O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)



Yüklə 3,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/50
tarix15.03.2018
ölçüsü3,35 Kb.
#31912
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50

131
1409-yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada keskinla-
shadi.  Amir  Xudoydot  O‘ratepa  va  Shohruxiya  shaharlarini 
osongina  qo‘lga  kiritib,  Samarqand  tomonga  askar  tortadi.  She-
roz  yaqinidagi  Zarafshon  daryosi  bo‘yida  sodir  bo‘lgan  jangda  
Xalil  Sulton  qo‘shini  mag‘lubiyatga  uchraydi,  o‘zi  esa  asirga 
olinadi.
Shu davrda Xurosondagi amirlar isyonini 
bostirishga  ulgurgan  Shohrux  endilikda 
butun  e’tiborini  Movarounnahrga  qara-
tadi.  Chunki  u  ota  yurtidagi  hodisalar-
ga  loqayd  qaray  olmasdi.  1409-yil  25-aprelda  u  Amudaryodan  
o‘tib,  Samarqand  sari  yurish  qiladi.  Qariyb  besh  yil  davom  
etgan  o‘zaro  kurash  va  isyonlar  xalqning  jiddiy  noroziligiga  
sabab  bo‘lgan  edi.  Temuriyzodalar  va  amirlar  o‘rtasidagi  
kurashga  xotima  berish  maqsadida  Shohrux  boshlagan  harakat 
mamlakat  fuqarolarining  ko‘pgina  tabaqalari  tomonidan  quvvat-
lanadi. Shu bois Movarounnahrdagi beboshliklarga chek qo‘yilib, 
Movarounnahr  va  Xurosonda  o‘z  hukmronligini  o‘rnatadi  ham-
da  mamlakatda  tinchlik  va  osoyishtalik  o‘rnatishga  muvaffaq 
bo‘ladi.
Shohruxning  uzoq  hukmronligi  davrida  Amir  Temur  salta-
natining  asosiy  qismi  uning  qo‘li  ostida  saqlanib  qolsa-da, 
ammo  bu  ulkan  mamlakat  ikki  davlatga  bo‘lingan  edi.  Ulardan 
biri  Amudaryodan  janubda  joylashgan  Shohrux  boshchiligidagi  
davlat  bo‘lib,  uning  markazi  Hirot  shahri  edi.  Ikkinchisi  esa 
Amudaryodan  shimolda  Movarounnahr  va  Turkiston  hududida 
Ulug‘bek  boshchiligidagi  davlat  bo‘lib,  Samarqand  uning  poy-
taxti edi.
1. Amir Temur saltanatining parchalanish sabablari nimada?
2. Shahzodalar o‘rtasidagi ichki kurash qanday oqibatlarga olib 
keldi?
3. Siz Xalil Sultonning harakatini qanday baholaysiz?
4. Shohrux  Mirzo  qachon  Samarqandga  yurish  qildi,  nima  
uchun uni xalq quvvatladi?
5. O‘ylab ko‘ring, yurtning parchalanishi shu yurt fuqarolarining 
ha yotiga qanday ta’sir qiladi? Yurtni omon va yaxlit saqlash 
uchun nimalar qilish kerak?
Shohrux
hokimiyatining
qaror topishi


132
36-§. ULUG‘BEK – MA’RIFATPARVAR DAVLAT ARBOBI
Tayanch tushunchalar: Ulug‘bekning siyosiy maydonga chiqishi; 
Ulug‘bekning ichki va tashqi siyosati; Ulug‘bek fojiasi
1409-yilda  Shohrux  Samarqanddan  Hi-
rotga  qaytish  oldidan  o‘n  besh  yoshli  
Mirzo  Ulug‘bekni  Movarounnahr  va 
Turkistonga  hokim  qilib  tayinlaydi. 
Ulug‘bek (1394–1449) garchi Movarounnahr bilan Turkistonning  
hokimi deb e’lon qilinsa-da, aslida uning hokimiyati chegaralari 
dastavval  faqat  Samarqand,  Buxoro  va  Nasaf  viloyatlari  bilan-
gina  cheklanardi.  Chunki  Shohrux  tomonidan    Farg‘onadan  to 
O‘zgangacha – Amirak Ahmad, Hisori Shodmon esa Muham-
mad  Jahongir  ixtiyoriga  berilgan  edi.  Turkiston  Shayx  Nurid-
dinning tasarrufida edi. O‘sha vaqtda u na Ulug‘bek va na Shoh-
ruxni tan olardi. Shuning uchun ham mamlakat notinch edi.
Shayx  Nuriddin  Turkiston  bilan  qanoatlanmaydi.  1410-yilda 
u  Muhammad  Jahongir,  Yangi  va  Sayram  viloyatlarining  hoki-
mi  Amir  Abdulxoliq  hamda  oq  o‘rdalik  xonzodalardan  Chingiz 
o‘g‘lonlar bilan ittifoq tuzib, temuriylarga qarshi isyon ko‘taradi. 
1410-yil  20-aprelda  Samarqand  yaqinida  Qizilravot  mavzeyida 
isyonkor ittifoqchilar bilan Mirzo Ulug‘bek qo‘shinlari o‘rtasida 
jang bo‘ladi. Jangda Ulug‘bek mag‘lubiyatga uchrab, Kalifga to-
mon chekinadi. Shohrux Samarqandga yetib kelib, Shayx Nurid-
din isyonini bostiradi. 1412-yildan boshlab Movarounnahr va Tur-
kistonni to‘liq boshqarish 18 yashar Ulug‘bek qo‘liga o‘tadi. 
Ulug‘bek – 
Movarounnahr
hukmdori
Mirzo Ulug‘bek
Ulug‘bek  1414-yilda  Farg‘ona  va 
Qoshg‘arni egallaydi.
1413-yilda Shohrux tomonidan Xo- 
razm  Oltin  O‘rda  xonlari  tasarrufidan 
qaytarib  olingach,  Ulug‘bek  davlati-
ning  g‘arbiy  va  janubiy  chegaralari- 
ning xavfsizligi barqarorlashgan bo‘lsa-
da,  ammo  uning  shimoli  g‘arbiy  va 
shimoli  sharqiy  tomonlari  hali  xavo-
tirli  edi.  Shu  sababli  Ulug‘bek  Dashti 
Qipchoqda    boshlangan  o‘zaro  nizoga 
hamda  Mo‘g‘ulistonda  avj  olgan  ich-


133
ki  kurashlarga  jiddiy  e’tibor  berishga  va  aralashishga  majbur 
bo‘ladi.
Ulug‘bek  otasining  rizosi  bilan  1425-yilning  erta  bahorida 
Mo‘g‘uliston  ustiga  yurish  boshlaydi.  Issiqko‘l  yaqinida  sodir 
bo‘lgan to‘qnashuvda Ulug‘bek mo‘g‘ullar ustidan g‘alaba qozo-
nadi va mahalliy muxolafatchi kuchlarni bartaraf etib, mamlakat 
sharqiy  chegaralarini  mustahkamlaydi.  Qo‘lga  kiritilgan  o‘ljalar 
orasida ikki bo‘lak nefrit toshi ham bor edi. Keyinchalik bu nef-
ritdan Amir Temur maqbarasi uchun qabrtoshi yasattiriladi.
Mo‘g‘ulistonda  bo‘lgan  bu  urushda  Ulug‘bek  qozongan 
g‘alabaning  nishoni  tarzida  Jizzax  yaqinida  Ilono‘tti  darasi  
ichida  hijriy  828-yilda  (1425)  Ulug‘bek  tomonidan  qoyatoshga 
yozdirilgan o‘ziga xos «zafarnoma» hozirgi kungacha saqlangan.
Dashti Qipchoqqa qarshi qilingan yurishda esa Ulug‘bekning 
omadi  kelmaydi.  Otasi  Shohruxning  katta  qo‘shin  bilan  yetib  
kelishigina Ulug‘bekni halokatdan saqlab qolgan.
Shohrux  1447-yil  12-mart  kuni  nevara-
si  Sulton  Muhammad  isyonini  bostirish 
vaqtida Ray viloyatida o‘rniga voris belgilashga ulgurmay olam-
dan o‘tadi. Shohrux vafot etishi bilanoq Xuroson va Movaroun-
nahrda temuriy shahzodalar o‘rtasida toj-taxt uchun kurash yana 
avjga minib, mamlakat beqarorlik va chuqur ijtimoiy-siyosiy lar-
zalarga duchor bo‘ldi. Odatga ko‘ra taxtga Shohruxning to‘ng‘ich 
o‘g‘li Ulug‘bek o‘tirishi kerak edi. Ammo taxtni Boysung‘urning 
o‘g‘li Alouddavla egallaydi. Toj-u taxt uchun yana kurash bosh-
lanadi.
O‘zboshimcha  shahzodalar  Ulug‘bekka  qarshi  harakat  bosh-
laydi  va  1447-yilning  bahorida  Alouddavla  Ulug‘bekning  katta 
o‘g‘li  Abdullatifning  qo‘shinini  tor-mor  qilib,  uni  asirga  oladi. 
Ulug‘bek  Alouddavla  bilan  sulh  tuzishga  majbur  bo‘ladi.  Unga 
ko‘ra  Abdullatif  ozod  qilinadi,  Ulug‘bek  esa  Hirot  va  Xuroson-
ga  bo‘lgan  da’vosidan  voz  kechadi.  Biroq  ko‘p  o‘tmay  sulh 
buziladi.  1448-yilning  bahorida  Ulug‘bek  va  Abdullatifning  
90  ming  kishilik  birlashgan  qo‘shini  Hirotga  yurish  qiladi.  
Tarnob  yaqinida  bo‘lgan  jangda  Alouddavla  qo‘shini  tor-mor  
keltirilib,  Hirot  qo‘lga  kiritiladi.  Ulug‘bek  Xurosonda  Abdulla-
tifni qoldirib, o‘zi Samarqandga qaytadi. Chunki Movarounnahr-
da Ulug‘bekka qarshi isyon boshlangan edi.
Taxt uchun kurash


Yüklə 3,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə