Davlat budjeti bu



Yüklə 19,18 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü19,18 Kb.
#152579
1- nb (2)


Test: 1 – 10

  1. Davlat budjeti bu -

  1. Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi.

  2. Davlat budjeti, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va budjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.

  3. Davlat budjeti, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.

  1. Budjet xisobining nechta funksiyasi bor va ular qaysilar.

A ) Dastlabki va joriy funksiyalar
B) Joriy va axborot funksiyalari
C) Nazorat va axborot funksiyalari
3. Budjet ssudasi nima ?
A) moliya yilida respublika budjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir.
B) yuqori budjetdan quyi budjetga yohud respublika budjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir.
C) budjet ijrosi jarayonida budjet daromadlari va xarajatlari, budjet pul mablag’lari, budjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, budjet tashkilotlarining daromadlari, xarajatlari, moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi.
4. Axborot funksiyasi …………
A) smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi.
B) orqali moliyaviy hisobotlar asosida budjet ijrosi jarayonida daromadlar, budjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.
C) orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.
5. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar qacon va nechinchi son nilan ro’yxatdan o’tgan ?
A) 2014 yil 25 sentyabrda № 2275-son bilan ro’yxatdan o’tgan
B) 2011 yil 23 sentyabrda № 22701-son bilan ro’yxatdan o’tgan
C) 2011 yil 27 sentyabrda № 2270-son bilan ro’yxatdan o’tgan

6. Budjet hisobi bu –
A) bu budjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat budjeti, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
B) bu budjet ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
C) foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
7. G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat budjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nechinchi sonli buyrug’i va u qacon tasdiqlangan.
A) 2015-yil 6-dekabr 145- sonli
B) 2013-yil 2- dekabr 157-sonli
C) 2014-yil 3-dekabr 155-sonli
8.Nazorat funksiyasi …………….
A) umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi.
B) orqali moliyaviy hisobotlar asosida budjet ijrosi jarayonida daromadlar, budjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi.
C) orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi.
9. “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma qacon va nechinchi son bilan ro’yxatdan o’tgan ?
A) 2010 yil 22-dekabrda № 2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan
B) 2013 yil 25-dekabrda № 2165-son bilan ro’yxatdan o’tgan
C) 2010 yil 28-dekabrda № 2162-son bilan ro’yxatdan o’tgan
10. Aylanma kassa mablag’i me’yori
A) budjet mablag’lari hisobiga moliyalanadi. Shu bilan birgalikda budjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha shakllantiriladi.
B) moliya yilida respublika budjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir.
C) yuqori budjetdan quyi budjetga yohud respublika budjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir.
Yüklə 19,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə