O‘zbekiston Respublikasi


bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar58 moliyasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə46/369
tarix10.04.2022
ölçüsü1,07 Mb.
#85249
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   369
T. Malikov O. Olimjonov moliya

bob. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlar58 moliyasi

  1. Davlatning moliyaviy salohiyati va uning xo’jalik yurituvchi sub’yektlar moliyasi bilan o’zaro bog’liqligi

Davlatning moliyaviy salohiyati bozor iqtisodiyoti sub’yektlari va aholining pul daromadlari va jamg’ar-malari asosida shakllanib, bir- birlari bilan o’zaro bog’langan quyidagi bo’g’inlardan tashkil topadi:



    • respublika va mahalliy byudjetlar, byudjetdan tash-qari davlat maxsus fondlari byudjetlari; davlat kredit resurslari; davlat (unitar) xo’jalik yurituvchi sub’yektlari (XYuSlari) va davlatning ishtirokidagi XYuSlar moliyasi. Davlatning moliyaviy salohiyati tarkibiga asosiy fondlar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy aylanma mablag’lar, uy-ro’zg’or mulklari, nomoddiy aktivlar qiymati – inson kapitali kiradigan moddiy kapital ko’rinishidagi milliy boylik hajmini kiritish mumkin;

    • xususiy XYuSlar moliyaviy salohiyati. U aylanmadan tashqari aktivlar va aylanma aktivlarining yig’indisidan tashkil topadi. Bu yerda aylanmadan tashqari aktivlar nomoddiy aktivlar, asosiy vositalar, tugallanmagan ishlab chiqarish, moddiy boyliklarga daromadli investitsiyalar, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar (qo’yilmalar), aylanmadan tashqaridagi boshqa aktivlardan iboratdir. Shuningdek, bu yerda aylanma aktivlarning tarkibiga zaxiralar, debitorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy qo’yilmalar, pul mablag’lari va boshqa aylanma aktivlar kiradi. XYuSlarning moliyaviy salohiyati ularning yangi qiymat yaratishdagi qobiliyatiga bog’liq. Bir xil moliyaviy-iqtisodiy qudratga ega bo’lgan XYuSlar bir- biridan tubdan farq qiluvchi moliyaviy natijalarga erishishi mumkin. Bu mol-mulkdan, ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar va kadrlarni boshqarish samaradorligiga, menejment mala-kasiga, tadbirkorlikning natijaliligiga, moliyaviy resurs-lar va tashqi qarzlardan oqilona foydalanishga bog’liq bo’ladi;

    • bank-kredit tizimining moliyaviy salohiyati – kredit resurslariga bo’lgan iqtisodiyotning ehtiyojlarini qondirish bo’yicha kredit tashkilotlari aktivlari va real imkoniyat-larining yig’indisi. Ayrim mamlakatlarning bank-kredit tizimi hozirgi paytda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini kredit resurslari bilan ta’minlash





58 Ushbu darslikda xo’jalik yurituvchi sub’yektlar deyilganda, eng avvalo, korxonalar va xo’jalik yuritishning qolgan barcha shakllari nazarda tutiladi.

imkoniyatiga ega emas. Ularda XYuSlarga taqdim etilayotgan kredit resurslari, asosan, qisqa muddatli xarakterga ega hamda asosiy kapitalni shakllantirishdagi kreditlarning salmog’i iqtisodiyot samaradorligining o’sishi uchun etarli emas;



    • sug’urta fondlarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat tadbirkorlik risklarini pasaytiradigan va jamg’armalar hamda investitsiyalar o’sishini ta’minlaydigan pul sug’urta resurslarini shakllantirish bo’yicha sug’urtaviy moliyaviy-iqtisodiy imkoniyatlar yig’indisining amalga oshirilishi orqali namoyon bo’ladi;

    • uy xo’jaliklarining moliyaviy salohiyati. Bu salohiyat ularning jami daromadlari, soliq, renta va foiz to’lovlari, investitsion talabning o’sishiga iste’mol va jamg’arishning ta’siri orqali ifodalanadi.

Hozirgi paytda ko’p mamlakatlarda aholining jamg’ar-malari, XYuS va tashkilotlarning jamg’armalari singari kengaytirilgan takror ishlab chiqarish maqsadlari uchun to’liq foydalanilmayapti. Aholining jamg’armalaridan foydalanish masalasi bizning mamlakatimizda ham hali o’z echimini topmagan. Mustaqillikning dastlabki yillarida banklarning aholi omonatlari bo’yicha foiz stavkalarini bir tomonlama kamaytirish hodisalariga yo’l qo’yganliklari, omonatni sir saqlash shartini buzganliklari kabi noxush holatlar aholining banklarga bo’lgan ishonchini pasay-tirganligi sir emas. 2016 yildan boshlab mamlakatimizda bu masalada ham juda katta ijobiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Ayni paytda aholi omonatlari miqdori keskin suratlar bilan oshib boryapti.


    1. Yüklə 1,07 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   369




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə