B. Аbidov, О. G‘. Аzimov, U. А. Ziyamuhamedova neft-gaz sintezi аsоslаri


I. Neftkimyoviy sintez xomashyolarining asosiy manbalari



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/114
tarix05.03.2023
ölçüsü3 Mb.
#101997
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
I. Neftkimyoviy sintez xomashyolarining asosiy manbalari
Neftkimyoviy sintez xomashyolarining asosiy manbalari quyida
-
gilar:
1. Neft yo‘ldosh gazi.
2. Gazli benzin.
3. Tabiiy gaz.
4. Gaz kondensati konlarining suyuq va gaz holidagi uglevodo
-
rodlari.
5. Neftni qayta ishlash zavodlari gazlari (distillatlar va qoldiqlar).
6. Suyuq neft mahsulotlari (distillatlar va qoldiqlar).
1.1. Neft yo‘ldosh gazi
«Хom» neft bilan birga chiqadigan gaz holidagi uglevodorodlarni 
neft yo‘ldosh gazi deb atash qabul qilingan. Yer osti bosimi sharoi
-
tida gaz neftda erigan bo‘ladi va neftni qazib chiqarilish jarayonida, 
bosimning pasayishi natijasida u ajraladi. Neft qazib chiqarilgan
-
da gaz maxsus separatorlarda neftdan ajratiladi. Biroq bunda neft 
tarkibida bir qism erigan gaz holidagi uglevodorodlar qolib ketadi, 
yo‘ldosh gaz tarkibiga esa ma’lum miqdorda yengil benzin frak- 
siyalari ham o‘tib qoladi. Gaz holidagi uglevodorodlarni to‘laroq 
ajratib olish va gaz holidagi hamda suyuq uglevodorodlarni keyingi 
yo‘qotilishini kamaytirish maqsadlarida neft fizik stabilizatsiyalana
-
di, yo‘ldosh gaz esa neftni barqarorlashdagi gaz bilan gazobenzin 
zavodiga, undan suyuq uglevodorodlarni fraksiyalarga ajratishga 
jo‘natiladi.
Neft yo‘ldosh gazi metandan pentanlargacha bo‘lgan to‘yingan 
uglevodorodlardan tarkib topgan va bir qancha miqdorda inert gazlar 
ham saqlaydi; ayrim konlar yo‘ldosh gazlari tarkibida erkin vodorod 
sulfid ham mavjud bo‘ladi. Аyrim neft yo‘ldosh gazlarining tarkibi 
2-jadvalda keltirilgan. Ushbu gazlar uchun metanning yuqori miqdo
-
ri va qimmatli uglevodorodlar komponenti bo‘lgan etan, propan va 
butanlarning bir qancha miqdori mavjud.


12
2-jadval

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə