O‘zbekiston respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari


-ilova Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha



Yüklə 0,62 Mb.
səhifə77/80
tarix29.11.2023
ölçüsü0,62 Mb.
#140335
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
ПТЭ узб

2-ilova


Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha
tezliklar bilan harakatlanish uchastkalarida temir yo’l transportidan
texnik foydalanishni tashkil etish bo’yicha
umumiy talablar
1. Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi belgilangan tezliklardagi harakatni ta'minlashi hamda me'yor va qoidalarga muvofiq bo’lishi kerak.
2. Yo’lovchi poezdlarining egrilar bo’yicha 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha eng katta harakat tezliklari so’ndirilmagan ko’ndalang tezlanishning yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan ko’rsatkichi, uning ko’payishi tezligidan oshmaslik shartidan hamda relsshpal panjarasining barqarorligidan kelib chiqib belgilanadi.
3. Peregonlar va temir yo’l stansiyalaridagi inshoot va qurilmalar 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklarda me'yor va qoidalarga binoan S250 qurilishlarning yaqinlashish gabaritiga muvofiq bo’lishi kerak.
4. 200 km/soat dan ortiq tezliklarda yo’lovchi poezdlarining harakati amalga oshiriladigan temir yo’l liniyasining butun uzunligida blok-uchastka yoki peregon uzunligiga teng pletlardan iborat uloqsiz temir yo’llar yotqiziladi.
5. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan yo’lovchi poezdlari qatnovi amalga oshiriladigan uchastkalarning temir yo’l liniyalari to’silgan bo’lishi kerak.
6. 200 km/soat dan ortiq tezliklarda yo’lovchi poezdlari o’tkaziladigan umumiy foydalanish temir yo’llarining yoqasida joylashgan yo’lovchi platformalari, platforma chekkkasidan kamida ikki metr masofadagi muhofaza to’siqlariga ega bo’lishi kerak.
200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanuvchi yo’lovchi poezdlarining platformalarga yaqinlashishi xaqida ma'lumot yo’lovchilarga va unda hozir bo’lgan shaxslarga "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda yetkazilishi kerak.
7. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklardagi yo’lovchi poezdlarining temir yo’l stansiyalari bo’ylab ichkaridan o’tkazilganda ular asosiy temir yo’llar bo’yicha harakatlanishi kerak. Istisno holatlarda bunday poezdni temir yo’l stansiyasining yonbosh qabul qilish-jo’natish temir yo’lidan yoki peregonning noto’g’ri temir yo’lidan o’tkazilishi "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
8. Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan temir yo’llarning avtomobil yo’llari bilan bir sathda kesishadigan uchastkalari bo’ylab harakatlanishiga yo’l qo’yilmaydi.
Temir yo’l liniyasi bilan turli sathlarda temir yo’llar orqali odamlarning o’tish, chorva mollarini haydab o’tish joylari va yovvoyi hayvonlarning ko’chish yo’llari barpo qilinishi kerak.
Avtomobil yo’llari bilan bir sathdagi mavjud kesishishlar avtotransportning temir yo’llarga chiqib ketishini bartaraf etuvchi kesishmalarni to’sish moslamalari (keyinchalik - KTM) bilan to’sish shartida vaqtinchalik saqlab qolinishi mumkin.
Zarur holatlarda ayrim kesishmalarda tezyurar yo’lovchi poezdi o’tkazilishida qo’shimcha xavfsizlik chorasi sifatida kesishma navbatchisi postining qarama-qarshi tomonida joylashgan zahira gorizontal-buriluvchi to’sma g’ovlar (shlagbaumlar) berkitilishi va qulflanishi kerak. Bunday kesishmalar ro’yxati "O’zbekiston temir yo’llari" DATK rahbariyati tomonidan belgilanadi.
9. Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanish uchastkalardagi infratuzilma va temir yo’l harakat tarkibi ko’rsatib o’tilgan harakat tezliklarida poezd radioaloqasini va ma'lumotlar yetkazilishini ta'minlovchi radio aloqa tizimlari bilan jihozlanishi kerak.
10. 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklardagi yo’lovchi tashishlariga xizmat ko’rsatuvchi elektr poezdlar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan talablarga muvofiq bo’lishi kerak.
11. Mazkur Yo’lovchi poezdlarining 200 km/soat dan ortiq va 250 km/soat gacha tezliklar bilan harakatlanish uchastkalarida temir yo’l transportidan texnikaviy foydalanishni tashkil etish bo’yicha umumiy talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK bilan kelishilgan.
(O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnikaviy foydalanish qoidalari "O’zdavtemiryo’lnazorat" DI boshlig’ining 2011 yil 15 iyul 150-son buyrug’iga muvofiq 2-ilova bilan to’ldirilgan).


Yüklə 0,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə