5
I B O B
O‘RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH
MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI
VA RIVOJLANISHI
1-§. IJTIMOIY-IQTISODIY O‘ZGARISHLAR
Tayanch tushunchalar: dehqon; Kashovarz; Kadivar; chokar
Qadimgi Turon diyorida zamonasining buyuk davlatlaridan
Qang‘ davlati va Kushon podsholigi ravnaq topgan davrda
yuksalish boshlangan edi. Bu siljishlar oqibatida mamlakat aho-
lisining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotida muhim
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Shaharlarning soni ko‘paydi va hududi
kengaydi. Shahar ilk o‘rta asrlardan boshlab hunarmandchilik,
savdo-sotiq va madaniy hayotning markaziga aylandi.
Vohalarda yirik sug‘orish tarmoqlari qazilib, sug‘orma deh-
qonchilik maydonlari kengaydi. Suv tegirmoni, chig‘ir va charx-
palak kabi suv inshootlari kashf etildi. Oqar suv sathidan bir-
muncha balandlikda joylashgan maydonlarga suv chiqarib obod
etildi. Ziroatchilikda g‘allakorlik, sholikorlik va polizchilik bilan
bir qatorda paxtachilik va bog‘dorchilik maydonlari kengaydi.
* «Charxpalak» – sug‘orish inshooti
ekin maydonlarini sug‘orish va ishlov berishning takomilla-
shuvi tufayli aholi dehqonchilikdan mo‘l hosil oladigan bo‘ldi.
Shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik, ich-
ki va tashqi savdoning rivoj topishi bilan qishloq xo‘jalik mah-
sulotlariga bo‘lgan ehtiyoj ortib bordi. Natijada mamlakatning
iqtisodiy hayotida xomashyo yetkazuvchi qishloqlarning nufuzi
6
ko‘tarildi. Bir tomondan, yerga, ziroatkor maydonlarga bo‘lgan
munosabat, ularga egalik qilish shakli asta-sekin o‘zgara boshla-
di. Ikkinchi tomondan esa, o‘troq ziroatkor aholi bilan chorva-
dor qabilalar o‘rtasidagi aloqalar rivojlandi. Mamlakatning dasht
va tog‘oldi mintaqalarida yashovchi ko‘chmanchi va yarim
ko‘chmanchi aholining o‘troq hayot tarziga o‘tishi kuchaydi.
Oqibatda dehqonchilik uchun yaroqli obikor yerlarga bo‘lgan
ehtiyoj tobora oshib borishi natijasida qo‘riq va bo‘z yerlarga
suv chiqarilib, katta-katta ekin maydonlari barpo etildi. Bunday
obodonchilik ishlarini amalga oshirishda mamlakat ijtimoiy ha-
yotida kattagina nufuzga ega bo‘lgan mulkdor tabaqa vakillari,
qishloq oqsoqollari hamda qabila boshliqlari sarkor-ishboshi sifa-
tida faol qatnashadilar. Qo‘riqlarda ochilgan yangi yer maydon-
larining ma’lum bir ulushi ularning qo‘liga o‘tadi va merosiy
mulkiga aylanadi. Shu tariqa kattagina yer egaligiga asoslangan
mulkdorlar tabaqasi shakllanadi.
Sarkorlar o‘zlariga tegishli yer maydon-
la rini sug‘orish tarmoqlarining yuqori
qismidan, ayniqsa, to‘g‘on boshi atrofi-
dan ajratib oladilar. Bu yo‘l bilan ular suvdan dehqonchilikda
bemalol foydalanish, suv taqsimotini nazoratga olib, qishloq
aholisi ustidan o‘z ta’sirini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu tariqa ular ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlaydi.
O‘sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan.
Dehqonlar shaharlarda hashamatli qasr va saroylarga, savdo
va hunarmandchilik do‘kon-u rastalaridan iborat kattagina
Mulkdor dehqon oilasi.
Dehqonlar va ular
xo‘jaligidagi hayot
xo‘jalikka ham ega edilar. Qishloqlarda
esa ekinzor paykallardan tashqari, ular-
ning ko‘shk va istehkomli qo‘rg‘onlari,
objuvoz-u moyjuvoz hamda tegirmonlari
bo‘lardi. Qul, cho‘rilardan iborat ko‘pdan
ko‘p xizmatkorlar dehqonlarning xo‘jaligi-
da qishin-yozin mehnat qilganlar. Bulardan
tashqari har bir katta yer egasining 30–40,
50–100 va ba’zan undan ortiq maxsus
askariy guruhi – chokarlari bo‘lgan.
Chokarlar baquvvat va abjir hamda
o‘z xojasiga sadoqatli o‘spirinlardan tan-
7
lab olingan. Bunday sodiq va jangovar chokarlari bilan dehqon-
lar yov hujumi paytlarida dushmanga qarshi harbiy yurishlarda
qatnashardi. Osoyishtalik zamonda esa chokarlarga suyanib, qish-
loqning ziroatkor ahli ustidan hukmlarini o‘tkazardi.
Avvalda o‘z qaramog‘idagi xizmatkor-
lari mehnatidan foydalanib kelgan deh-
qonlar keyinchalik turli yo‘llar bilan
qishloq jamoalari ustidan hukmronlik
qiladigan, bora-bora ular kuchidan foydalanadigan bo‘ladilar.
Shunday qilib, mamlakatda yerga egalik qilish munosabatlari-
ning shakllanishi bilan qishloq jamoalari ichida yirik yer egalari
bo‘lmish dehqonlar bilan bir qatorda kadivarlar tabaqasi ham
paydo bo‘ladi. Mamlakatda yer-suv mulkchiligining xususiyli-
gi ortib borishi bilan kadivarlarning soni asta-sekin ko‘payib,
dehqonchilik xo‘jaligining asosiy ishlab chiqaruvchi kuchlaridan
biriga aylanadilar.
V asrning o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma’lum
bir qismi mulkdor dehqonlar qo‘l ostidagi mulklardan iborat
bo‘lsa ham, ammo ziroatkor vohalardagi obikor yerlarning asosiy
qismi hali ham qishloq jamoalarining qaramog‘ida edi.
* Obikor – sug‘oriladigan yer maydoni
Yer egaligining tarkib topishi oqibatida mamlakatning ijtimo-
iy hayotida keskin o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlar
ayniqsa qishloqlarda sezilarli bo‘ldi. Qishloq jamoalari yerli
mulkdor dehqon va unga qaram bo‘lgan yersiz va erksiz ka-
divarlarga ajralib bordi. Qishloq jamoalari yerlarida yashab yer
va suvdan iborat umumiy mulkka ega bo‘lgan erkin ziroatchilar
Varaxsha. Olqor (tog‘ echkisi) ovining ganchkor bo‘rtma tasviri.
Qishloq
jamoalarining
tabaqalanishi
Dostları ilə paylaş: |