O‘zbekiston Respublikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə361/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

Q


Qayta sug’urtalash – balanslashtirilgan (muvozanat- lashtirilgan) sug’urta portfelini yaratish maqsadida sug’urta ob’yekti bo’yicha sug’urtalovchi majburiyatlarining bir qismini

boshqa sug’urtalovchiga berish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar tizimi.



Qoraqalpog’iston Respublikasining byudjeti – Davlat byudjetining Qoraqalpog’iston Respublikasi pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo’lib, byudjetda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

Qimmatli qog’ozlar – o’zining egasiga divident va foiz ko’rinishida daromad olish huquqini beruvchi mulk tituli. Ularning tarkibiga aktsiyalar, obligatsiyalar va boshqalar kiradi.

Qo’shilgan qiymat – sotilgan (realizatsiya qilingan) mahsulotlar, ishlar va xizmatlar qiymati bilan ishlab chiqarish va muomala xarajatlarining tarkibiga kiritilgan moddiy xarajatlarning qiymati o’rtasidagi farq.

Qo’shilgan qiymat solig’i - ishlab chiqarish va muomala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qo’shilgan qiymat bir qismining byudjetga olish shakli. Egri (bilvosita) soliqlarning tarkibiga kiradi. Mahsulotlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya va import qilish oboroti qo’shilgan qiymat solig’i solinadigan ob’ekt hisoblanadi. Realizatsiya bo’yicha soliq solinadigan oborot realizatsiya qilinadigan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qiymati asosida, qo’llaniladigan narxlar va tariflarni inobatga olgan holda, aktsiz solig’ini hisobga olib ularga qo’shilgan qiymat solig’ini kiritmasdan belgilanadi. Bu soliqni to’lovchilar qatoriga mulkchilik shakli va kimga tegishli ekanligidan qat’iy nazar ishlab chiqarish va tijoriy faoliyat bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar (xorijiy investitsiyali korxonalar ham) kiradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə