari uchun bir sariq (o’chib yonmaydigan) chiroqli svetofordan o’tish tezligi 100 km/soat dan oshirmasdan belgilanishi kerak.
66. 140 km/soat dan ortiq tezlik bilan harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlari yo’nalishlari bo’yicha peregon va stansiyalarda rels elektr zanjirlari takrorlanuvchi birikish (mis yoki texnik xarakteristikalari bo’yicha ularga o’xshash boshqa) ulagichlar bilan jihozlanishi kerak.
67. Asosiy yo’llar strelkali uchastkalarining tarmoqlanishi (s'ezdlarning juft strelkalaridan tashqari) qo’shimcha yo’l relelari va takrorlanuvchi birikish ulagichlari bilan jihozlanadi.
68. Avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi va poezd radio aloqasining ishga yaroqliligi kamida yil choragida bir marta vagon-laboratoriya bilan tekshirilishi kerak.



Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə