Reja: kirish 1 Neft va gazni qazib chiqarish tarixi, asosiy neft va gaz saklovchi xududlar. Asosiy qism



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə1/5
tarix28.11.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#134669
  1   2   3   4   5
Neft va gazni qazib chiqarish tarixi, asosiy neft va gaz saklovchi xududlar.




Reja:
KIRISH
1 Neft va gazni qazib chiqarish tarixi, asosiy neft va gaz saklovchi xududlar.
ASOSIY QISM

  1. Respublikamizdagi neft va gazni qayta ishlash sanoat korxonalari, ularning rivojlanish bosqichlari.

  2. Neft va gazni qayta ishlash sanoati haqida tushuncha. 3 Neftni qayta ishlashga tayyorlash.

4. XULOSA
5.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH


NEFT VA GAZNI QAZIB CHIQARISH TARIXI, ASOSIY NEFT VA TABIIY GAZ SAQLOVCHI HUDUDLAR.
Neft va tabiiy gaz faqatgina yonilg‘i emas, balki kimyo sanoati uchun juda muhim xomashyodir. Buyuk kimyogar olim D.I.Mendeleev «Neftni yoqish – bu pullarni yoqish demakdir» - degan edi.
Neft va gazni qayta ishlash jarayonida har xil sun’iy tolalar (kapron, neylon, viskoza, jersi va x.), plastmassalar, kauchuk va rezinalar, sirt – aktiv moddalar, mineral o‘g‘itlar, sun’iy yunglar (nitron, kashmilon), spirtlar, yog‘lar, dori – darmonlar, xattoki oqsillar, va hokazolar ishlab chiqariladi.
Turli xildagi yonuvchi qazilma boylik turlari bo‘lgan (tabiiy energiya tashuvchilar) ko‘mir, neft va tabiiy gaz insoniyatga qadim zamonlardan ma’lum. Arxeologlar eramizdan oldingi 6-4 ming yilliklarda Efrat daryosi qirg‘oqlaridan neft qazib olinganligini va turli maqsadlarda, jumladan dori sifatida foydalanilganini isbotlashgan. Bundan tashqari quruvchilar Vavilon minorasi,
Buyuk Xitoy devoridagi g‘ishtlar orasini mustahkamlashda ham neftdan (o‘sha vaqtlarda “er qatroni, ya’ni er smolasi deb atalgan”) foydalanishgan. SHuningdek neftni Efrat daryosidagi qadimgi to‘g‘on qurilishida va Semiramida osma bog‘lari qurilishida hamda asfaltlashda qo‘llaganlar. Neft qadimgi tarixda “YUnon olovi” deb nomlangan yonuvchi jismning asosiy qismi bo‘lib xizmat qilgan. Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarida, ya’ni Oksus (hozirgi Amudaryo) daryosi bo‘yida yashovchi xalqlar aholisi neftdan uylarini yoritishda foydalanganlar. Bu haqda qadimgi rim tarixchisi Plutarx (Aleksandr Makedonskiy yurishlari haqida yozgan tarixchi) ma’lumot berib ketadi.
Neft haqida YAqin va O‘rta SHarq, G‘arbiy Evropa va O‘rta Osiyo allomalarining asarlarida ham keltirib o‘tilgan.
Bobokalonimiz Buyuk Amir Temur armiyasida ham neftdan foydalanishgan.
Qo‘shinning og‘ir artelleriya qismida ishlatiladigan, neftga bo‘ktirilgan, uzoq masofaga olovli jism otuvchi “Naftandoz” deb ataluvchi qurilma ishlatilgan.
XIII asrda sayohatchi olim Marko Polo Boku neftidan qanday foydalanishganini aytib o‘tadi. Unga ko‘ra Boku nefti yoritishda va teri kasalliklariga qarshi dori sifatida foylanilgan. XVI-XII asrlarda neft Evropaning ayrim mamlakatlariga, jumladan Rossiyaning markaziy rayonlariga Bokudan olib borilgan va undan meditsina, rassomchilikda ishlatiladigan ranglarni erituvchisi sifatida, shuningdek harbiy maqsadlarda granatalar tayyorlashda, shamolda o‘chmadigan chiroqlar, ovoz chiqarmasdan otiladigan qurollarning o‘zagi sifatida foydalanilgan.
Neftdan XVIII asrdan boshlab esa undan kerosin, XIX asrda benzin olib ishlatila boshladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə