B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/114
tarix05.03.2023
ölçüsü3 Mb.
#101997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114


O‘zbekistOn Respublikasi 
Oliy va O‘Rta maxsus ta’lim vaziRligi
O‘Rta maxsus, kasb-hunaR ta’limi maRkazi
B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova
 
NEFT-GAZ 
SINTEZI АSОSLАRI
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan kasb-hunar kollej lari 
o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma sifatida tavsiya etilgan
«FaylasuFlaR» nashRiyOti 
tOshkent – 2013


uO‘k: 553.98(075)
kbk: 35.61
a-15 
© «Faylasuflar» nashriyoti, 2013. 
O‘quv qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘quvchilariga mo‘ljallangan bo‘lib, bakalavri
-
atura talabalari va o‘qituvchilari ham foydalanishi mumkin. U asosiy organik va neftkim
-
yoviy sintezi, neft va gazni qayta ishlash sohalari muhandis-texnik xodimlari uchun ham 
qiziqish uyg‘otadi.
Taqrizchilar:
U.A. Safayev 
– TDTU, k.f.n., dotsent;
E.U. Teshabayeva – 
TKTI, k.f.n., dotsent.
Abidov B. 
Neft-gaz sintezi asoslari: 
o‘quv qo‘llanma/ B. Аbidov, О.G‘. Аzimov, 
U.А. Ziyamuhamedova; O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligi: O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi. – Toshkent: 
«Faylasuflar» nashriyoti, 2013. – 176 b.
UO‘K: 553.98(075)
KBK: 35.61ya73
a-15
isbn 978-9943-4134-0-5


3
Neftkimyo sanoati va uning vujudga kelish tarixi hamda 
rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari
Neftkimyo sanoati – kimyoviy sanoatning yangi sohasi bo‘lib, 
arzon xomashyo hisoblangan neft va gaz uglevodorodlarini qimmatli 
kimyoviy moddalar – plastmassalar, kauchuklar, sintetik smolalar 
hamda tolalar, sintetik yuvish vositalari va bir qancha boshqa mod
-
dalarga aylantirib beradi.
Neftkimyo sanoati XX asrning 30–40-yillarida rivojlana bosh
-
ladi. Neftkimyoviy ishlab chiqarishlar Hamdo‘stlik mamlakatlarida 
ikkinchi jahon urushi arafasida vujudga keldi. 1936-yil Bokuda eti
-
lenni sulfat kislota ishtirokida gidratatsiya qilish yo‘li bilan etil spirti 
ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi sanoat qurilmasi ishga tu shirildi. 
1970-yil esa neft xomashyosini piroliz qilish orqali etilen va propi
-
len ishlab chiqarish qurilmasi birinchi bor ishga tushirildi. Ushbu 
qimmatli xomashyolarni olish hozirgi paytda ham asosiy usul bo‘lib 
kelmoqda.
Kimyo sanoatini rivojlanish sur’atlari ko‘lamlarini va hatto
-
ki kimyoviy jarayonlar mazmun-mohiyatini neftkimyo rivoji tub
-
dan o‘zgartirib yubordi. Kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish 
arzon va keng xomashyo manbalari bo‘lmish va kimyoviy sano
-
atning an’anaviy manbalari bo‘lmish kokskimyo va o‘rmonkimyo 
sanoatlarini smolalari, mineral xomashyo, oziq-ovqat mahsulotlarini 
siqib chiqarayotgan neft va gaz uglevodorodlariga bog‘lanib qol
-
moqda. Bu esa kimyoviy ishlab chiqarishni tez rivojlanishiga va 
klassik sintez usullariga taqqoslanganda o‘lchab bo‘lmaydigan dara
-
jada ko‘proq quvvatga ega bo‘lgan kimyoviy mahsulotlar olishning 
boshqa usullarini ishlatishni talab qiladi. 
Neftni qayta ishlash sanoati neftkimyoga xomashyo tayyorlab 
berganligi sababli neftkimyoviy ishlab chiqarish neftni qayta ishlash 
zavodlari bazasida yoki unga qo‘shni holida rivojlanadi. Shu bois 
yirik neftkimyoviy kombinatlar Ufa, Samara, Volgograd, Аngarsk, 
Оmsk, Sho‘rtan va boshqa shaharlarda qurildi.


4
1- jadval

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə