O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqan viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/20
tarix22.05.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#111866
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Psixologik treninglar (uslubiy ko‘rsatma umumta’lim maktab amaliyotchi psixologlari uchun mo‘ljallan

«Avtobusda». 
Maqsad: O’quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo 
munosabatlarni ijobiy rivojlantirish. 
Ishtirokchilardan biri avtobusdagi bezori rolini o’ynaydi, qolganlar esa 
yo’lovchilar. Bezori avtobusdagi ikkita o’rindiqni egallab olib, biriga o’zi o’tiribdi, 
biriga esa magnitofonini qo’ygan. U hyech kimga joy bermoqchi emas. 
Yo’lovchilardan har biri bezori bilan til topishib uning yoniga o’tirishga harakat qilib 
ko’rishi kerak. Shart shuki - maqsadga janjalsiz erishish lozim. 
«Avlodlar o’rtasidagi nizo». 
Maqsad: O’quvchilarda muomala madaniyatini shakllantirish, shaxslararo 
munosabatlarni ijobiy rivojlantirish. 
Bunda uch kishi ishtirok etadi - yigit, qiz va katta yoshli odam. Avlodlar 
o’rtasida «Eh, hozirgi yoshlar...» qabilida taqlid uyushtiriladi. Yigit va qizning 
vazifasi: imkon boricha xushmuomalalik bilan nizodan qochish. Jyuri a’zolari har bir 
o’quvchining harakatini baholab boradi. 
«Orqadagi yozuvlar». 
Ishtirokchilarning orqalariga varaq mahkamlab qo’yiladi. Hamma ishtirokchilar 
xonada xohlagan odamining oldiga borib uning orqasidagi qog’ozga bu odamning 


nimasi o’ziga yoqishini yozishi kerak. Vazifani mukammallashtirish ham mumkin. 
Masalan, o’sha odamda nimani o’zgartirishni xohlashini yozishi mumkin. 
Informasiyani (ma’lumotni) so’zsiz uzatish. 
Bu o’yinda boshlovchi yo’naltirib turuvchi rolini bajaradi. Boshlovchi shunday 
tushuntirish beradi: «Hozir bir kishi xonadan tashqariga chiqib turadi, qolganlar esa 
unga qanaqa ma’lumotni aytish lozimligi haqida kelishib olishadi. Men uni 
chaqiraman, shunda butun guruh imo-ishora, turli qiliqlar va yuz harakatlari bilan 
unga shu informasiyani uzatishga harakat qilishadi. Chaqirilgan odamning vazifasi - 
guruh unga aytmoqchi bo’layotgan ma’lumotni anglab olishdan iborat». 
Boshlovchiga eslatma: Odatda, o’smirlar o’yin muhitidan nojo’ya xatti-
harakatlarni bajarish uchun bahona sifatida foydalanishlari mumkin. Albatta, bu 
o’yinda nojo’ya harakatlar bo’lishi tabiiy, lekin kimki vaziyatdan sho’xlik va hazil-
huzul uchun foydalanmoqchi bo’lsa, uni o’ynayotgan guruhinng o’zi tartibga keltirib 
qo’yishi kerak. Bu usulning muhim ta’sir kuchiga egaligini hisobga olib, uni 
jamoatchilikdan holi va shovqin kam bo’lgan maxsus xonalarda o’tkazish maqsadga 
muvofiqdir. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə