153
Adabiyot
Musavvir
Mahmud Muzahhib
qalamiga mansub
Navoiy surati.
O‘rta Osiyo xalqlari adabiyoti badiiy
uslub jihatidan takomillashdi, yangi
pog‘onaga ko‘tarildi. Nasrda ham, nazmda ham ko‘plab nodir
badiiy va lirik asarlar yaratildi. O‘rta Osiyo xalqlari, xususan,
o‘zbek hamda tojik adabiyoti o‘rtasida o‘zaro aloqa va hamkorlik
kengaydi va mustahkamlandi. Tarjima adabiyot vujudga keldi.
Badiiy adabiyotning ravnaqi bilan uzviy bog‘langan holda ada-
biyotshunoslik ham taraqqiy etdi, nodir asarlar yaratildi.
Bu davrda zamonasining iste’dodli shoirlari va adiblari
Qutb Xorazmiy, Sayfi Saroyi, Haydar Xorazmiy, Dur-
bek, Amiriy, Yaqiniy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, Muhammad
Solih va boshqalar yashab ijod qiladilar. Durbek tomonidan
qayta ishlangan «Yusuf va Zulayho» dostoni, toshkentlik shoir
Atoiyning devoni shu davr badiiy adabiyotining durdonala ridir.
Bu davr o‘zbek shoirlari ichida Lutfiy (1366–1465) alohida o‘rin
tutadi. Navoiyga qadar o‘zbek she’riyatida Lutfiy darajasiga
yetadigan shoir bo‘lmagan. U birgina turkiy tilida asarlar
yaratib qolmadi, balki fors tilida ham qasidalar yozdi. Lutfiy
ijodida haqiqat va adolatni sevish, shafqat va muruvvatli bo‘-
lishni targ‘ib qi lish, ilm va san’atni se-
vish kabi fikrlar katta joy olgan.
XV asr badiiy adabiyoti ravnaqida
buyuk davlat arbobi, ulug‘ shoir, olim,
mutafakkir Alisher Navoiy va buyuk
fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy-
ning hissalari g‘oyat buyukdir. Navoiy
butun faoliyati va ijodiyotini insonning
baxt-saodati uchun kurashga, xalqning
osoyishtaligiga, o‘zaro urushlarning
oldini olishga, obodonchilik ishlariga,
ilm-fan, san’at va adabiyot taraqqiyo-
tiga bag‘ishladi. U o‘zbek adabiy tili,
o‘zbek mumtoz adabiyotini yangi
pog‘onaga ko‘tardi. Navoiy o‘ttizdan
ortiq yirik badiiy asar yozdi. «Xamsa»,
«Xazoyin ul-maoniy», «Mahbub ul-
qulub», «Lison ut-tayr» shular jumlasi-
dandir.
154
Navoiy tarixni bilishning ahamiyati
katta ekanini ta’kidlab, odamlarni ta-
rixni o‘rganishga da’vat etadi. Uning
fikricha, tarix fani shohlar, hukmdor-
larning tarjimayi holini emas, balki
mamlakat ta ri xini o‘rganishi kerak.
Navoiy mamlakatni nimalar tanazzulga
va nimalar farovonlikka olib kelishini,
qanday ishlar tufayli mamlakat obod
bo‘lishini, xalqqa farog‘at va baxt kel-
tirishini tarix ko‘rsatib berishi lozim,
deb hisoblaydi.
Navoiy adolat yordamida mamlakatni obod qilish mumkinli-
gini, har bir kishi o‘zining xulqi va odobi bilan odamlarni xur-
sand qilishi lozimligini uqtirib o‘tadi.
Xullas, o‘zbek xalqining ulug‘ shoiri va mutafakkiri Alisher
Navoiy o‘zining bebaho asarlarida ko‘targan o‘ta insonpar-
var g‘oyalari bilan jahon adabiyotining buyuk namoyandalari
qatoridan munosib o‘rin egalladi. Abdurahmon Jomiy Alisher
Navoiyning zamondoshi, ustozi va do‘sti edi. Ularning do‘st-
ligi va hamkorligi o‘zbek va qardosh xalqlar do‘stligi va ham-
korligining yorqin timsolidir.
Alisher Navoiy
1. Kitob san’ati qanday rivojlandi?
2. Kutubxonalarning rivojlanganligini misollar bilan tushunti-
ring.
3. Tasviriy san’atdagi yutuqlarni misollar bilan asoslab bering.
4. Kamoliddin Behzod haqida qisqacha axborot tayyorlang.
5. Musiqa san’ati rivoji haqida nimalarni bilib oldingiz?
6. O‘zbek adabiyotining ravnaqida Alisher Navoiyning xizmati
nimalardan iborat?
Agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning
avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning muta-
fakkiri, shoir desak shoirlarning sultonidir.
Islom Karimov. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
155
O‘TMISH SADOSIDA TARIX
SABOQLARI VA MA’NAVIYAT
(Xotima o‘rnida)
Siz o‘quv yili davomida jonajon Vatanimiz – O‘zbekistonning
IV–XVI asr boshlari tarixi bilan tanishdingiz. Qadim zamonlarda
Turon, o‘rta asrlarda Turkiston va Movarounnahr nomlari bilan
shuhrat topgan yurtimiz tarixi bayoniga yakun yasalar ekan, shu-
ni e’tirof etish joizki, xalqimizning bu ko‘hna o‘tmishi, avva-
lambor, uning ulkan bunyodkorlik faoliyati tarixidir. Bu davrda
o‘lkamizda azim daryolar, katta-kichik soy va jilg‘alar jilovla-
nib, deh qonchilik maydonlari kengaytirildi, bog‘-rog‘lar va bo‘s-
tonlar barpo etildi. Hozirgi kunda Siz-u biz hayot kechirayotgan
voha va viloyatlar shakllandi va obod etildi. Son-sanoqsiz qishloq
va shaharlar bunyod etildi. Shaharlar kengayib, hunarmandchilik,
tijorat, ma’rifat, ilm-fan hamda madaniyatning markaziga aylan-
di. Hunarmandchilikning turli xil tarmoqlari rivoj topib, qo‘li
gul mohir hu narmandlarning nozik did va ijodiy mahorati bilan
yasagan buyum-u asboblari hamda zeb-ziynatlari o‘ziga xos yuk-
sak san’at asari darajasida qiyomiga yetkazildi.
Bir tomondan sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik, ik-
kinchi tomondan hunarmandchilikning taraqqiyoti o‘z navbatida
ichki va tashqi tijoratning kengayishiga, ayniqsa, tashqi bozor
bilan olib borilgan aloqalarning mustahkamlanishiga va bular
esa, shubhasiz, xat-u savod, ilm-u ma’rifatning yuksalishiga olib
keldi. Aynan shu davrda Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy,
Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy,
Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek singari o‘rta asrlarning
buyuk alloma olimlari yetishib chiqdi. Ular jahon ilm-fanining
taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shdilar.
el-yurtni boshqarishda ham o‘ziga xos davlatchilik, qonun
va qoidalar, yer va mulkka bo‘lgan haq-huquq tizimlari yuzaga
keldi. Bu diyorda yirik viloyat hokimlari boshqargan mahalliy
voha hokimlaridan tortib, Turk xoqonligi, Somoniylar, Xoqoniya-
Qoraxoniylar, Xorazmshohlar hamda Amir Temur saltanati kabi
buyuk davlatlar tashkil topdi. Bu tarixiy voqelik shuni qat’iy
tasdiqladiki, Vatanimiz hududlarida davlatchilik madaniyati o‘rta
asrlarda yanada rivoj topib, buyuk saltanatlik boshqaruv tizimi-
gacha ko‘tarildi.
156
Davlatchilik tizimi voha hokimliklaridan markazlashgan
sal tanat, ya’ni shahanshohlik (imperiya) darajasigacha ravnaq
topishi, shuningdek, aholisini umumdavlat dini va e’tiqodida,
xususan, Islom dini aqidalari asosida kamol topishi, beshak,
tarixiy Turon–Tur kis ton mintaqasida qadimdan yashab kelayot-
gan ajdodlarimizni birlashtirdi. Bu davrda Imom al-Buxoriy,
Abu Iso at-Termiziy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror va
Bahouddin Naqshband kabi ulamolar yetishib chiqdi. Ular islom
dini va qonunshunosligi taraqqiyotiga hamda uning jahon dini
darajasiga ko‘tarilishiga katta hissa qo‘shdilar. Islom dini odam-
lar e’tiqodini mustahkamladi.
Ularning xalq bo‘lib shakllanish jarayonida yengilmas kuch
sifatida asosiy omil vazifasini bajardi. Sharq va G‘arbdan turli
qabilalarga mansub etnik guruhlar o‘lkamizga kirib kelib, ma-
halliy tub aholi bilan qo‘shilib, qorishib ketdi. Asrlar davomida
yuz bergan bunday etnik jarayonlar natijasida o‘z hududi, dav-
latchiligi, tili, iqtisodiy va ma’naviy-madaniy turmush tarziga ega
bo‘lgan o‘zbek xalqi shakllandi.
Mashaqqatli mehnat, dehqonchilikning barokati, rohat-u uqu-
bati, yerga egalik qilish munosabatlari xalqimizning turmush
tarziga kuchli ta’sir qilib, unda mustahkam e’tiqod, pok axloq,
sabr-qanoat qilish odobini shakllantirdi.
Bunday zabardast jamoatchilik qudratini yuzaga keltirgan
tarixiy Turkiston – O‘zbekiston tarixda Buyuk karvon yo‘lida
Sharq-u G‘arb davlatlarining o‘zaro iqtisodiy va madaniy mu-
nosabatlarining shakllanishida bag‘rikeng va sohibkor vositachi
hamda qalqon mamlakat sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan.
Vatanimiz uzoq tarixi guvohlik beradiki, adolat yo‘qolib,
zulm kuchaygan vaqtlarda el-yurtda tanglik va notinchlik yuzaga
keladi. Xalq g‘alayonlari ko‘tarilib, mamlakat iqtisodiy va siyo-
siy buhronga duchor bo‘ladi. Bunday og‘ir va mushkul vaziyatli
davrda, ayniqsa, mahalliy hokimlarning Markaziy hokimiyatga
qarshi xatti-harakatlari avj olib ketadi. Bunday davrlarda mam-
lakat tanazzulga yuz tutib, davlat barham topadi. Bu borada Te-
muriylar saltanatining fojiali qismati, ayniqsa, saboqlidir.
Ona-Vatanning mana shunday qismatidan saboq chiqargan
ota- bobolarimizning «Vatanni sevmoq iymondandir» degan sha-
rafli so‘zlarida olam-olam ma’no-mazmun mujassamlashgan. Va-
tanga bo‘lgan muhabbat esa ota-ona va ustozlarga bo‘lgan izzat-
hurmat, oilaga bo‘lgan sadoqat va e’tiqoddan boshlanadi.
157
MUNDARIJA
KIRISH
. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3
I BOB
O‘RTA ASRLARDA YERGA EGALIK QILISH
MUNOSABATLARINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI
1-§. Ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5
2-§. Ilk o‘rta asrlar davlatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 8
3-§. eftallar davrida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot . . . . . . 13
4-§. O‘rta Osiyo xalqlari Turk xoqonligi davrida . . . . . . . . . . . 17
5-§. G‘arbiy Turk xoqonligi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 21
6-§. Mahalliy hokimliklarning tashkil topishi . . . . . . . . . . . . . . 25
7-§. VI–VII asrlarda madaniy hayot . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 29
II BOB
O‘RTA OSIYONING ARAB XALIFALIGI TOMONIDAN FATH
ETILISHI. XALQ QO‘ZG‘OLONLARI (VII–VIII asrlar)
8-§. Islom dini va arab xalifaligi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 33
9-§. Movarounnahr fath etilishining iqtisodiy va ma’naviy
oqibatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 37
10-§. Xalifalik hukmronligiga qarshi xalq harakatlari . . . . . . . . . 39
11-§. Abbosiylar davrida Xuroson va Movarounnahr.
Abu Muslim qo‘zg‘oloni . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 41
12-§. «Oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 43
III BOB
MOVAROUNNAHRDA MUSTAQIL DAVLATLARNING
TASHKIL TOPISHI
13-§. Xalifalikning zaiflashuvi, mustaqil davlatlarning shakllana
boshlashi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 47
14-§. Somoniylar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 51
15-§. Somoniylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy hayot . . . . . . . . . . . 54
16-§. IX–X asrlarda yer-mulk munosabatlari. Somoniylar sulola-
sining inqirozi. G‘aznaviylar davlati . . . . . . . . . . . . . . . . 58
17-§. Qoraxoniylar davlati va Movarounnahr . . . . . . . . . . . . . . 62
18-§. XI–XII asrlarda ijtimoiy-iqtisodiy hayot . . . . . . . . . . . . . 65
19-§. Xorazm davlati va uning yuksalishi . . . . . . . . . . . . . . . . 67
20-§. O‘rta osiyolik mutafakkirlar. Ilm-fan ravnaqi . . . . . . . . . . 71
21-§. Movarounnahr va Xorazmning madaniy hayotida yangi
davr (IX–XIII asr boshlari) . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 75
22-§. Me’morchilik, san’at, musiqa va diniy e’tiqod . . . . . . . . . 79
23-§. etnik jarayonlar va o‘zbek xalqining shakllanishi . . . . . . . 83
IV BOB
VATANIMIZ XALQLARINING CHINGIZXON ISTILOSI VA
ZULMIGA QARSHI OZODLIK KURASHI
24-§. Xorazmshohlar saltanati bilan Mo‘g‘ullar davlati o‘rtasidagi
munosabatlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 87
25-§. Chingizxon bosqini . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 92
26-§. Xorazmshohlar davlatining halokati . . . . . . . . . . . . . . . . 97
27-§. Chig‘atoy ulusining tashkil topishi . . . . . . . . . . . . . . . . 101
28-§. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning jonlanishi . . . . . 104
V BOB
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVLATI
29-§. Amir Temurning siyosiy kurash maydoniga kirib kelishi . 108
30-§. Amir Temur – markazlashgan davlat asoschisi . . . . . . . . 112
31-§. Amir Temurning harbiy yurishlari . . . . . . . . . . . . . . . . 115
32-§. Amir Temur saltanatining ma’muriy va harbiy tuzilishi . . 120
33-§. Mamlakat obodonchiligi yo‘lida . . . . . . . . . . . . . . . . . . 123
34-§. G‘arbiy Yevropa davlatlari bilan aloqalar . . . . . . . . . . . 126
35-§. Amir Temur vorislari o‘rtasida taxt uchun kurash va uning
oqibatlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 129
36-§. Ulug‘bek – ma’rifatparvar davlat arbobi . . . . . . . . . . . . 132
37-§. Temuriylar saltanatining inqirozga yuz tutishi . . . . . . . . . 135
38-§. Dehqonchilik, yer egaligi munosabatlari . . . . . . . . . . . . 139
39-§. Hunarmandchilik va savdo aloqalari . . . . . . . . . . . . . . . 142
40-§. Ilm-fan ravnaqi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 146
41-§. Madaniy hayot . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 150
O‘TMISH SADOSIDA TARIX SABOQLARI VA MA’NAVIYAT
(Xotima o‘rnida) . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 155
O‘quv nashri
MUHAMMADJONOV ABDULAHAD RAHIMJONOVICH
O‘ZBEKISTON
TARIXI
(IV ASRDAN XVI ASR
BOSHLARIGACHA)
7-SINF
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta
ta’lim maktablari uchun darslik sifatida tasdiqlagan
Ikkinchi nashri
«Sharq» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi
Bosh tahririyati
Toshkent – 2013
Muharrir Ulug‘ BEK
Badiiy muharrir Tolib Qanoatov
Texnik muharrir Ra’no Boboxonova
Musahhihlar: Ma’mura Ziyamuhamedova, Sharofat Xurramova
Sahifalovchi Lyubov Batseva
Nashr litsenziyasi AI № 201, 28.08.2011-y.
Bosishga ruxsat etildi: 24.05.2013. Bichimi 60x90
1
/
16
. «TimesUZ» garniturasi.
Ofset bosma. Shartli bosma tabog‘i 10,0. Nashriyot-hisob tabog‘i 10,7. Adadi
366597 nusxa. 2889-sonli buyurtma.
«SHARQ» nashriyot-matbaa
aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasi,
100000, Toshkent shahri, Buyuk Turon ko‘chasi, 41-uy.
Darslikning birinchi marotaba foydalanishga berilgandagi
holati.
Muqova butun, darslikning asosiy qismidan ajralmagan.
Barcha varaqlari mavjud, yirtilmagan, ko‘chmagan, betla-
rida yozuv va chi ziqlar yo‘q.
Muqova ezilgan, birmuncha chizilib, chetlari yedirilgan,
darslikning asosiy qismidan ajralish holati bor, foydala-
nuvchi tomonidan qoniqarli ta’mirlangan. Ko‘chgan varaq-
lari qayta ta’mirlangan, ayrim betla riga chizilgan.
Muqovaga chizilgan, yirtilgan, asosiy qismidan ajralgan
yoki butunlay yo‘q, qoniqarsiz ta’mirlangan. Betlari
yirtilgan, varaqlari yetishmaydi, chizib, bo‘yab tashlangan.
Darslikni tiklab bo‘lmaydi.
Ijaraga berilgan darslik holatini ko‘rsatuvchi jadval
¹
1
2
3
4
5
6
O‘quvchi-
ning ismi va
familiyasi
O‘quv
yili
Darslik -
ning
olingan-
dagi
holati
Sinf
rahbari-
ning
imzosi
Darslik-
ning
topshiril-
gandagi
holati
Sinf
rahbari-
ning
imzosi
Darslik ijaraga berilib, o‘quv yili yakunida qaytarib olinganda
yuqoridagi jadval sinf rahbari tomonidan quyidagi mezonlarga asosan
to‘ldiri ladi:
Yangi
Yaxshi
Qoniqarli
Qoniqarsiz
Dostları ilə paylaş: |