O`zbekiston respublikasi


MUNDARIJA KIRISH.....................................................................................................5



Yüklə 78,82 Kb.
səhifə2/14
tarix02.01.2023
ölçüsü78,82 Kb.
#98093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
O`zbekiston respublikasi

MUNDARIJA


KIRISH.....................................................................................................5
ASOSIY QISM.........................................................................................10
I BOB. ILMIY IZLANISH METODLARI……………………………….10
1-§. Matematika o`qitishda kuzatish, tajriba va
taqqoslash metodlari …………………………………………….….........10
1.2. Matematika o`qitishda umumlashtirish, abstraktsiyalash, konkretlashtirish va klassifikatsiyalash metodlari………………………..13
1.3.Matematika o`qitishda analiz va sintez metodlarining o`rni............................................................................................................14
II BOB. ILMIY TADQIQOT METODLARIGA QO’YILADIGAN TALABLAR VA FIKRLAR………………………………………………..20


2.1. Ilmiy tadqiqot metodlariga qo’yiladigan talablar..................................................................................................................20
2.2. Aqliy xujum usuli, asosiy xususiyatlari va bu
texnologiya bilan bog’langan texnologiyalar…………………………… 31
XULOSA ............................................................................................................38
FO`YDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI.....................................39
KIRISH
Malaka ishi mavzusining dolzarbligi va asoslanishi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 9 iyuldagi PQ-4387-sonli “Matematika ta’limi va fanlarini rivojlantirishni davlat tamonidan qo’llab quvatlash, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I.Romanovskiy nomidagi matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida”gi, 2020 uil 7 maydagi PQ-4708-sonli “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qarorlari maktabgacha ta’lim va o’rta umumiy ta’lim, oliy ta’lim hamda oliy ta’limdan keying ta’lim tizimida matematika fanini yuqori darajaga ko’tarish talabini qo’ydi.
O'zbekiston Respublikasi davlat siyosatinmg ta’lim sohasidagi asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
-ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik va demokratiyaga amal qilishi;
-ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
-o'rta umumiy, o'rta maxsus hamda kasb ta’limining majburiyligi;
-o'rta maxsus, kasb ta’limi beruvchi akademik litsey hamda, kasb-hunar kollejini tanlashning ixtiyoriyligi;
-ta’lim tizimining dunyoviylik xususiyati;
-davlat ta’limi standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun tengligi;
-ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
-iste’dod va ta’limga qiziqishni rag'batlantirish;
-ta’lim tizimini boshqarishda davlat va jamoatchilikning uyg'unligi.
O'zbekistonda yashayotgan har bir kishi ta’lim olish huquqiga ega bo'lib, barcha tafovutlarga qaramasdan teng huquqlidir. Ta’lim olishning bepul va pullik shakllaridan foydalanish mumkin.
Chet el fuqarolari xalqaro shartnomalar asosida ta’lim olish huquqiga egadirlar. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar ta’lim olishda teng huquqli sanaladi.
Ta’lim muassasalari huquqiy maqomga ega bo’lib, attestatsiyadan o`tkazilgan holda akkreditatsiyaga ruhsatnomaga ega bo'ladi.
O'zbekistonda ta’lim tizimi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini o'z ichiga oladi. Davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim dasturlarini amalga oshiruvchi, ilmiy pedagogik muassasalar va boshqarish tashkilotlari hamda ularning joylardagi bo'linmalaridan iborat bo`ladi.
O'zbekistonda ta’lim tizimi yaxlit va uzluksizdir. Ta’limning
quyidagi turlari mavjud:
-maktabgacha ta’lim: (6-7 yoshgacha);
-o'rta umumiy ta’lim: (boshlangich 1-4, o'rta umumiy 1-9 sinf)
-o’rta maxsus kasb ta’limi: (3 yillik akademik litsey, kasb-hunar
maktablari;
-oliy ta’lim (bakalavr 4 yil, magistratura-2 yil);
-oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim (aspirantura, doktorantura, ad’yunktura, ilmiy tadkikotchi);
-kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta’lim.(yoshlar ijodiy saroylari, uylari, klublar, markazlar, jismoniy tarbiya va sport maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog’lomlashtirish oromgoxlari); Bulardan tashqari oila ta’limi va mustaqil ta’lim shakllari ham davlat tomonidan qullab quvvatlanadi.
Akkreditatsiyadan o’tgan ta’lim muassasalarini bitirganlar uchun davlat tartibidagi hujjatlar beriladi. (guvoxnoma, diplom, sertifikat, yorliq).
Ta’lim jarayonini ishtirokchilarini ijtimoiy himoyalash:
O'quvchilarni ijtimoiy himoyalash maqsadida imtiyozlarini belgilovchi maxsus qonuniy hujjatlar bilan bir qatorda, nafaqa, yotoqxonalar berish mo'ljallangan.
Ta’lim sohasidagi xizmatchilar quyidagicha himoyalanadi:
Qisqartirilgan ish vaqti, o'quv yili so'ngida uzaytirilgan mehnat ta`tili, qonun asosidagi imtiyozlar, xizmatchini rag’batlantirish uchun imkoniyat darajasida qo'shimcha ish haqi to`lash mumkin.
Yetim va qarovsiz qolgan bolalar to`la davlat hisobidan ta’lim -tarbiya olish huquqiga egadirlar.
Jismoniy va ruhiy kamoloti izdan chiqqan yoshlarni tarbiyalash
uchun maxsus o'quv muassasalari tashkil etiladi. Ularga qabul qilish va qaytarish maxsus ruhiy tibbiy pedagogik komissiya tomonidan yo'lga qo'yiladi. Maxsus o'quv muassasalari qisman yoki to'la davlat ta’liminotida bo'ladi.
Ta’lim tizimini boshqarish:
O’zbekistan Respubyankasi Vazirlar Maxkamasi ta’lim sohasidagi yaxlit davlat siyosatini amalga oshiradi. Ta’limga rahbarlik qiluvchi davlat tashkilotlarini boshqaradi. Тa’lim rivojlantirishning dasturlarini ishlab chiqadi va amalga tadbiq etadi. Ta’lim muassasalarini ochish, o'zgartirish va yopishning tartibini ishlab chiqadi va bajaradi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari va ilmiy kadrlarni attestatsiya va akkreditatsiyadan o`tkazish.
O'zbekistonda chet el ta’lim muassasalariga faoliyat yuritishiga ruhsat berish. Chet el ta’lim hujjatlarini tan olish tartibini o’rnatish. Davlat ta’ilim standartlarini tasdiqdash. Ta’lim muassasalariga qabul qilishning davlat (grant) miqdorini belgilash va qabul tartibini ishlab chiqish. Oliy o'quv yurtlarining rektorlarini tayinlash va boshqalar.
Ta’limni boshqarishning davlat tashkilotlari vazirliklar, xalq ta’limi boshqarmalari o'z imkoniyati va taqsir doiralarida ta’lim muassasalari faoliyatini tartibga solib boradi.
Ta’lim muassasasini boshqaruvchi rahbar mas’ul shaxs hisoblanadi. Belgilangan tartib asosida jamoatchilik boshqaruv tashkiloti tuzilishi mumkin.
Nodavlat ta’lim muassasalari davlat ta’limni boshqarish tashkilotlari tomonidan nazorat qilib boriladi.
Ota-onalar yoki qonun bo'yicha vakillarining vazifalari. Ta’limni mablag` bilan ta`nminlash respublika va mahalliy byudjet (sarmoya) hamda byudjetdan tashqari jamg`armalar asosida bo`ladi. Ta’limni taraqqiy ettirish fondi ixtiyoriy to`lovlar (yuridik va jismoniy shaxslarning) asosida buladi. Ta’lim muassasalari xalqaro hamkorlik
imkoniyatlariga ega bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri ta’limiy muammolarni hal etish buyicha aloqalar urnatish mumkin. Qonunga mos holda birgalikda muassasalar ochish huquqi berilgan. Ta’lim sohasida qonunini buzgan shaxslar javobgarlikka tortiladi.
Pedagogika fanining asrlar davomida tuplagan boy ilmiy va nazariy ta’minotlariga tayangan holda darslar va ularning dasturlari ishlab chiqilgan. Jahondagi eng ilg`or pedagogik g`oyalarning mohiyati aks etgan. Chunki pedagogika fani shaxsning har tomonlama kamol topishini: aqliy, axlokiy, jismoniy va ruhiy ulg`ayishini tadqiq etib keladi. Shaxs, uning jamiyatdagi o’rni, ilm-fan, ishlab chiqarish hamda ta’lim tarbiya muassasalarining uzviy bogliqligi chukur ilmiy asoslangan. Hozirgi zamon sharoitida xalq ta’limi tizimini rivojlantirishning tamoyillari, uzluksiz ta’lim tizimi, unga kirgan muassasalarning maqsad va vazifalari aniq belgilangan. Mazkur hujjatlar shunchalik davlatning ta’lim tarbiya sohasidagi siyosatining ifodasi bo’lib qolmasdan, aniq bajariladigan, bosqichma- bosqich hayotga tadbiq etiladigan vazifalar majmui ham hisoblanadi.
Malaka ishining o`b’ekti va predmeti – Akademik litseylarda matematika darslari va darsga qo1yilgan talablar va o`ziga xo`s usullari va matematika fani tarkibidagi mavzularni o`qitishni innovatsion va pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish jarayoni va metodikasi hisoblanadi.

Yüklə 78,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə